Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transferlarning ishonchli xabarchisi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qishki transfer darchasini kim a’lo darajada o‘tkazdi? Shak-shubhasiz - Fabrisio Romano. Ko‘plab oldi-sotdilarni aynan shu jurnalist-insayder birinchi bo‘lib jamoatchilikka yetkazdi.

Kelishuv jarayonlari bilan yonma-yon qadam tashlab, muzokaralar, tibbiy ko‘riklar, kontrakt shartlari va transfer qachon rasman e’lon qilinishi haqida ma’lumot berib turdi. Romano doimo birinchi xabarchi bo‘ldi, deya olmaymiz. Masalan, «Arsenal»ning Jorjinyoga qiziqib qolganligi haqida boshqa insayder Devid Orshteyn xabar berdi. Lekin so‘nggi darchada eng mukammal ma’lumotni yana Romano yetkazdi.

Fabrisio Romano darcha davridagi yumushlarni qanday bajardi?

Insayder YouTube ga Moskva vaqti bilan 21:00dan 3:00gacha davom etadigan strimni joyladi. Ma’lumki, darchaning so‘nggi kuni juda qizg‘in kechadi, oqshomda qizg‘inlik cho‘qqisiga ko‘tarilib, o‘nlab kelishuvlar imzolanadi.

Italiyalik insayder efir davomida Yevropadagi muhim transferlarga oid yangilangan ma’lumotlarni ingliz tilida e’lon qildi. Strimning ikkinchi soatida davraga agent Shaxar Grinbergni taklif etishdi, Romano esa so‘nggi kelishuvga oid savolni berish imkoniyatiga ega bo‘ldi: «Nima uchun siz va mijozingiz Oskar Glux «Barselona» xaridor bo‘lib turgan paytda «RB Zalsburg»ni tanladingiz?»

Insayderning aql bovar qilmaydigan jihati shundaki, u bir vaqtning o‘zida boshlovchilar bilan muloqotda bo‘lishga, mehmonga savollar berishga, kasbdoshlariga ma’lumot yo‘llashga, manbalar bilan telefon orqali bog‘lanish va ijtimoiy tarmoqlarda postlar qoldirishga ulgurardi. Translyasiya paytida Romano transferlarga oid 40dan ortiq qisqa ma’lumotni chop etdi. Aytishicha, ma’lumotlarni doimo o‘zi, yordamchilarsiz yozar ekan.

«Strim chog‘ida vaqti-vaqti bilan ovoz yo‘qolib, yetarli qiyinchiliklar tug‘dirdi - hozir muhim kelishuvlar haqida ma’lumotlar keladi, bizda hamma narsa soatdek aniq ishlashi kerak», - dedi Romano tun yarmidan o‘tgan pallada. Xayriyatki, hal qiluvchi paytda uzilishlar bo‘lmadi, insayder ijtimoiy tarmoqlar vakillariga tez orada muhim ma’lumotlar bilan tanishtirishini bildirdi. Qisqa vaqt ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir auditoriyasi 50 mingdan 83 mingga ko‘tarildi. Soat 00:54da Romano e’lon qildi: «Yigitlar, bu Enso Fernandes... Enso Fernandes - «Chelsi»da. Kelishuv yakunlandi, 120 mln. yevro. To‘lov muddatini keyinroq xabar qilaman. «Benfika» tibbiy ko‘rikka ruxsat berdi, Enso ko‘rikdan o‘tishga, «Chelsi» hujjatlarni rasmiylashtirishga ulguradi. Bunga kafolat bera olmayman, lekin tomonlar kelishuvga erishdilar».

Umuman, Fabrisio  Romano qanday  ishlaydi?

18 yoshida Romano Neapolda maqolalar yozishni mashq qilib, ularni Italiyaning ikkinchi darajali nashrlariga tekinga berardi. Keyin unga bir notanish kishi murojaat qildi: «U «Barselona»ning mashhur La Masiya akademiyasida ishlardi. Mendan ikki nafar yosh futbolchi haqida maqola o‘zib berishni so‘radi», - deydi Fabrisio.

Insayder tilga olgan futbolchilar Mauro Ikardi bilan Jerar Deulofeular edilar. O‘sha paytda ularni hech kim tanimasdi. Xullas, Romano maqolani yozdi, murojaat qilgan kishi esa ularning agentiga aylandi. Shu tariqa jurnalist va agent hamkorligi boshlandi. 2011 yil yozida Ikardining «Barselona»dan «Sampdoriya»ga o‘tishini birinchi bo‘lib Romano e’lon qilgandi. Ikki yildan keyin u hujumchining «Inter»ga o‘tganini yoritdi.

Keyinchalik insayder Neapoldan Milanga ko‘chib o‘tdi va «Sky Sport Italia»da ishlay boshladi. U yerda Romanoga transferlar haqida ma’lumot bergan taniqli sharhlovchi - Janluka Di Marsio ishlardi. Insayder unga o‘z saytini ochish va to‘ldirishda yordam berdi, o‘zi ham tajriba to‘play boshladi. Shuningdek, u ko‘p vaqtini ko‘chada o‘tkazardi: «Futbolchilarga duch kelish umidida restoran, mehmonxona va gavjum joylarda kezib yurardim».

2020 yilda italiyalik insayderning mashhur kelishuvlaridan biri - Bruno Fernandeshning «MYU»ga o‘tishi yuz berdi. «Qizil iblislar»ning yarim himoyachiga qiziqishini e’lon qilishda Romano birinchi bo‘lmadi, ammo transfer amalga oshganligini u ma’lum qildi. Jurnalistning fikricha, xabarning tezligidan ko‘ra ishonchli ekanligi muhimroq: «Odamlar chin haqiqatni o‘qiyotganlari va menga ishonish mumkinligini tushunib olishlarini istayman. Menda ulgurishim shart bo‘lgan dedlayn yoki sotib tugatilishi kerak bo‘lgan gazeta yo‘q. Men tayyor, naqd narsalarni yozaman».

12 yil ichidaqahramonimiz aloqalari shu qadar kengayib ketdiki, u Yevropa futbolining bosh insayderi maqomiga ko‘tarildi. Uning bilimdonligi va tanish-bilishlari Italiya sarhadlaridan uzoqlashib ketdi. Aytishlaricha, uning asosiy hamkorlari - agentlar. Romano klub sohiblari bilan doimiy aloqada bo‘lish lozim, deb hisoblaydi. Shuningdek, futbolchilar bilan ham shaxsan tanish, o‘zi uchun zarur o‘yinchini osonlikcha topadi.

Fabrisio Romanoga qanday e’tirozlar bor?

Romanoning asosiy «fishka»si - «here we go!» iborasi. Bu inglizcha iborani o‘girishdan ma’no yo‘q, u «bu yerdan biz yuramiz» ma’nosini anglatadi. Biroq insayder uchun u «quvib yetdik» ma’nosini beradi. Uning axboroti bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni jurnalist shu ibora bilan belgilab boradi.

Romano o‘z homiylariga ega. Strim jarayonida pivo ishlab chiqaruvchi korxona rahbari sherik bo‘lgandi. Ba’zi kishilar Romanoni imzolangan shartnomalardan ma’lum foiz manfaat oladi, deb o‘ylashadi. Bu shubhalarni jurnalist tabassum bilan qarshi olib, agar shunday bo‘lganida, allaqachon milliarder bo‘lib ketishi kerakligini ta’kidlaydi: «Agar kimdir meni klublar yoki agentlardan pul olishimga ishongan bo‘lsa, shunday o‘ylayversin. Faqat telbalar shunday o‘ylashi mumkin».

Enso Fernandes transferidan keyin insayder Hakim Ziyeshning «PSJ»ga o‘tishiga oid kelishuvni ham «quvib yetdik» iborasi bilan belgilagandi. Klublar o‘zaro bir to‘xtamga kelishgan, futbolchi ham rozi bo‘lgandi. Taajjubki, tomonlar kelishuvga erishgan, Ziyesh tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lsada, transfer imzolanmadi. Bu Romano faoliyatidagi yuzlab kelishuvlar orasidagi yagona voqea edi. Romanoni xush ko‘rmaydigan muxlislar xursand bo‘lishdi. Lekin jurnalistni ayblashga asos yo‘q. Chunki uning ma’lumotlari uydirma emas. Tomonlar kelishuvi va ko‘rikdagi ijobiy baho - fakt. Qolaversa, Romano hujjatlardagi kamchilikni ham o‘z vaqtida xabar qilgandi.

Romanoning axborotlari tasdig‘ini topmagan yana voqea - Veynaldumning «Barselona»ga o‘tmaganligi. Keyinchalik italiyalik insayder o‘shanda transfer uchun hamma narsa taxt bo‘lganligi, lekin nima uchun kelishuv amalga oshmaganini tushuntirib berdi: «Futbolchi tibbiy ko‘rikka, klub esa anonsga hozirlik ko‘rayotgan pallada, «PSJ» futbolchiga «Barsa»ga nisbatan ikki baravarga ko‘proq maoshni taklif etgandi. Vaholanki Veynaldum Kataloniya grandi taklifini qabul qilgan, «Liverpul» esa futbolchining shartnoma muddati nihoyasiga yetgani sababli, muzokaraga aralasha olmasdi».

Ochig‘i, Fabrisio Romanoning faoliyatidan «kir» qidirib yurganlar qandaydir sababni topishlari mumkin, albatta. Lekin nima bo‘lganda ham, u hammadan avval yuborgan aniq yangiliklar soni baribir lol qoldiradi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:45, 22.02.2023. O'qildi: 4019 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.