Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • 7:1
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Ekvador 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ko‘kdalada futbol bahori

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan yili mamlakatimiz prezidentining farmoniga muvofiq Qashqadaryo viloyatidagi Chiroqchi tumani negizida Ko‘kdala tumani tashkil etildi.

Navqiron tuman ahli sog‘lom turmush tarziga oshufta el. Bu yerda biron bir tadbir yoki tantanali marosim yo‘qki uloq-ko‘pkari, kurash, shuningdek, futbol musobaqalarisiz o‘tsa. Shuning uchun bo‘lsa kerak keyingi yillarda bu yerdan «charm to‘p»ga oshno yangi avlod kamol topayapti. Unga monand ko‘p sonli muxlislar ham futboldan zavq-shavq olishmoqda. Shulardan biri Orifjon Abdullayevdir.

- Orifjon, Ko‘kdala ahlining futbolga shaydoligini nima bilan izohlaysiz?

- Ko‘kdalaga ayni bahorning shu kezlarida kelsangiz ko‘nglingiz yayraydi. Yashillikka burkangan qir-adirlar, ko‘zni quvnatadigan lola qizg‘oldag‘u chuchmomolardan bahra olasiz. Birgina so‘nggi oylarda bunyod etilgan 20dan ortiq sun’iy qoplamali futbol maydonlaridagi yosh-yalanglarning sho‘x-shodon ovozi ko‘ngillarga orom, dillarga huzur-halovat bag‘ishlaydi.

- Shunday yam-yashillikda sun’iy qoplamali maydonga ne hojat?

- To‘g‘ri, biz bahorda tabiiy maydonlarda to‘p tepib, qish, yoz kuz oylarida sun’iy qoplamali maydonlardan foydalanamiz. Axir qishning ayni chillasi, saratonning issig‘i-yu, kech kuzning salqin havosida koptok ortidan yugurishga nima yetsin.

- Shu tuman qishloqlaridan katta futbolga kirib kelganlar ham anchagina ekan.

- Nimasini aytasiz. Yoshligimizdan qir-adirlarda to‘p tepib voyaga yetdik. O‘z vaqtida «Mash’al», «Nasaf»da o‘ynagan Kenja To‘rayev, Samandar Shodmonov, Oybek To‘laganov, Abduvali To‘rayev, Nurilla Qo‘ng‘urovlar ham qishloq futbolidan katta arenaga chiqishgan. Erta tongda futbol o‘ynashning gashtini o‘z vaqtida chuqur his etganmiz.

- Sizni ham Moylijar qishlog‘i jamoa­sining tinib tinchimas mohir hujumchisi deyishadi.

- Unchalik emas-ov. Har holda qishloqdagi tengdoshlarimizni to‘plab o‘yinlar tashkil etib turamiz. Kasbim taqazosiga ko‘ra qash­qadaryo aloqa terma jamoasida 10 yil o‘ynadim. Qarshidagi havaskorlar ligasining «Brossmed» jamoasi a’zosiman. Ayni paytda Navro‘z bayramiga «qishlog‘imiz or-nomusi uchun» turniriga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Unda 15dan ortiq jamoa ishtirok etadi. Shular negizida tumanimiz terma jamoasini shakllantiramiz.

- Farzandlaringizdan ham futbolga mehr qo‘ygani bormi?

- To‘rt nafar farzandim bor. To‘qqiz yoshli o‘g‘lim Umar «Nasaf» maxsus futbol maktabiga qatnaydi. Murabbiy Anvar Davletshindan «charm to‘p»ning sir-asrorlarini o‘rganmoqda.

- Bundan ko‘rinib turibdiki oiladagi futbolga bo‘lgan ishtiyoq tuman darajasida ham o‘zining sezilarli natijasini berayapti.

- Bo‘lmasamchi, tumanimiz hokimi Xurram aka Jo‘rayev futbolga mehr qo‘ygan rahbarlardan. U kishi o‘z vaqtida «Nasaf» PFKda prezident bo‘lib ham faoliyat ko‘rsatgan. Futbolni obdon tushunadi. «Nasaf»ning g‘alabalaridan ilhomlanib, mag‘lubiyatidan afsus chekkanining guvohi bo‘lganman. «Bunyodkor», shashti baland «Olimpik» ham rahbarimizning e’tiborida. «Navbahor» kuchaymoqda, «Nasaf», «Paxtakor», «AGMK»lar OCHLga shaylanayapti. Bu O‘zbekiston faxri, milliy, olimpiya terma jamoamiz poydevori deb bizni yangi davonlar sari chorlaydi. «Ko‘kdala nomi o‘zbek futbolida porlashi kerak» deb yuksak maqsadlar sari marrani baland olishga intilayapmiz.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:32, 23.03.2023. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Германия Kay Xavers 2
3 Германия Jamol Musiala 1
4 Германия Nataniel Braun 1
5 Германия Deniz Undav 1
6 Қатар Bualem Xuxiy 1
7 Мексика Xulian Kinyones 1
8 Мексика Santyago Ximenes 1
9 Германия Feliks Nmecha 1
10 Кюрасао Livano Komenensiya 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик