Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«MYU»ning yaqin kunlar ichidagi sarlavhalarda ko‘p tilga olinishiga sabablar yetarli

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«MYU»ning kechagi finalidan so‘ng bir qancha jihatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Loris Karius 728 kun ichida ilk marta maydonga tushdi

O‘yin oldidan final syujeti nemis darvozaboni atrofida bo‘ldi. «Nyukasl» final uchun yaxshi darvozaboni yordamidan foydalana olmadi. Ten Xag Liga kubogida Dubravka xizmatlaridan foydalangan edi. Slovakiyalik Xau jamoasiga qaytgandi, ammo turnir qoidalari unga finalda o‘ynashni taqiqladi. «Nyukasl»ning asosiy darvozaboni Poup esa «Liverpul»ga qarshi bahsda jarima maydonchasi tashqarisida qo‘llari bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka olgandi.

Natijada, Karius birinchi daqiqalardanoq maydonga tushdi. Loris jamoasiga katta va muhim uchrashuvda yana omad kulib boqmadi. Karius Kazemironing zarbasini qaytara olmadi, keyin esa Reshfordning uzoq burchakka yo‘llagan zarbasi oldida ojiz qoldi. 

17-finalida Kazemiro g‘alaba qozondi

Bu klublar doirasidagi faoliyatida, albatta. Kaze o‘n sakkizta finalga chiqdi va faqat bittasida mag‘lub bo‘lgan. UYEFA Superkubogi finalida «Real» himoyachisini faqat «Atletiko» ranjita olgan. Kazemiro qolgan hal qiluvchi o‘yinlarda «qaymoqranglilar» futbolkasida g‘alaba qozondi. Terma jamoada yarim himoyachi Kopada Peruga qarshi finalda g‘alaba qozongan bo‘lsada, oradan bir necha yil o‘tib Argentinaga mag‘lub bo‘ldi. Ammo biz faqat klublar miqyosidagi yutuqlarni qoldirsak, 94,4% g‘alaba foiziga guvoh bo‘lamiz.

Kazemiro bir yil oldin «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, bu uning YECHLdagi beshinchi g‘alabasi edi. Endi «Manchester Yunayted» Yevropa ligasini yutish uchun harakat qiladi, kecha esa ushbu yarim himoyachi yordamida Liga kubogi finalida «Nyukasl»ni mag‘lub etishdi. Urilgan goldan tashqari, Kazeda yana to‘rtta zarba va bitta golli imkoniyat ham bor. Braziliyalik tez-tez to‘pni yo‘qotib qo‘ydi, ammo bu uslubni murabbiy tanlagan, sodda va ishonchli taktika.

«Nyukasl» uchun sovrinsiz o‘tgan 54 yil

1969 yildan beri jamoa finallarda g‘alaba qozona olmadi. Oltmishinchi yillarning oxirida «Nyukasl» hozirgi YEL miqyosidagi turnir finalida «Uypesht»ni mag‘lub etgan. Oradan o‘n yillar o‘tib, afsonaviy ser Bobbi Robson «Nyukasl»ni Chempionlar ligasiga olib chiqdi, lekin ko‘pincha muxlislar natijadan qoniqish hosil qilmagan.

Klub o‘z xo‘jayinlarini o‘zgartirgani yaxshi, ammo hozircha Eddi Xau birorta ham kubokni qo‘lga kirita olmadi. «Chelsi» va «Manchester Siti»ning milliarder egalarini eslagan holda bu «Nyukasl» uchun oxirgi imkoniyat emasligiga shubha qilmaymiz. Uchrashuv startida ular ustunlikka ega bo‘lishdi, ammo «Manchester Yunayted» himoyadan hujumgacha bo‘lgan masofani mukammal tanlagandi, biroq ba’zida qarshi hujumlar qurboniga aylandi.

«Manchester Yunayted»ning 6 yillik sovrinsiz davri

Jamoa muxlislari yaqin oradagi katta turnir — Yevropa Ligasi finalida «qizil iblislar»ning «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘lishini kuzatishdi. Endi esa klub deyarli olti yil ichida ilk sovrinni qo‘lga kiritdi, Mourinyoning Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyatidan so‘ng jamoa hech narsa yutolmadi. Ammo o‘tgan yozda sxemada asosiy element paydo bo‘ldi - Kazemiro yangi jamoa psixologiyasini o‘zgartirdi. Lisandro Martines va Varanning ham o‘yinlari ochilib ketdi. Bu gapni Zabitserga nisbatan ham aytish mumkin.

«Manchester Yunayted» Mourinyodan keyin omadsizlar jamoasiga aylandi

Joze davrida futbol qiziqarliroq bo‘lganiga qaramay natija ko‘ngildagidek chiqmadi. Katta xarajatlarga ega buyuk klub uchun kuboksiz deyarli olti yil uzoq vaqt hisoblanadi. O‘shanda YEL finalida jamoa gollandiyalik murabbiyning sobiq jamoasi «Ayaks»ni mag‘lub etishdi va bugun «Nyukasl»ning sodiq muxlislarini uzoq kutilgan kuboksiz qoldirishdi. Vaziyatlar yaratishda «Manchester Yunayted» raqibga qaraganda samaraliroq harakat qildi. Himoyada sovuqqon, maydon o‘rtasida tajribaliroq ko‘rindi. Chaqqon Sen-Maksiminni ushlab qolish biroz qiyin bo‘ldi, ammo De Xea qiynalmadi. Devid Yevropa ligasi finalida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgandi, shuning uchun faqat Reshford o‘zining so‘nggi olti yili ichida «Manchester Yunayted» bilan ikkinchi sof g‘alabasiga erishdi.

Ten Xagning «Manchester Yunayted»dagi birinchi muhim g‘alabasi

Runi Erik Ten Xagni «Yunayted»ga yillar davomida yetishmayotgan kerakli shaxs deb hisobladi. Tarixdagi 69-kubok barcha muxlislarni xursand qildi. Hammasi qanday boshlanganini eslaymiz – shiddatli mag‘lubiyatlar bilan, ammo fevral oyi oxirida «qizil iblislar» to‘rtta frontda o‘ynagan yagona ingliz klubi bo‘lgandi. Endi ular allaqachon Liga kubogi finalida g‘alaba qozonishdi, endi klub sovrinlarsiz qolmaydigan bo‘ldi. «Manchester Yunayted» bir qancha vaqt Sulsherning davrini eslatdi, faqat Maguayr raqibni xursand qilish uchun maydonga tushmadi. Ten Xagu chiroyli futbol sabab kubokdan voz kechishni xohlamadi.

Kiritildi: 11:40, 27.02.2023. O'qildi: 2862 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.