Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappe va Xoland akalarining izidan munosib keta oladimi? — savollar bisyor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

XXI asr sportda shaxsiy qarama-qarshiliklar bilan ajralib turdi. Misollar uchun uzoqqa borish shart emas: figurali uchish bo‘yicha Plyushenko - Yagudin, xokkeyda Ovechkin - Krosbi va tennisda Nadal - Federer raqobati va boshqalar. Futbol ham bundan mustasno emas edi: hatto futboldan uzoq bo‘lganlar ham Ronaldu va Messi o‘rtasidagi jang haqida bilishardi. Ammo hayot davom etmoqda va endi Ron va Leo o‘rtasidagi raqobat asta-sekin tarixga aylanib boryapti va mantiqiy savol yuzaga keladi: «Ularning o‘rnini kim egallaydi?» Albatta, biz bundan keyin nima bo‘lishini oldindan ayta olmaymiz, lekin Xoland va Kilian Mbappeni 20 yillarda futbolning yangi yetakchilari sifatida ko‘rish mumkin.

Xoland va Mbappe yulduzlik maqomini yo‘qotadigan vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. Afsuski, hech kim jarohatlardan himoyalanmagan, ammo jiddiy jarohatlar bu qahramonlarni chetlab o‘tadi deb umid qilamiz. Biroq, boshqa omillar ham mavjud. Misol uchun, agar Kilian Fransiya chempionatida qolsa, bu unga yomon ta’sir qilishi mumkin. Liga 1da «PSJ» chempionlikni qo‘ldan boy berishi mumkin emas, Fransiya ligasini kuchsiz deb bo‘lmaydi, lekin unda parijliklar uchun raqobat yo‘q va har bir o‘yin ham kuchli raqobat bilan o‘ynalmaydi. Balki bu omil Mbappega qarshi o‘ynar.

Erlingga kelsak, uning pasayishi deyarli imkonsizdek. U Bundesligada porlayotgan edi, hozir esa Premyer-ligada «yondiryapti» va unga moslashib olish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. Lekin Xoland faoliyatida terma jamoada katta yutuqlar bo‘lmasligining ehtimoli katta. Oxirgi marta Norvegiya 1998 yilgi jahon chempionatida muxlislarning yodida qolarli o‘yin namoyish etdi. Albatta, bu norvegiyalik futbolchining terma jamoada muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilmaydi, biroq uning faoliyatida qandaydir qoldiq qoldirishi mumkin.

Xoland va Mbappe nazorat qila olmaydigan omillar ham mavjud. Mbappe-Xoland davri muhim bo‘lmasligi uchun sabablar bor va bu hatto o‘yinchilarning saviyasi pasayishi bilan bog‘liq ham emas: futboldagi yangi kayfiyat sabab bo‘lishi mumkin. Balki ikki o‘yinchi emas, balki butun bir guruh o‘yinchilar dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun bahslashadi. Ularga bu yo‘lda raqobatchilar juda ko‘p. Esingizda bo‘lsa, Ronaldu-Messi davridan oldin «Oltin to‘p» egasi har yili o‘zgarib turardi. Bu safar ham endi shunday bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Qahramonlarimiz bilan kim raqobatlasha olishini o‘ylab ko‘ring. Masalan, Vinisius Junior. 22 yoshida u klub futbolidagi barcha turnirlarda g‘alaba qozongan. U «Real Madrid»ning asosiy o‘yinchisi, shuningdek, yaxshi statistikaga ega. Misol uchun, Vini har uchinchi o‘yinida gol uradi. Vinisius shuningdek, Chempionlar ligasida ham ancha yaxshi. Oltita o‘yinda u to‘rt marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida braziliyalik ikki o‘yinda uchta gol urdi.

Jahon futbolidagi yetakchilardan biri sifatida «Real Madrid»ning yana bir futbolchisi Rodrigoni ham ko‘rish mumkin. Uning hisobida ham klub va shaxsiy miqyosda yutuqlar mavjud. U allaqachon Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan, ikki marta La Liga va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida, shuningdek, ikki marta Superkubokda (ECHL va Ispaniyadagi) g‘olib chiqqan. Shaxsiy yutuqlarga kelsak, bu yerda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihat bor. 2019 yilda, 18 yoshu 301 kunligida Rodrigo Chempionlar Ligasi doirasidagi «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi. U joriy asr davomida shu ishni bajargan futbolchilar orasida rekord o‘rnatgan. Rodrigo o‘tgan yili «Real»ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan. «Manchester Siti»ga qarshi yarim finalning javob uchrashuvini eslash mumkin, o‘shanda Rodrigo o‘yinning eng so‘nggida ikki daqiqa ichida dubl qayd etib, «qaymoqranglilar»ga turnir finaliga chiqish imkonini bergandi. Markus Reshfordni ham qayd etish kerak. U Jahon chempionatida yaxshi holatda edi va u yerda beshta o‘yinda uchta gol urdi. Reshford so‘nggi 17 o‘yinda 16 ta gol urgan. 

Mbappe va Xolandning ijobiy tomonlarini ham ta’kidlash kerak. Kilian va Erling ajoyib formada davom etishiga barcha ko‘rsatkichlar mavjud. Keling, ularning har birining afzalliklarini ko‘rib chiqaylik.

Mbappeda 24 yoshda allaqachon jahon chempioni va vise-chempionligi mavjud. Oxirgi jahon chempionatida u 7 uchrashuvda 8 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Uning reaktiv tezligi borligi hech kimga sir emas. U, shuningdek, yaxshi dribling amalga oshirish va maydonni ajoyib ko‘rish imkoniyatiga ham ega. Fransiyalik futbolchining topligiga ishonch hosil qilish uchun uning statistikasini keltirishning o‘zi kifoya. U joriy mavsumda Liga 1da 20 ta o‘yinda 15 ta gol urdi. O‘tgan mavsumda esa 35 o‘yinda raqib darvozasini 28 marta ishg‘ol qilgandi. Chempionlar ligasiga kelsak, u yerda statistik ma’lumotlar ko‘zni qamashtirmoqda – 7 ta o‘yin va 7 ta gol. Kilianning jahon chempionatidagi bombardimonlari haqida avvalroq aytib o‘tgan edik.
Erling haqida gapirganda, birinchi navbatda shuni ta’kidlash kerakki, norvegiyalik futbolchining deyarli hech qanday zaif tomonlari yo‘q. Xoland ikkinchi qavatda o‘ynash, raqib futbolchilari orasidan yorib o‘tish kabi kuchli jihatlarda yaxshi. 

Xolandning natijalari quyidagicha: Premyer-ligada 2022/2023 yilgi mavsumda: 26 gol + 4 golli uzatma (23 o‘yin). Chempionlar ligasidagi joriy statistika: 5 ta gol (4 ta o‘yin). Millatlar ligasida: 6 ta gol + 1 ta golli uzatma (6 ta o‘yin). 2021/2022 yilgi mavsum «Borussiya Dortmund» tarkibida. Bundesliga: 22 gol + 7 golli uzatma (24 uchrashuv). Chempionlar ligasi: 3 ta gol (3 ta o‘yin). JCH-2022 saralashi: 5 ta gol (6 ta o‘yin).

Kiritildi: 14:51, 21.02.2023. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик