Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Antonioda cho‘kayotgan kemadan qochish rejasi bor – «Tottenxem»dagi faoliyat yaxshi xotima topmadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Murabbiy Levini g‘azablantirdi

Oktyabr oyida Levi Konte bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgandi. Endi esa mart oyida Antonio undan qutulishdan xursand bo‘lsa ajab emas. Shartnoma muddatidan oldin ma’lum bir sabablarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda tovon puli to‘lanmaydi. Bitim iyun oyining oxirigacha tuzilgan, biroq uni bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Ammo murabbiy jamoani tark etadi. Konte xalqaro tanaffus vaqtida ketishni xohladi, shuning uchun u «Sautgempton»ga qarshi durangdan keyin shov-shuvli intervyu berdi. Asosiy vaqt tugashiga 15 daqiqa qolganida «shporlar» 3:1 hisobida oldinda borayotgandi, biroq g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.

Konte bundan unchalik g‘azablanmadi, chunki u Daniel Levi va uning jamoasiga rejalashtirilgan hujumni boshladi:

«Tottenxem» sovrinlar uchun o‘ynamaydi. Yigirma yil klubda bitta xo‘jayin, lekin hech qachon hech narsa yutmagan. Men faqat 11 nafar xudbin o‘yinchini ko‘rmoqdaman. Bu jamoa emas» – aynan ushbu gaplar matbuotni yondirdi.

Kontening emosionalligi ko‘pchilikni aldab qo‘yishi mumkin. O‘z kasbida muvaffaqiyatga erishgan har qanday ayyor italiyalik kabi Antonio ham bu imkoniyatni boy bermaydi. U gapirish uchun faqat bahona izladi xolos. Masalan, Konte boshchiligidagi «Chelsi» murabbiylar shtabi uchun 30 million funt sarflagan. Hozirda sodda murabbiylar davri ortda qolan. Mourinyo kabi agent murabbiylar bor. Yoki Benites kabi yuridik ma’lumotga ega ustasifaranglar. Konte kabi yiliga 15 million funt oladigan murabbiy bo‘lishni yoqtirmaysizmi? Biroq uning hozirgi ishida tovon puli to‘lanishi kerak. «Tottenxem»da zerikkan Mourinyo ikki yil avval aprelda, «Manchester Siti»ga qarshi Liga kubogi finalidan to‘rt kun oldin ketgandi. Portugaliyalik yutqazishni istamadi va xuddi Konte kabi futbolchilar bilan janjallashdi.

Joze Levining sovrin yutish imkoniyatini qidirmayotganini tushundi, bunda uning taqdiri Kontenikiga to‘g‘ri keldi. Mourinyo yoshlar jamoasi bilan ishlagan bechora Meysonga hamma narsani topshirib ketdi. Keyin Keyn o‘zi uchun qimmatbaho kubokni qo‘lga kirita olmadi. «Shporlar» kamdan-kam hollarda bu darajaga yetib borishsada, eng yaxshi holatda finalda mag‘lub bo‘ladigan jamoa bo‘lib qolaveradi.

Antonio o‘zini ayblardan tozaladi

Yomon rahbariyat va irodasi zaif hamda xudbin futbolchilar. Og‘ir kalendar yili. Noto‘g‘ri hakamlik. Raqiblar yaxshi holatda, ko‘proq pul sarflashadi. Konte o‘ziga ko‘p bahona topadi. Antonio bir vaqtlar qimmatbaho restoranda o‘tira olmaysiz degan iborani tashlab, «Yuventus»ni tark etgandi. Murabbiy bilan xayrlashgandan so‘ng, turinliklar ikki marta Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi. «Tottenxem» sport direktorining nomi murabbiy uchun begona emas - Paratichi, ammo «byankoneri»ning sobiq xo‘jayini daraja borasida Beppe Marottaga teng kelmaydi. Konte esa barcha davrlarning eng buyuk italiyalik murabbiylariga tenglasha olmaydi.

U har doim «men»ini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Jamoa uning qo‘l ostida ba’zan taktik jihatdan g‘alaba qozonardi, lekin ular uchun strateg bo‘lish qiyin. 11 nafar egoist haqidagi hikoyalar bilan Konte, xuddi «Tottenxem»ning transfer budjetidan shikoyat qilgani kabi, o‘zini aybdorlikdan tozalaydi. Biroq aynan uning o‘zini oqlamagan tavsiyalari ham bor. Risharlison va Bissuma bilan katta pul evaziga shartnoma imzolagan aynan Konte edi. Yaxshi kelishuvlar bo‘ldi, lekin Karrager haq - Konte ketishni xohlaydi. Ammo murabbiy muammolarni sanab o‘tish uchun emas, balki ularni hal qilish uchun olinadi. Konte «shporlar» haqida emas, o‘zi haqida o‘yladi. Klub rahbariyati futbolni u qadar yaxshi tushunmaydi, lekin futbolda bunday xo‘jayinlar ko‘p. Yaxshi murabbiy birlashgan jamoani shakllantiradi. Konte bu vazifani bajara olmadi. Italiyalik murabbiy o‘zini ustun deb hisoblagani uchun Londonda yiliga 15 million funt sterlingga rozi bo‘lmadi. 

Konte «Tottenxem»da deyarli bir yarim yildan beri ishladi. O‘tgan yozdan beri maydonda faqat egoistlar ko‘rindi, bunga munosabat bildirish kerak edi. Keynning sotilishi asosiy tarkibda uchta munosib o‘yinchi yo‘qligi uchun amalga oshmadi. Bu esa rahbariyatning aybi. Ammo murabbiy ishlar yaxshi ketayotgan paytda shartnomani uzaytirish haqida o‘ylardi va endi u to‘satdan ketishni xohladi, lekin tovon bilan bu amalga oshadi. Buning uchun ixtiyoriy ketish emas, ishdan bo‘shatilish kerak va shuning uchun Konte katta janjal chiqardi. Yaxshi reja.

Kiritildi: 10:55, 21.03.2023. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.