Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ideal mavsum o‘tkazayotgan Osimxen «Napoli»ni qay tarzda chempionlik sari yetaklay oladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Uzoq vaqt davomida «Napoli»ga doimo nimadir yetishmayotgan ko‘rinar edi. Neapolliklar bir necha bor skudettoni yutishga yaqin keldi, ammo unga erisha olmadilar. Bu mavsumda «adzurrilar» nihoyat chempionlikni qo‘lga kirita oladigan yaxlit jamoaga o‘xshamoqda. «Napoli»ning hozirgi tarkibidagi eng muhim futbolchilaridan biri bu Viktor Osimxendir. Nigeriyalik futbolchi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda, klubining eng sermahsul futbolchisiga aylandi.

Osimxenning Yevropa bo‘ylab sayohati «Volfsburg»dan boshlandi, u yerda futbolchi eng yaxshi davrlarni o‘tkazmagan. Viktor nemis klubi safida bor yo‘g‘i 16 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmagan. Bu hamkorlikdan hech narsa chiqmaganini ko‘rgan «bo‘rilar» futbolchini Belgiyaning «Sharlerua»siga ijaraga jo‘natishdi. U yerda nigeriyalik ancha yaxshi o‘ynadi va 36 uchrashuvda 20 ta gol urdi. Belgiyadagi omadli mavsumdan so‘ng hujumchining Yevropadagi istiqboli oydinlasha boshladi. 2019 yilning iyul oyida «Sharlerua» hujumchini atigi 3,5 million yevroga sotib olgandi. Shu bilan birga, oradan bir oy o‘tib belgiyaliklar Viktorni 24,5 millionga «Lill»ga sotishdi. Fransuz klubida Osimxen bor-yo‘g‘i bitta, lekin juda muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazdi. Viktor Liga 1da 27 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U jamoaning 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ishlar yaxshi ketayotgandi, ammo «Napoli» o‘z vaqtida uning uchun kurashga qo‘shildi. Neapolliklar haqiqatan ham yosh hujumchini olishni xohladi. Natijada nigeriyalik rekord summa 75 million yevro evaziga xarid qilindi. Osimxenning transfer narxi, ayniqsa Italiya chempionati me’yorlariga ko‘ra, yuqori edi, ammo Viktor tezda unga investisiya qilingan pulni oqlay boshladi. A Seriyadagi ikkinchi o‘yinidayoq u dastlabki golli uzatmani amalga oshirdi, uchinchisida esa birinchi golini urdi. 2019/20 yilgi mavsumda hujumchi Italiya chempionatida 10 ta gol urdi. Albatta, yelka jarohati bo‘lmaganida ko‘proq urardi balki. Keyingi mavsumda nigeriyalik futbolchi yana 14 ta gol urdi va A Seriyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Hozirgi mavsum Osimxen faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘lib turibdi. Shu kungacha 24 yoshli hujumchi Italiya chempionatida 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va shunga qaramay, mavsum oxirigacha hali uzoq vaqt bor. Viktor Lautaro Martinesdan 5 ta gol farqi bilan oldinda bo‘lgan holda A Seriyaning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Yuqori ligalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, nigeriyalik futbolchi Kilian Mbappe va Robert Levandovskidan ko‘proq gol urgan, ularning har biri ligada 15 tadan gol urgan. Osimxendan faqat Erling Xoland ko‘proq gol urgan, norvegiyalik futbolchining raqamlari juda hayratlanarli: Premyer-liganing 23 o‘yinida 26 ta gol.

Osimxen joriy mavsumda 90 daqiqada o‘rtacha 1,02 ta gol urmoqda. Faqat Xoland (1,37) va Jovanni Reyna (1,05) undan yuqori ballga ega. Biroq, Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi «Napoli» forvardiga qaraganda kamroq o‘yin o‘tkazgan. A Seriyada Viktor darvozaga 32 ta zarba berdi. Faqat Lautaroda ko‘proq zarba (33) bor. Shu bilan birga, nigeriyalik allaqachon 19 marta ofsayd holatiga tushib qolgan. Bu A Seriyadagi uchinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Aks holda hujumchi bundan ham ko‘proq gol urishi mumkin edi. Oktyabr oyida jarohatidan qaytgan Osimxen neapolliklarning deyarli har bir o‘yinida ustunlik qildi. Viktor A Seriyaning so‘nggi 7 o‘yinida ketma-ket gol urdi va ikkitasida dubl qayd etdi. «Sassuolo»ga qarshi bahsda nigeriyalik futbolchi o‘zining 100-golini kiritdi. U bu ko‘rsatkichga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan tezroq erishdi, ammo baribir Erling Xoland va Kilian Mbappe kabi tez emas. Ushbu holatlar top-klublar e’tiborini tortadi. Biroq neapolliklar futbolchini sotishni qat’iyan rad etishmoqda. Albatta, Viktorning umuman olganda yuqori hujum salohiyatiga ega ekanligini ta’kidlash joiz.

 

Jamoa sifatida neapolliklar mavsum davomida A Seriyada 56 ta gol urishdi. Bu chempionatdagi eng yaxshi natijasi va «Inter»dan 12 golga ko‘p degani. Shunga ko‘ra, «adzurri» raqiblar darvozasiga eng ko‘p zarba bergan (187). Hozir Osimxenda hamma narsa bor: murabbiyning ishonchi, jamoadagi muhim roli, muxlislar mehri. Uning kelgusi taqdiri nima bo‘lishi qiziq. 

Kiritildi: 19:10, 22.02.2023. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик