Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Doston Hamdamov: «An-Nasr»? Buni butun O‘zbekiston kutmoqda»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Amaldagi chempion Toshkentning «Paxtakor» jamoasi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib borayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Poytaxtliklar 13-27 yanvar oralig‘iga belgilangan yig‘in doirasida bir nechta nazorat o‘yinlarida maydonga tushishga ulgurishganini o‘qigandirsiz. Shuningdek, yig‘inning ikkinchi qismi ham aynan Turkiyada o‘tishi belgilanib, u 31 yanvardan 14 fevralgacha davom etadi. Biz mazkur yig‘in avvalida «Paxtakor» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Doston Hamdamov bilan suhbatlashib, ayrim savollarimizga javob oldik.

- Suhbatimiz avvalida amaldagi chempion sifatida o‘tgan mavsumdan olgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- O‘tgan yilgi chempionatimiz juda qiziqarli va murosasiz bahslar ostida o‘tgani sababli ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi, deb o‘ylayman. Guvohi bo‘lganingizdek, chempionlik poygasida oxirgi turgacha intriga saqlanib turdi. Agarda, Superliga bahslari shunday qiziqarli va kuchli raqobat ostida o‘tishda davom etsa chempionat saviyasi hamda futbolimiz yanada kuchayadi, degan fikrdaman.

- Superligada yuzaga kelgan intrigani ko‘pchilik saviya oshgani bilan izohlamoqda. Siz bunga qanday fikrdasiz?

- Ehtimol shundaydir. Intriganing oshishi saviyamizning biroz o‘sishiga turtki bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu borada hamma har xil fikrda. Nima bo‘lganda ham eng muhimi, muxlislarning yana stadionlarga qaytgani barchamizni xursand qildi. Buni kimdir intirga bilan, yana kimdir saviya oshgani bilan izohlashi mumkin.

- O‘tgan mavsum avvalida ijara asosida Qatarning «Al-Sayliya» klubida to‘p surdingiz. Mundial havosi ufurib turgan davlatdagi taassurotlaringiz qanday bo‘ldi?

- Qatardagi faoliyatim yaxshi taassurot qoldirdi. Qaysidar ma’noda u yerda futbol infrasturkturasi biznikidan yaxshiroq darajada. Bu tabbiy. Ammo, chempionat saviyasi Superligamizdan ustun, deb o‘ylamayman.

- Chempionlikka erishishga qaysi omil ko‘proq ta’sir o‘tkazdi. Murabbiy almashinuvimi yoki ikkinchi davradan tarkib kuchaytirilganimi?

- Bosh murabbiy almashinuvi, deb o‘ylayman. Klubga Maksim Shatskix kelgach o‘yinimiz sezilarli darajada kuchaydi. Jamoaviy o‘yin qayta shakllantirildi. Umuman olganda yevrofutbol havosida toblangan bosh murabbiyimiz ko‘p narsani ijobiy tomonga o‘zgartira oldi.

- Bilasiz, «Navbahor» so‘nggi yillarda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelmoqda. Bu safar «Lochinlar» chempionlik uchun so‘nggi turga qadar kurash olib borishdi. Barchamiz ta’kidlayotgan intrigani oshishiga sabab bo‘lgan «Navbahor» haqida qanday fikrdasiz?

- Ha albatta, «Navbahor» har yili o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelmoqda. Bu jamoaning «Paxtakor»ga qarshi bellashuvi qanday ajiotaj hosil qilayotganini barcha ko‘rib turibdi. Garchi, so‘nggi yillardagi natija qo‘yilgan maqsadga mos kelmagan bo‘lsada jamoa intilishda davom etdi va o‘tgan mavsumda o‘z o‘yinini ko‘rsata oldi. O‘ylaymanki, namanganliklar bu yil ham yuqori o‘rinlar uchun jiddiy kurash olib borishadi. Bunday jamoalarning ko‘payishi chempionatimiz va o‘zbek futboliga katta yutuq bo‘ladi.

- «Paxtakor» odatdagiday bu mavsum ham OCHLdagi ishtirokini guruh bahslaridan boshlaydi. Yaqindagina Jaloliddin Masharipovning jamoadoshiga aylangan Krishtiano Ronalduga qarshi o‘ynash uchun ham «Paxtakor» raqiblari qatorida «An-Nasr» bo‘lishini xohlarmidingiz?

- Bo‘lmasamchi! Nafaqat biz, balki butun O‘zbekiston «An-Nasr» OCHL bahslarida yurtimiz jamoalariga raqiblik qilishini xohlayotgan bo‘lishsa kerak. Bilasizmi, bu jamoada Ronaldudan tashqari ham katta nomlar bor. Ularga qarshi to‘p surish foydadan holi bo‘lmaydi. OCHLdagi maqsadlarimiz ham jiddiy. Qur’ani kutamiz va «An-Nasr» yurtimizga kelishini umid qilamiz. O‘zbek futbol ixlosmandlari orasida tirik afsonaning o‘yinidan bahramand bo‘lishni xohlayotganlar ko‘pligiga ishonaman.

- O‘tgan mavsum Superligada tarkib jihatdan eng kuchli jamoa qay biri bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

- Superligada tarkib jihatdan eng kuchlisi «Paxtakor» bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu fikrga kelishimga milliy terma jamoamizning ko‘plab a’zolari jamoamizda to‘p surishi ham misol bo‘la oladi. Bir so‘z bilan aytganda ajoyib jamoa shakllanishi asnosida chempionlikni qo‘lga kiritdik.

- Milliy terma jamoamiz a’zosi sifatida Katanes qo‘l ostidagi yig‘inlarda ham ishtirok etyapsiz. Aytingchi, jamoa o‘yinini kuchaytirish maqsadida bu murabbiy asosiy urg‘uni nimalarga qaratmoqda?

- Menimcha, Katanes jamoa­viy o‘yin shakllantirish va uni kuchaytirish arafasida desam to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Bu borada yaxshigina izlanishlar olib borilmoqda. Buni samarasini nasib qilsa yaqin kunlarda JCH-2022 ishtirokchilari bilan o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlarida guvohi bo‘lasiz deb o‘ylayman. Jamoa o‘yinini shakllantirishdagi asosiy urg‘u esa himoyadan tezkor hujumga o‘tishga qaratilmoqda.

- Demak, milliy terma jamoamizning galdagi raqiblari JCH ishtirokchisi bo‘lishi haqiqatga yaqin. Sizningcha, qatarda yaxshi saviyada o‘yin namoish etgan qaysi yurt termasiga qarshi o‘ynash vakillarimiz uchun qiziqarliroq bo‘ladi?

- Biz uchun so‘nggi Jahon chempionatida ishtirok etgan har qanday terma jamoaga qarshi o‘ynash qo‘shimcha tajriba vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ularga qarshi uchrashuvlarda asosiy kamchiliklarimiz ko‘zga ko‘rinadi va tabiiki ular ustida jiddiyroq ish olib boriladi. Shu orqali o‘yinimizni kuchaytirish asnosida azaliy orzuyimiz sanalgan jahon chempionatiga chiqish nasib qiladi, Xudo xohlasa.

X.YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:35, 11.02.2023. O'qildi: 8074 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.