Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Yunayted"ning Rud van Nistelroydan keyingi eng yaxshi hujumchilar ro‘yxati

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Van Nistelroy "MYU" tarixidagi eng yaxshi markaziy hujumchilardan biri hisoblanadi. Uning o‘rnini to‘ldirish doimo qiyin bo‘lgan. Sobiq niderland futbolchisi "qizil iblislar safida jami 219 o‘yinda 150 ta golga mualliflik qilgan edi. Quyida van Nistelroydan keyingi davrda "MYU"ning hujum chizig‘ida kimlar harakat qilganini bilib olasiz.


1. Robin van Persi

"Arsenal"dan 2012 yilning yozida sotib olingan futbolchi, "MYU"dagi ilk mavsumidayoq jamoaga chempionlik olib kelgan edi. 2013 yilda Ser Aleks Fergyuson van Persi haqida shunday degan: "Jamoaga ta’sir borasida van Persining o‘rni juda ham yuqori bo‘ldi. Men tarixda undan boshqa biror bir futbolchi ko‘rmaganmanki, jamoaga tez moshlashib ketgan. Ha, biz undan ko‘p narsa kutgan edik. O‘ylaymanki, van Persi umidlarimizni puch qilmadi".
Robin van Persi Fergyusondan keyingi davrda o‘z darajasini saqlab qola olmadi. U Devid Moyes va Lui van Gal davrlarida ancha qiyinchiliklarga duch keldi. Shu sababli niderlandiyalik hujumchi 2015 yilda "Fenerbaxche"ga sotib yuboriladi.

2. Xavyer Ernandes

Ernandes 2010 yilda Fergyuson tomonidan jamoaga jalb etiladi. U Meksikaning "Chivas de Gvadalaxara" klubidan xarid qilingandi. Xavyer o‘zining "MYU"dagi debyut mavsumini 20 ta gol bilan yakunlaydi. Meksikalik hujumchi keyingi mavsumlarda ham yaxshi harakat qiladi. Biroq, ko‘p o‘tmay muvaffaqiyatsizlikka duch kelib, 2015 yilda "Bayer Leverkuzen"ga sotib yuboriladi.

3. Dimitr Berbatov

Berbatov 2008 yilda "Manchester Yunayted" tomonidan rekord summaga xarid qilingan. Bolgariyalik futbolchi muxlislar tanqidiga duchor bo‘ladi, negaki u juda sekin harakat qilardi. Shunga qaramay, Berbatov "MYU"ga ikkita Angliya chempionligi keltirishda katta yordam bergan. 2011 yilda esa hujumchi "Oltin butsa" sovrinini qo‘lga kiritadi. Butun dunyo Berbatovni "Liverpul" darvozasiga urgan qaychi zarbali goli bilan eslaydi. 2012 yilda Robin van Persining kelishi Berbatovga chiqish eshiklari ko‘rsatilishiga sabab bo‘lgan edi. U o‘shanda "Fulxem" safiga yo‘l olgan.

4. Karlos Teves

Teves "Vest Xem"dan "MYU"ga o‘tadi va u yerda eng xavfli hujumchilardan biriga aylanadi. Bu yo‘lda unga Ronaldu va Runi katta yordam bergan. Argentinalik futbolchi 2007-2009 yillar davomida ikkita APL va YECHL bosh sovrinlarini qo‘lga kiritib, muxlislar olqishiga sazovar bo‘lgan. Tevesning keyingi manzili "Manchester Siti" bo‘lgandi.

5. Ibragimovich

Zlatan "MYU"ga 34 yoshida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. O‘shanda ko‘pchilik uni APLda o‘ynash uchun qarilik qiladi deb o‘ylagan. Ammo shvesiyalik hujumchi birinchi mavsumidayoq muxlislar fikrini xato ekanini isbotlab berdi va 2016-17 yili liga kubogi va Yevropa ligasini yutdi. Ibragimovich tizzasidan jarohat olgani sababli Angliyada muammolarga duch kelib, 2018 yilda MLSga ketishga majbur bo‘ldi.

6. Entoni Marsyal

2015 yilda "Monako"dan Marsyal ismli hujumchi sotib olingan. Uning debyut o‘yini "Liverpul"ga qarshi kechdi va u o‘sha bahsda gol urishga erishdi. Fransuz futbolchisi klub uchun jami 84 golga mualliflik qildi. Biroq, hech kim uning o‘yinlaridan taskin topmasdi. Negaki, Marsyaldan kutilgan katta narsalar amalga oshmagandi. Hozircha Erik ten Xag Marsyalni jamoada saqlab turibdi. Ammo bu, u uchun so‘nggi imkon bo‘lishi mumkin.

7. Krishtianu Ronaldu

Ronaldu "Manchester Yunayted"ni 2009 yilda tark etganida, texnika va tezlikka ega vinger edi. Ammo u 2021 yilda "qizil iblislar" safiga markaziy hujumchi sifatida qaytadi. Afsuski, Ronaldu o‘zining eski davri soyasida qolib ketdi. Ronalduning jamoadagi dastlabki mavsumi omadliroq kechgandi. Ammo keyingisi aks ta’sirga ega bӯldi. Yakun ham shunga yarasha edi.

8. Edinson Kavani

2020 yilning yozida Kavani erkin agent sifatida jamoaga olib kelinadi. U tezda muxlislarning yoqimtoyiga aylangan. Negaki, urugvaylik hujumchi unumdor ish darajasiga ega bo‘lgan. Kavani dastlabki mavsumda 39 o‘yinda 17 ta golga mualliflik qilgan. Ronalduning kelishi sababli 2021-22 yilgi mavsum u uchun omadsiz kechadi va "Valensiya"ga yo‘l oladi.

9. Romelu Lukaku

Belgiya terma jamoasi a’zosi 2017 yilda 75 million funt evaziga "Everton"dan xarid qilinadi. Lukaku o‘zining ilk mavsumida "qizil iblislar" uchun 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo doimgidek, Lukaku ikkinchi mavsumda omadsizlikka uchragandi. U bosh murabbiy Ole Gunar Sulsher bilan kelishmay qolib, oradan ko‘p o‘tmay "Inter"ga sotib yuboriladi.

10. Maykl Ouen

"Liverpul"da super-yulduzga aylangan Maykl Ouen 2009 yilda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan transfer asosiga aylandi. U "Manchester Yunayted"ga o‘tadi. Ouen uch mavsum davomida "qizil iblislar" uchun jami 17 tagina gol urishga erishdi xolos. Ammo u hozir ham muxlislar tomonidan "Manchester Siti"ga qarshi urgan fantastik goli bilan eslanadi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:55, 17.02.2023. O'qildi: 3682 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.