Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 20.04.2025 00:00
      • Las-Palmas
      • 1:0
      • Atletiko
      • 20.04.2025 17:00
      • Valyadolid
      • 2:3
      • Osasuna
      • 20.04.2025 19:15
      • Vilyarreal
      • 2:2
      • Real Sosyedad
      • 20.04.2025 21:30
      • Sevilya
      • 1:1
      • Alaves
      • 21.04.2025 00:00
      • Real Madrid
      • 1:0
      • Atletik Bilbao
      • 22.04.2025 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2025 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Espanyol
  • Bundesliga
      • 20.04.2025 14:23
      • Hannover-96
      • 0:0
      • Shtutgart
  • Superliga
      • 20.04.2025 17:45
      • Andijon
      • 1:2
      • Dinamo
      • 20.04.2025 18:00
      • OKMK
      • 3:2
      • So‘g‘diyona
      • 21.04.2025 20:00
      •   Surxon
      • 0:0
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 20.04.2025 18:00
      • Empoli
      • 2:2
      • Venetsiya
      • 20.04.2025 21:00
      • Bolonya
      • 1:0
      • Inter
      • 20.04.2025 23:45
      • Milan
      • 0:1
      • Atalanta
  • APL
      • 20.04.2025 18:00
      • Fulhem
      • 1:2
      • Chelsi
      • 20.04.2025 18:00
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Vulverhempton
      • 20.04.2025 18:00
      • Ipsvich
      • 0:4
      • Arsenal
      • 20.04.2025 20:30
      • Lester
      • 0:1
      • Liverpul
      • 22.04.2025 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 23.04.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
  • AFC U-17
      • 20.04.2025 20:00
      • O‘zbekiston
      • 2:0
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 32 73
2 Real Madrid 32 69
3 Atletiko 32 63
4 Atletik Bilbao 32 57
5 Vilyarreal 31 52
6 Betis 31 48
7 Malyorka 32 44
8 Selta 32 43
9 Real Sosyedad 32 42
10 Rayo Valyekano 32 41
11 Osasuna 32 41
12 Xetafe 32 39
13 Espanyol 31 38
14 Valensiya 32 38
15 Sevilya 32 37
16 Jirona 31 34
17 Las-Palmas 32 32
18 Alaves 32 31
19 Leganes 32 29
20 Valyadolid 32 16

O'tgan o'yinlar.

32-тур Espanyol 1-0 Xetafe
32-тур Rayo Valyekano 1-1 Valensiya
32-тур Barselona 4-3 Selta
32-тур Malyorka 0-0 Leganes
32-тур Las-Palmas 1-0 Atletiko
32-тур Valyadolid 2-3 Osasuna
32-тур Vilyarreal 2-2 Real Sosyedad
32-тур Sevilya 1-1 Alaves
32-тур Real Madrid 1-0 Atletik Bilbao

Navbatdagi o'yinlar.

27/04/25 Vilyarreal - Espanyol

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 21613 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.04.2025

      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Пройссен Мюнстер".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      22:30 Новости футбола.
      22:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      23:35 Новости футбола.
      23:40 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Пройссен Мюнстер".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.04.2025

      12:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      14:10 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 1 на трассе "Ростов Арена".
      15:00 "География спорта". Кольский полуостров.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Сноубординг. Чемпионат мира в Швейцарии. Слоупстайл.
      18:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      19:00 Бадминтон. Всероссийские соревнования "Крылатый Зилант" в Казани.
      21:20 Д/с "Век нашего спорта".
      21:45 "Что за спорт?". "Экстрим".
      22:15 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      23:50 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. Millrose Games в Нью-Йорке, США.
      01:30 "География спорта". Кольский полуостров.
      02:00 "Физруки. Будущее за настоящим".
      02:35 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      04:45 "Парусный спорт".
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.04.2025

      12:00 Новости.
      12:05 "Лица страны". Эдуард Трояновский.
      12:25 "География спорта". Ростов-на-Дону.
      12:55 "География спорта". Саранск.
      13:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Что за спорт?". "Экстрим".
      16:55 "Непобедимый".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 6-й матч. Прямая трансляция.
      20:55 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC Fight Night в Омахе, США. Дакота Кокрейн против Маркуса Эдвардса.
      22:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Парма" - "Ювентус". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв" в Москве.
      03:55 Д/ф "Энди Маррей".
      04:55 "Что за спорт?". "Экстрим".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.04.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      08:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      11:30 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Женщины. Болдеринг. Финал.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 1.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 1.
      03:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      04:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MLS va Yevrofutbol qorishmasi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol olamining eng yaxshi golfchisi Garet Beyl «Los-Anjeles»dagi qisqa faoliyatidan so‘ng butsalarini mixga ilishni lozim topdi.

 Asosiysi, Uels faxri AQSHda chakki ko‘rinmadi va MLSda o‘ynab ko‘rgan yevrofutbol yulduzlari safini kengaytirdi. Keling, Beyl xayrlashuvi bahona AQSH va Kanada elit ligasi jamoalariga bosh suqqan yulduzlarni birrov esga olamiz. Ha, «LA Geleksi»da har tomonlama yayragan Devid Bekxem va Zlatan Ibragimovich hammaning yodida, qolganlar-chi?

Roberto DONADONI (Italiya). Klubi: «Nyu-York|Nyu-Jersi Metrostarz» (1996-1997). Umumiy statistikasi: 52ta o‘yin, 6ta gol

Fakt. Donadoni - MLSga yo‘l olgan yevropalik birinchi yulduz. E’tiborlisi, u 1997 yiliyoq «Milan»ga qaytib, jonajon klubi bilan 6-skudettoga ega chiqqandi.

Karlos VALDERRAMA (Kolumbiya). Klublari: «Tampa-Bey Myutini» (1996-1997, 1999-2001), «Mayami Fyujn» (1998-1999), «Kolorado Repids» (2001-2003). Umumiy statistikasi: 185ta o‘yin, 17ta gol 

Fakt. Kolumbiya futboli yulduzi 2000 yilgi mavsumda naq 26ta golga assistentlik qilgandi - bu MLS rekordi!

Valter ZENGA (Italiya). Klubi: «Nyu-Inglend Revolyushn» (1997, 1999). Umumiy statistikasi: 47ta o‘yin 

Fakt. Afsonaviy kiper 1998 yili faoliya­tini to‘xtatib, italyancha filmda suratga tushadi va keyingi mavsum jamoaga o‘ynovchi-murabbiy rolida qaytadi.

Tomas RAVELLI (Shvesiya). Klubi: «Tampa-Bey Myutini» (1998). Umumiy statistikasi: 23ta o‘yin

Fakt. JCH-94 bronza medali sovrindori 1998 yili 39 yoshidayoq faoliyatini to‘xtatadi. Tomas keyingi yili jonajon klubi - «Ester»­ga qaytadi, «Myutini» esa mavsum-2001da yo‘qlik sari yuz tutadi.

Lotar MATTEUS (Germaniya)Klubi: «Nyu-York|Nyu-Jersi Metrostarz» (2000). Umumiy statistikasi: 23ta o‘yin

Fakt. Bundestim uchun katta muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan Yevro-2000dan so‘ng 14ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan Matteus MLSdagi mavsum o‘rtasida mahbubasi bilan hordiq chiqarishga jazm etgandi.

Xristo STOICHKOV (Bolgariya). Klublari: «Chikago Fayr» (2000-2002), «Di Si Yunayted» (2003). Umumiy statistikasi: 81ta o‘yin, 30ta gol

Fakt. «Barselona»ning sobiq yulduzi hamon «Chikago» tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatining kuchli 10taligida turibdi.

Yuriy JORKAYEFF (Fransiya)Klubi: «Nyu-York Red Bulls» (2005-2006). Umumiy statistikasi: 48ta o‘yin, 13ta gol

Fakt. Jahon va Yevropa chempioni AQSHdagi faoliyati davomida Manxetten janubida yashadi. Mashhur aktrisa Juliya Roberts fransiyalik armanning qo‘shnisi edi.

Devid BEKXEM (Angliya). Klubi: «Los-Anjeles Geleksi» (2007-2009, 2010-2012). Umumiy statistikasi: 118ta o‘yin, 20ta gol

Fakt. MLS Beks transferi ta’sirida maxsus qoida qabul qilib, klublarning 2 nafar futbolchiga belgilangan me’yordan ko‘proq maosh berishiga ruxsat beradi. Bekxem shu tariqa yiliga 6,5 mln. yevro miqdorida haq oladi, vaholanki, o‘shanda ligada maksimal maosh 2,1 mln. yevro edi. 

Abel SHAVYER (Portugaliya). Klubi: «Los-Anjeles Geleksi» (2007-2008). Umumiy statistikasi: 26ta o‘yin

Fakt. Maydonda ham o‘yini, ham o‘zgacha soch-soqoli bilan ajralib turgan portugaliyalik faoliyatiga nuqta qo‘ygach, «Geleksi»da bosh murabbiy Ruud Gullit qo‘l ostida ishlash aslo yoqmaganini ochiq-oydin aytgandi. 

Fredrik YUNGBERG (Daniya). Klublari: «Sietl Saunders» (2009-2010), «Chikago Fayr» (2010). Umumiy statistikasi: 55ta o‘yin, 4ta gol

Fakt. «Sietl» klubi «Arsenal» afsonasini «Chikago» futbolchisi bilan almashtirgandi.

Rafael MARKES (Meksika). Klubi: «Nyu-York Red Bulls» (2010-2012). Umumiy statistikasi: 50ta o‘yin, 1ta gol

Fakt. Meksikalik afsona o‘sha payt «Yuventus» taklifidan yuz o‘girib, MLSga yuzlangan edi. Rafa keyinchalik AQSHga ko‘chib o‘tib, faoliyatidagi eng katta xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgandi.

Tyerri ANRI (Fransiya). Klubi: «Nyu-York Red Bulls» (2010-2014). Umumiy statis­tikasi: 135ta o‘yin, 52ta gol

Fakt. «Arsenal» afsonasi MLSdagi deb­yut o‘yiniga metroda, fanatlar qurshovida yo‘l olgan.

Robbi KIN (Irlandiya). Klubi: «Los-Anjeles Geleksi» (2011-2016). Umumiy statistikasi: 165ta o‘yin, 104ta gol

Fakt. Kin - MLSning 3 karra chempioni, mavsum-2014ning eng yaxshi futbolchisi. «Geleksi»da esa eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrinni qatorasiga 4 mavsum hech kimga bermagan.

Alessandro NESTA (Italiya). Klubi: «Monreal Impekt» (2012-2013). Umumiy statistikasi: 34ta o‘yin

Fakt. «Skuadra Adzurra»ning tan olingan himoyachisi aslida faoliyatiga Italiyada nuqta qo‘yishni o‘ylagan, ammo uni «Monreal»da o‘ynab ko‘rishga sobiq klubdoshi Marko di Vayo ko‘ndirgan.

Tim KEYXILL (Avstraliya). Klubi: «Nyu-York Red Bulls» (2012-2014). Umumiy statis­tikasi: 72ta o‘yin, 16ta gol

Fakt. Avstraliyalik yulduz MLSdan qaytgach, yana 5ta klubda o‘ynadi, u hattoki, Angliyaga qaytib, «Milluoll» safiga qo‘shildi va faoliyatini 2019 yildagina yakunladi.

Juninyo PERNAMBUKANO (Braziliya). Klubi: «Nyu-York Red Bulls» (2013). Umumiy statistikasi: 15ta o‘yin

Fakt. «Jarima zarbalari qiroli» MLSda loaqal 1ta ham gol urmadi.

Julio SEZAR (Braziliya). Klubi: «Toronto» (2014). Umumiy statistikasi: 7ta o‘yin

Fakt. Braziliyalik kiper JCH-2014da Kanada klubi vakili sifatida qatnashdi. 

David VILYA (Ispaniya). Klubi: «Nyu-York Siti» (2014-2018). Umumiy statistikasi: 133ta o‘yin, 83ta gol

Fakt. Vilya hamon «Nyu-York Siti» tarixidagi eng yaxshi goleadordir.

Stiven JERRARD (Angliya). Klubi: «Los-Anjeles Geleksi» (2015-2016). Umumiy statistikasi: 39ta o‘yin, 5ta gol

Fakt. Jerrardga MLSda ham chempion bo‘lish nasib etmadi, xuddi «Liverpul»dagi kabi.

Frenk LEMPARD (Angliya). Klubi: «Nyu-York Siti» (2015-2016). Umumiy statistikasi: 21ta o‘yin, 12ta gol

Fakt. «Chelsi» afsonasi Nyu-York orqali «Manchester Siti»ga o‘tdi va hattoki, jonajon jamoasi darvozasiga gol ham urdi.

KAKA (Braziliya). Klubi: «Orlando Siti» (2015-2017). Umumiy statistikasi: 78ta o‘yin, 25ta gol

Fakt. Kaka 3 yil davomida MLS yulduzlari ishtirokidagi 3ta o‘yinda qatnashdi.

Didye DROGBA (Kot-d`Ivuar). Klubi: «Monreal Impekt» (2015-2016). Umumiy statistikasi: 41ta o‘yin, 23ta gol

Fakt. Ivuarlikka Shimoliy Amerikadagi hayot shu qadar yoqdiki, u «Monreal»dan ketgach, AQSH chempionati Ikkinchi ligasi ishtirokchisi «Finiks Rayzing»da ham o‘ynadi, yakunda bu klub egalaridan biriga aylandi.

Andrea PIRLO (Italiya). Klubi: «Nyu-York Siti» (2015-2017). Umumiy statistikasi: 62ta o‘yin, 1ta gol

Fakt. Evropada ko‘pchilik Lempard - Pirlo tandemini orzu qilgani rost, qarangki, bunday bog‘lam AQSH «Siti»sida yuzaga keldi.

Sebastyan JOVINKO (Italiya). Klubi: «Toronto» (2015-2018). Umumiy statistikasi: 142ta o‘yin, 83ta gol

Fakt. MLS-2017 chempioni, «Toronto» tarixidagi bosh to‘purar - bu aynan Jovinko.

Eshli KOUL (Angliya). Klubi: «Los-Anjeles Geleksi» (2016-2018). Umumiy statistikasi: 94ta o‘yin, 3ta gol

Fakt. Himoyachi 2018 yili Angliyaga qaytib, «Derbi Kaunti» safiga qo‘shildi. 

Bastian SHVAYNSHTAYGER (Germaniya). Klubi: «Chikago Fayr» (2017-2019). Umumiy statistikasi: 92ta o‘yin, 8ta gol

Fakt. 2018 yilning avgust oyida Myunxenda buyuk Shvaynining xayrlashuv uchrashuvi tashkil etildi. Bastianning o‘zi «Chikago» va «Bavariya» safida bir bo‘limdan harakatlandi. To‘g‘ri, u shundan keyin ham o‘ynadi va faqat 2019 yil oxirida butsalarini mixga ildi. 

Zlatan IBRAGIMOVICH (Shvesiya). Klubi: «Los-Anjeles Geleksi» (2018-2019). Umumiy statistikasi: 58ta o‘yin, 53ta gol

Fakt. 1ta o‘yinda o‘rtacha hisobda deyarli 1ta gol - bu Ibraga xos natija, albatta.

Ueyn RUNI (Angliya). Klubi: «Di Si Yunayted» (2018-2019). Umumiy statistikasi: 52ta o‘yin, 25ta gol

Fakt. Runi - mavsum-2019 ramziy jamoasi a’zosi va klubning eng yaxshi futbolchisi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 03.03.2023. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Барселона Robert Levandovski 25
2 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
3 Осасуна Ante Budimir 18
4 Барселона Rafinya 15
5 Атлетик Бильбао Oyan Sanset 15
6 Вильярреал Ayose Peres 14
7 Атлетико Xulian Alvares 14
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Алавес Kike Garsiya 12
10 Севилья Dodi Lukebakio 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.