Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Inqirozdagi «Milan»ning muammolari nimada?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mavsumning birinchi yarmida «Milan» unchalik barqaror emas edi, ammo A Ceriyada yuqori o‘rinlarni egallash imkoniyatini saqlab qoldi. «Inter» va «Yuventus» ochko yo‘qotayotgan edi, shu bois «rossonerilar» ma’lum vaqt davomida joriy mavsumda «Napoli» bilan chempionlik uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq jahon chempionati uchun tanaffusdan so‘ng «qizil-qoralar» uchun hammasi teskarisiga ketdi. Ketma-ket uchta mag‘lubiyat va barcha musobaqalardagi g‘alabasiz yetti o‘yinlik seriya Stefano Pioli shogirdlarini kuchli to‘rtlikdan joy uchun kurashga olib keldi. «Torino» ustidan qozonilgan g‘alaba bu holatda alohida ta’kidlanadigan ko‘rsatkich emas. «Milan» avvaldan unchalik barqaror bo‘lmadi va endi nihoyat to‘xtab qoldi. Buning sabablari bor.

Asosiy darvozabonning jarohati

Mayk Menyan 2021 yilning yozida 15 million yevro evaziga «Lill»dan «Milan»ga o‘tgan edi. Fransiyalik futbolchi «PSJ»ga jo‘nab ketgan Janluiji Donnarummani to‘liq almashtirdi. «San-Siro»dagi birinchi mavsumida u 17 ta o‘yinda qatnashib, «A» Seriyaning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi. Menyan «rossonerilar»ning chempionligiga katta hissa qo‘shdi. Joriy mavsumda u Italiya chempionatida bor yo‘g‘i 7 ta o‘yin o‘tkazdi. Fransiyalik futbolchi jarohat olgan, shu sababli u oktyabr oyidan beri maydonga tushmayapti. Uning o‘rnini Chiprian Teterushanu egalladi, ammo u hozircha unchalik yaxshi ishlamayapti. Ruminiyalik darvozabon katta tajribaga ega bo‘lishiga qaramay, ko‘pincha jamoani qutqarib qolishning uddasidan chiqqani yo‘q. Joriy mavsumda 36 yoshli darvozabon A Seriyaning 15 ta uchrashuvida 22 ta gol o‘tkazib yubordi. O‘rtacha hisobda bu har bir o‘yinga 1,5 tadan to‘g‘ri keladi va bu juda ko‘p. Teterushanuni oqlash uchun aytish mumkinki, «Milan»ning orqa chizig‘ida ham katta muammolar bor. Himoyadagi o‘yinchilar to‘pni oldinga ko‘p vaziyatlarda xato yetkazishadi va hujum bilan bog‘lamlar uzilgan. Darvozabon himoyachilarga, ular esa old chiziq vakillariga yaxshi tayanch bo‘la olishmayapti. Muammo o‘zaro bog‘liq.

Psixologik muammolar

«Rossonerilar»ning noaniq harakatlari psixologik muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Natijalar har qanday jamoaga bosim o‘tkazadi va «qizil-qoralar» umuman yaxshi formada emaslar. 2023 yilda «Milan» uch marta halokatli tarzda mag‘lub bo‘ldi. «Rossonerilar» «Lasio» (0:4) va «Sassuolo»ga (2:5) yutqazdi, Italiya Superkubogi uchun o‘yinda «Inter»ga ham imkoniyatni boy berdi (0:3). Shundan so‘ng «neradzurrilar»dan yana bir mag‘lubiyat qayd etildi, ammo minimal hisobda. Doimiy ochko yo‘qotishlar davom etdi, Italiya kubogidan erta chiqib ketishdi. «Milan hozir yaxlit jamoa emas. Ular bir jamoa bo‘lib o‘ynab, Skudettoni qo‘lga kiritgandilar, ammo endi bu xususiyatlarni yo‘qotdilar. Bu yana sodir bo‘lishi mumkin. Yoshlar bilan ishlashda sabrli bo‘lish kerak. Bu yosh yigitlar alohida mavqega ega: «skudetto»ni munosib qo‘lga kiritib, to‘satdan katta sahnaga chiqishdi. Bu vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin, biroq ayni damda emas», - dedi «qizil-qoralar»ning sobiq murabbiyi Arrigo Sakki.

Pioli jamoa ishonchni yo‘qotayotganini tasdiqladi:

«Ko‘p jihatlar yaxshi ishlamayapti, ham aqliy, ham taktik tomonlama. Oxirgi o‘yinlardagi salbiy natijalar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni olib tashladi. Hammasini boshidan boshlashimiz kerak», - dedi «Milan» bosh murabbiyi.

Muhim o‘yinchilarning jarohati

Bu, birinchi navbatda, fransuzlarga tegishli - Teo Ernandes va Olivye Jiru. Har ikkisi ham jahon chempionatidan charchoq bilan kelgan, formada emas. So‘nggi uch mavsumda Teo A Seriyada gol+pas tizimi bo‘yicha kamida 10 ochko to‘pladi. Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi bor-yo‘g‘i 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2023 yilda fransuz deyarli har bir o‘yinda 90 daqiqani maydonda o‘tkazgan bo‘lsada, faqat bitta gol urdi. Ernandesning paslar samaradorligi, birinchi navbatda, jamoaning hujumdagi salohiyatini aks ettiradi, chunki raqiblar uchun eng ko‘p xavflar doimo uning qanotidan kelgan. Xuddi shu narsa Jiru uchun ham amal qiladi. Zlatan Ibrahimovichning uzoq vaqt yo‘qligi sababli, fransiyalik futbolchi «rossonerilar»ning asosiy zarba beruvchi kuchi bo‘lishi kerak edi, biroq u har doim ham samarali harakat qila olmaydi. Jahon chempionatidan qaytgach 36 yoshli hujumchi bor-yo‘g‘i 2 ta gol urgan. «Qizil-qoralar»ning chempionlik mavsumida Jiru jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Joriy mavsumda u ko‘pincha darvozani aniq nishonga olmoqda, biroq gol urish bo‘yicha ancha oqsayapti (26 ta samarasiz zarba). Faqat Lautaro Martines undan ko‘proq vaziyatlarni ko‘kka sovurgan (33 marta), lekin shu bilan birga «Inter» hujumchisi Jirudan 2 baravar ko‘p gol urdi.

Muvaffaqiyatsiz transferlar

O‘tgan yozda «Milan» transferlar uchun 46 million yevro sarflagan. Bu mablag‘ning 32 millioni «Bryugge»dan Sharl de Ketelareni sotib olishga ketgan. O‘tgan mavsumda belgiyalik o‘z chempionatida 14 ta gol urdi, shundan so‘ng unga top-klublar tomonidan qiziqish paydo bo‘la boshladi. «Rossonerilar» bu borada hammadan o‘zib ketdi va istiqbolli o‘yinchini qo‘lga kiritdi, ammo u Italiya chempionatida o‘zini ko‘rsata olmayapti. A Seriyaning joriy mavsumida 21 yoshli yarim himoyachi 18 ta o‘yinda atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Bu hujumkor yarim himoyachi uchun juda zaif ko‘rsatkichdir.

Kiritildi: 11:51, 13.02.2023. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик