Germaniya Bundesligasining 24-turida “Bavariya” 11 mart, shanba kuni “Augsburg”ga qarshi bahs olib bordi.
Myunxenliklar uchrashuvda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Bavariya” safida Joau Kanselu, Leroy Sane va Alfonso Devis bittadan gol urgan bo‘lsa, Benjamen Pavar dubl muallifiga aylandi. “Augsburg” safida esa Irvin Kardona bitta gol urdi, Mergim Berisha o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.
Yulian Nagelsmann shogirdlari ochkolari sonini 52 taga yetkazib, musobaqa peshqadamligini mustahkamladi.
Bundesliga, 23-tur bahsi
11 mart, shanba
“Bavariya” – “Augsburg” 5:3
Gollar: 0:1 – 2 Berisha, 1:1 – 15 Joau Kanselu, 2:1 – 19 Pavar, 3:1 – 35 Pavar, 4:1 – 45 Sane, 5:2 – 60 Berisha (penalti), 5:3 — 90+3 Irvin Kardona.
“Bavariya”: Zommer, Joau Kanselu, Upamekano, Pavar, de Ligt, Kimmix, Mane, Gnabri, Sane, Musiala, Devis.
“Augsburg”: Gikevich, Gumni, Gaueleu, Baurer, Pedersen, Baumgartlinger, Mayer, Engels (Rejbechay, 46), Demirovich (Vargas, 46), Berisha, Belo (Kardona, 46).
Ogohlantirishlar: Pedersen (18), de Ligt (59).