Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qilib, o‘ta qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mehmonlarning to‘pni markazdan o‘yinga kiritgach, 15-soniyadayoq (!) hisobni ochishdi: Solankening uzatmasidan keyin Billing 6 metrdan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib "kanonirlar" hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo "Bornmut" posboni yaxshi harakat qildi.
57-daqiqada esa "Bornmut" hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Senesi bosh bilan darvozani zabt etdi.
Shundan so‘ng "Arsenal" rostmana uyg‘ondi. Oradan ko‘p o‘tmasdan 62 va 70-daqiqalarda londonliklar Parti va Uayt tomonidan urilgan gollar evaziga hisobni tenglashtirib qo‘yishdi.
Arteta shogirdlari ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 8-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Mezbonlar burchakdan yetkazgan to‘pni "Bornmut" himoyachilari qaytarishgandi, ammo Nelson to‘pni kuchli zarba bilan "to‘qqizlik"ga joylab qo‘ydi — 3:2!
"Arsenal" ushbu g‘alaba tufayli "Manchester Siti" bilan oradaga 5 ochkolik farqni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Angliya chempionati, 26-tur
«Arsenal» – «Bornmut» - 3:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 1 Billing, 0:2 – 57 Senesi, 1:2 – 62 Parti, 2:2 – 70 Uayt, 3:2 – 90+8 Nelson.
Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu (Uayt, 46), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Parti, Edegor, Fabiu Viyeyra (Djaka, 84), Saka, Trossard (Smit-Rou, 22; Nelson, 69), Martinelli.
Bornmut – Neto, Smit, Stivens, Senesi, Mifem, Zemura (Frederiks, 64), Rotuell (Kuk, 70), Billing, Uattara (Kristi, 82), Solanke, Semenyo (Entoni, 64).
Ogohlantirishlar: Neto (64), Mifem (86).