Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 18.04.2025 18:00
      • Xorazm
      • 0:0
      • Bunyodkor
      • 18.04.2025 20:15
      • Qizilqum
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 19.04.2025 18:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.04.2025 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Nasaf
      • 19.04.2025 20:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 20.04.2025 17:45
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 20.04.2025 18:00
      • OKMK
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • La-liga
      • 19.04.2025 00:00
      • Espanyol
      • 1:0
      • Xetafe
      • 19.04.2025 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Valensiya
      • 19.04.2025 19:15
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 19.04.2025 21:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Leganes
      • 20.04.2025 00:00
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Atletiko
      • 20.04.2025 17:00
      • Valyadolid
      • -:-
      • Osasuna
      • 20.04.2025 19:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 20.04.2025 21:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Alaves
      • 21.04.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • «A» Seriya
      • 19.04.2025 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 19.04.2025 21:00
      • Monsa
      • -:-
      • Napoli
      • 19.04.2025 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Verona
      • 20.04.2025 18:00
      • Empoli
      • -:-
      • Venetsiya
      • 20.04.2025 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 20.04.2025 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • APL
      • 19.04.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Bornmut
      • 19.04.2025 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 19.04.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Sautgempton
      • 19.04.2025 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Brayton
      • 19.04.2025 21:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nyukasl
      • 20.04.2025 18:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 20.04.2025 18:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 20.04.2025 18:00
      • Ipsvich
      • -:-
      • Arsenal
      • 20.04.2025 20:30
      • Lester
      • -:-
      • Liverpul
  • Bundesliga
      • 20.04.2025 14:23
      • Hannover-96
      • 0:0
      • Shtutgart
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 5 13
2 Bunyodkor 6 12
3 Nasaf 5 11
4 Neftchi 5 9
5 Andijon 5 9
6 Dinamo 5 9
7 Navbahor 5 8
8 Xorazm 5 7
9 Qizilqum 5 7
10 Buxoro 5 6
11 Qo‘qon-1912 6 6
12 So‘g‘diyona 5 4
13 Paxtakor 5 3
14 Surxon 5 3
15 Mash’al 5 3
16 Sho‘rtan 5 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Xorazm 0-0 Bunyodkor
6-тур Qizilqum 1-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 21377 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.04.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "РБ Лейпциг".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хайденхайм 1846".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Унион Берлин".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 "Голевая неделя".
      12:35 Чемпионат Германии. Перед туром.
      13:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      15:05 Евротур.
      15:50 Новости футбола.
      15:55 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07". Прямая трансляция.
      17:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      18:25 LIVE Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен". Прямая трансляция.
      20:25 Новости футбола.
      20:30 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      21:25 LIVE Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт". Прямая трансляция.
      23:30 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
      01:30 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
      03:30 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.04.2025

      05:15 "Парусный спорт".
      05:40 Дзюдо. U-23. Fonbet Первенство России в Волгограде. День 3.
      07:15 "Страна спортивная".
      07:30 Д/с "Век нашего спорта".
      08:00 Борьба. Чемпионат Европы в Словакии.
      10:10 Плавание. Чемпионат России в Казани. День 6.
      12:40 "География спорта". Ульяновск.
      13:10 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 1 в Санкт-Петербурге.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Сноубординг. Чемпионат мира в Швейцарии. Параллельный гигантский слалом.
      17:45 Д/ф "Рафаэль Надаль".
      18:35 Бокс. Международный турнир памяти К. Короткова в Хабаровске, Россия.
      20:55 Д/с "Век нашего спорта".
      21:20 Борьба. Чемпионат Европы в Словакии.
      23:35 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      01:45 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 1 на трассе "Ростов Арена".
      02:35 "Физруки. Будущее за настоящим".
      03:10 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 1 в Санкт-Петербурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.04.2025

      05:00 LIVE Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC Fight Night в Омахе, США. Дакота Кокрейн против Маркуса Эдвардса, Деррик Финдли против Брайса Генри. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Команда МАТЧ".
      12:25 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      13:55 LIVE Футбол. Женщины. Winline Суперлига. "Спартак" (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      15:55 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 5-й матч. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:45 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 25-й тур. "Локомотив" (Москва) - "Пари Нижний Новгород". Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:15 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 25-й тур. "Краснодар" - "Ахмат" (Грозный). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Лас-Пальмас" - "Атлетико Мадрид". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
      04:55 Д/ф "Брюс Ли. Путь воина".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.04.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 1. "1812 километров Катара" на трассе Лосал. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. Чемпионат мира 2024 в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      11:30 Велоспорт. Гонка "Флеш Брабансонн" в Бельгии.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира 2024 в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Велоспорт. Amstel Gold Race 2024 в Нидерландах.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Гонка "Флеш Брабансонн" в Бельгии.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Женщины. Болдеринг. Финал.
      03:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Араше, Бразилия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      04:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Араше, Бразилия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Unitilmas siymolar: Axbor Imomxo‘jayev

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futzal t.j. / Erkaklar futzal t.j.
Rukn: Yangiliklar
A A A

Milliy futbolimiz ravnaqida mashhur sharhlovchi, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi», «Shuhrat» medali sohibi, respublika toifasidagi hakam, «Turon» Xalqaro fanlar akademiyasi professori, marhum Axbor aka Imomxo‘jayevning o‘z o‘rni, katta izi bor. 8 oy muqaddam bandalikni bajo keltirgan tabarruk inson hayot bo‘lganida, 19 fevral kuni qutlug‘ 87 yoshga to‘lardi.

***

Axbor doda o‘zbek futboli bilimdoni va jonkuyari sifatida ma’lum-mashhurdir. Ustoz o‘tgan asrning 50-yillari oxirida hali nom-nishoni bo‘lmagan sport sharhi maktabiga birinchilardan bo‘lib kirib keldi. O‘sha payt o‘zbek futbolida porlagan «Paxtakor»ning o‘yinlarini nafaqat Toshkent, balki sobiq ittifoqning turli shaharlaridan radio or­qali sharhlab, ming-minglab muxlislar qalbidan mustahkam joy oldi. Axbor aka shuning barobarida hakamlik borasida ham o‘z salohiyatini namoyon etib, adolat mezonlariga qat’iy amal qildi. Bunday fidoiylik unga cheksiz obro‘-e’tibor keltirdi. Axbor aka mamlakatimizning qaysi burchagiga bormasin, uning sohir ovozini eshitgan el-ulus uni afsonadek qarshi oldi, yuksak ehtirom ko‘rsatdi. Bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Davrada Axbor aka futbol atrofidagi bir-biridan qiziq voqealarni o‘zgacha ehtiros bilan hikoya qilar ekan, o‘tgan asrga bog‘liq hakamlik illatlarini hajv tig‘iga olgandi. «Maydonda ikki jamoa o‘rtasida qizg‘in kurash ketmoqda. Murosasiz bahsda maydon egalari g‘alaba uchun borlarini berishmoqda. Biroq himoyada mustahkam raqib gol urishga imkon bermayapti. Shunda mezbon jamoa vakillaridan biri hakamga ikki barmog‘ini ko‘rsatib, g‘alaba qozonmasalar bo‘lmasligini aytdi. Shunda hakam ikki qo‘lini paxsa qilgancha, o‘ynash haqida ishora qildi». Buni eshitgan davradoshlar kulib yuborishdi. Aslida Axbor aka futboldagi yaramas qusurlarni kulguga olish bilan birga nohaqliklar ko‘plab o‘yinlarning noxolis o‘tishiga sabab bo‘lganini o‘kinch bilan ifodalagandi.

*** 

Ha, Axbor aka hamisha futbolda avvalo, halollik qaror topishi uchun jon kuydirardi. O‘zbekiston futbol federasiyasi Hakamlar qo‘mitasida ishlagan kezlari ham shu aqidaga qat’iy amal qildi. Hakamlarning yangi avlodini tanlash, tarbiyalash borasidagi katta ko‘lamli ishlarda yelkadosh bo‘ldi. Buning samarasi o‘laroq, faqat Toshkent shahri emas, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iqtidorli, salohiyati baland hakamlar yetishib chiqishdi. Axbor Rustamovich toza qalb, keng fe’l, shu bilan birga yuksak madaniyat sohibi edi. Deylik, kim bilan uchrashmasin, muomalani joyiga qo‘yar, ba’zi masalalar yuzasidan hazil-mutoyiba bilan javob berardiki, suhbatdosh nimadir olardi, albatta. Bir safar Axbor aka bilan o‘tirsak, kimdir qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘ragach, darhol qaysidir masala bo‘yicha gap boshladi. Shunda ustoz suhbatdoshini yengil hazil bilan to‘xtatdi: «Do‘stim, shoshilmang, avvalo, o‘zingizni tanishtiring, aks holda, sizga qizil kartochka...». Axbor aka bu bilan suhbatdoshiga samimiyat bilan qaysidir ma’noda dashnom bergandi. Bu ham tarbiya.

***

O‘tgan asrning 70-yillari Axbor aka bilan uzoq yillar baxtli turmush kechirgan Farida ayaning otasi Abdusamad aka uyimizda mehmon bo‘lgandi. Otaxonning o‘g‘li Abdulla va Sa’dulla akam ilmiy yo‘nalishda hamkor edilar. Xullas, Abdulla aka padari buzrukvorini Qashqadaryo bo‘ylab sayohatga yuborgandi. Otaxonning ohista so‘zlashi mendek yosh o‘spirinda katta qiziqish uyg‘otgani esimda. Shunda u kishidan kuyovlari Axbor aka haqida so‘radim. «Axborxon o‘z kasbini sevadigan yigit. Oilani esdan chiqarmagan holda, ishni ham do‘ndiryapti. Hattoki, kattalar kerakli kadr ekanligi uchun harbiy xizmatga jo‘natmay, ish joyida qoldirishdi», - deya hikoya qilganida, otaxon kuyovini o‘z farzandi qatorida suyganini tushungandim. Abdusamad aka otam bilan qadimiy Shahrisabzda bo‘lib, tarixiy obidalardan bir olam taassurot olib qaytdi. Abdusamad aka tarixiy meros, Amir Temur qoldirgan buyuk xazinadan ancha xabardorligi uning suhbatida yaqqol sezilgandi. 

*** 

Inson hayotda hech qachon kimgadir uning mansabi, obro‘si yoki boyligiga qarab yaqinlashishga intilmasligi kerak. Axbor akaning yo‘li bu borada ham barchaga ibrat. Qayerga, qanday marosim yoki tadbirga taklif etishmasin, barchasini bajonu-dil qabul qilardi: «Bir-birimizga nima uchun kerakmiz, axir?» U kishi ikkiyuzlamachi, yolg‘onchi, ishi bitguncha parvona bo‘lishga intiladigan odamlarni xushlamasdi. Qanday davrada bo‘lmasin, futbolimiz, uning istiqlol yillaridagi taraqqiyoti to‘g‘risida jo‘shib so‘zlardi. Hammani yoshlarni sport, xususan, futbolga mehr, sadoqat ruhida tarbiyalashga, vatan sha’ni, or-nomusi uchun munosib bo‘lishga da’vat etardi. Tengdoshlari va o‘rta yoshli qadrdonlari bilan «Tong jamoasi»ni tashkil etganiyu, kichik maydonda to‘p ortidan yugurishni kanda qilmagani sog‘lom turmushga amal qilgani, buni keng targ‘ib etganidan dalolat. «Sog‘lom tanda - sog‘ aql» maqoliga hamohang tarzda umrining oxirgi kunlarigacha doimiy mashg‘ulotlar, jismoniy chiniqishga vaqt ajratgani ham ibratning bir namunasidir. Axbor aka erta tongda mashg‘ulotlarda qatnashish barobarida tungi vaqt yotishdan oldin toza havoda sayr qilishni odatga aylantirgandi. «Hali shunday kunlar keladi, «O‘zbek, O‘zbekiston» hayqirig‘i mundial arenalarida baralla yangraydi.  Chunki Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Boburmirzo kabi buyuk bobokalonlar avlodlarimiz. Janubiy Amerika maydonlarida kuchli zarbi bilan darvoza to‘rini chilparchin qilgan afsonaviy Gennadiy Krasniskiy, Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Vladimir Fyodorov, Mixail Anni tarbiyalab dunyo arenasiga chorlagan, Vasilis Xadzipanagisdek grek o‘g‘lonini jahon terma jamoasi safida javlon urdirgan o‘ziga bek o‘zbeklarmiz» - Axbor aka hamisha shunday ishonch bilan baralla gapirardi.

*** 

Marhum ustoz noshirlikda ham katta adabiy meros qoldirdi. Uning o‘nga yaqin o‘quv darsliklari, «Maftuningman futbol», «Futbol quvonchim-dardim», «O‘zbekning Mirjaloli» (ikki qismdan iborat) risolalarini muxlislar iliq qarshi olishgan. «Asrdagi asl qadrdonlarim» kitobi memorial asar bo‘lib, yillar davomida qilingan zahmatli mehnat mahsulidir. Darhaqiqat, Axbor aka elda e’zozli, yurtda qadrli inson edi. Bir qo‘lida qalam, ikkinchisida hakamlik hushtagini tutgan, shuning barobarida mikrofon oldida olib borgan sharhlari noyob meros bo‘lib qoldi. Ana shunday ustoz maqomidagi ulug‘ inson bugun oramizda yo‘q. Nachora, o‘lim haq. Hammamiz ertami-kech bu foniy dunyodan ketamiz. Bizdan qoladigani esa, yaxshilik urug‘i-yu, boy ma’naviy meros, oqil farzand va shogirdlar. Pirovardida ular beradigan hosil yurtimizni obod, xalqimiz hayoti farovon etajak!

Husan TEMIROV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 24.02.2023. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Бунёдкор Luis Kachorri 4
2 Пахтакор Igor Sergeev 3
3 Нефтчи Zoran Marushich 3
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 2
6 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 2
7 Хоразм Rustamjon Abduhamidov 2
8 Андижон Rustam Turdimurodov 2
9 ОКМК Ali Abdurahmonov 2
10 Қизилқум Elguja Lobjanidze 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.