Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

So‘nggi soatlarda ushalgan orzu

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Liverpul»ni «Real» va «MYU»dek grandlardan afzal ko‘rgan «Selta» yarim himoyachisi Stefan Baychetich nihoyat, yangi jamoasida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shu tariqa ispaniyalik serb o‘g‘loni Fabinyoni zaxira o‘rindig‘iga «elimlab» qo‘ydi. Mersisaydlar yosh iqtidor sohibini 2020 yil arafasida, Buyuk Britaniya YEIni rasman tark etishiga, APL esa 18 yoshdan kichik bo‘lgan xorijiy futbolchilarni xarid qilmaslik xususidagi yangi qonunni kuchga kiritishiga atigi bir necha soat qolganida xarid qilishgandi. «Liverpul» akademiyasining direktori va skautlar o‘ta tezkorlik evaziga bu yumushni uddaladilar. Tomonlar o‘rtasidagi bir necha oyga cho‘zilgan muzokaralar nihoyasiga yetishi arafasida «Selta» vakillari Stefan uchun «Real» va «MYU» ko‘proq mablag‘ taklif etganini aytishgan, «Liverpul» 16 yoshli o‘smir uchun qo‘shimcha 240000 funt to‘lashga majbur bo‘lgandi.

Baychetich va uning otasining transferga munosabatini ispan klubi akademiyasining murabbiyi quyidagicha izohladi: «Liverpul» qaysidir boshqa o‘yinchini emas, aynan Stefanni xarid qilishini bildirdi. Uning otasi o‘g‘li Angliyada va faqat «Liverpul»da to‘p surish niyatida ekanligini aytdi. Ular biror marta bo‘lsada, «MYU» yoki «Real»ni tilga olmadilar. Ular faqat «Liverpul» vakillari bilan muloqotda bo‘lishdi. Stefan va otasi Ispaniyada faqat «Selta»da, xorijda faqat «Liverpul»da o‘ynashga qaror qilishgandi».

Baychetich va Tyagolar taqdiri tutashib ketgan

Ularning otalari - Mazinyo va Srdan 1996|1997 yillar mavsumida «Selta»da yonmayon to‘p surishgan. «Liverpul»­da bu ikki futbolchi yaxshi munosabatda bo‘lishdi, Tyago yoshi ulug‘ va tajribali o‘yinchi sifatida Baychetichni o‘z rahnamoligiga oldi. Oradan bir necha yil o‘tgach, Stefan va Tyago «Val Minor» futbol akademiyasida tahsil olganliklari ayon bo‘ldi. Alkantara «Barselona»ga o‘tishidan avval 2003-2005 yillarda, Stefan esa 2009-2012 yillarda akademiya jamoalarida to‘p surishgan, keyin Baychetich «Selta» safidan joy olgandi.

Mazinyolar oilasi futbolchilik faoliyatidan keyin Rio-de-Janeyroda istiqomat qilgan va Vigoga yo‘l olish arafasida bolalar futbol bilan shug‘ullanishlari uchun jamoa topishga uringan. Yakunda Mazinyo «Val Minor»ni tanlagan. Klubga Tyago bilan birgalikda tug‘ishgan ukasi Rafinya va amakivachchasi Rodrigo ham qabul qilingan. Rodrigo hozir «Lids» sharafini himoya qilmoqda. Bu haqda «Val Minor»ning sobiq murabbiyi va Baychetichning o‘zi «Liverpul» bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaganidan keyin hikoya qildi: «Bu o‘ta ajoyib voqea. Chunki biz Vigodagi jajjigina akademiyada, o‘zim tug‘ilgan shaharda to‘p surgandik. Bu haqda Tyagoga aytganimda, u ham hayratda qoldi. O‘ta qiziq voqea. Menimcha, otam uning otasi bilan gaplashmagan. Endi bir tasavvur qiling: yaqinda biz mittigina shaharda edik, hozir bu yerga kelib qoldik!»

«Liverpul»ning asosiy tarkibidan Baychetich faqat joriy mavsumda joy oldi

Stefan joriy mavsumda «Liverpul» muxlislarining yuzlarida tabassum yugurtirgan sabablardan biri. 18 yoshli yarim himoyachining o‘yinlari kutilganidan ham yorqinroq bo‘lmoqda. Dastavval uni markaziy himoyachi pozisiyasi uchun xarid qilishgandi. Biroq u tobora ko‘proq maydonga tushib, yuqoriga odimlamoqda. O‘tgan yilning yozida «Liverpul»ning murabbiylar shtabi yosh iqtidor sohibini Osiyodagi mavsumoldi yig‘iniga olib ketdi. U yerda Stefan o‘zining ijobiy xislatlarini namoyish etdi va kuchli taassurot qoldirdi. Uning ustunligi sifatida to‘p bilan ishonchli harakatlanishi, ikkala oyog‘idan unumli foydalanishi, olis masofalarga diagonal uzatmalarni amalga oshirishi va havodagi kurashda samarali o‘ynashini keltirish mumkin. qisqasi, tayanch yarim himoyachisi uchun kerak bo‘lgan fazilatlarga ega. Mavsumoldi tayyorgarligi yakunida o‘rtoqlik uchrashuvlarida samarali o‘yin ko‘rsatgan Baychetichni professional shartnoma bilan mukofotlab, asosiy tarkibda olib qolishdi, yoshlar jamoasiga qaytarib yuborishmadi. «Liverpul» tarkibidagi rasmiy debyutini Stefan «Bornmut»ga qarshi bellashuvda, «qizillar» 9:0 hisobida oldinda borishayotgan pallada nishonladi.

Fabinyoning sport  formasi Baychetichga o‘yin amaliyotini sovg‘a qildi

Braziliyalik tayanch yarim himoyachisiga nima bo‘lganligi mavsumning ilk kunidan boshlab Yurgen Klopp murabbiylar shtabi uchun jumboq bo‘lib qolmoqda. O‘z pozisiyasida dunyoning eng sara o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Fabinyo o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ygani tufayli «Liverpul» o‘yinlarining sifati pasayib ketdi. Shu sababli murabbiy o‘z e’tiborini Baychetichga qaratib, unga o‘yin amaliyoti bera boshladi. Yosh iqtidor ustozi ishonchini oqlashga kirishdi va 17-tur doirasidagi «Aston Villa»ga qarshi bahsda gol urdi. Hozir Stefan «Liverpul» safida gol urgan uchinchi eng yosh futbolchi. U ilk golini nishonlaganida 18 yosh, 65 kunlik edi. Faqat Maykl Ouen va Rahim Sterling Stefandan kichikroq paytlarida debyut gollarini amalga oshirishgan. Shundan beri asosiy tarkibdan joy olgan ispaniyalik serb jamoa yetakchilari safiga ko‘tarildi. Buni Yurgen Klopp va jamoadoshlari ko‘p e’tirof etishdi. Mersisayd derbisidagi g‘alabadan (2:0) keyin Muhammad Saloh yosh jamoadoshi xususida shunday dedi: «U ajoyib yigit va saviyali o‘yinchi, doimo bor kuch,mahorati bilan to‘p suradi. Tarkibimizda maydonga tushganidan beri, Stefan eng yaxshi o‘yinchi maqomida o‘ynayapti. Mana shu ishonch bilan doimo olg‘a intilishidan umidvorman».

«Everton»ga qarshi uchrashuvda bosh murabbiy tayanch yarim himoyachisi pozisiyasida ishonchli to‘p surgan debyutant shogirdiga sakkizlik rolini topshirdi. Baychetich bu safar ham ustozi ishonchini oqladi va «qizillar» safidagi eng yaxshi o‘yinchilar safida bo‘ldi. Tyago jarohat olgani bois, YECHL pley-off bosqichi doirasidagi «Real»­ga qarshi bellashuvda Baychetich maydonga tushdi. Keyingi o‘yinlarda o‘rta chiziqda o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda ham, Stefan uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qolsa, ajablanmaymiz.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:38, 22.03.2023. O'qildi: 2360 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик