Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"MYU" tomonidan sotib olingan 9 ta qariya futbolchilar: Xarri Keyn keyingisi bo‘ladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi xabarlarda aytilishicha, "Manchester Yunayted" yozda Xarri Keynni sotib olish uchun qattiq kurashadi. Bu klub yaqin yillar ichida mana shunday tanlov qilmoqda. Ya’ni, yosh katta va tajribali yulduzlar xarid qilinmoqda. Masalan, Keyn bu yozda 30 yoshga to‘ladi. U hozirda "Tottenxem" va Angliya terma jamoasining tarixdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi. Agarda hujumchi karyerasining qolgan qismini ham APLda o‘tkazsa, u holda, Keyn Alan Shirerning rekordini ham yangilashi mumkin. Afsuski, Xarri Keynga yirik sovrinlar yutish nasib qilmayapti. Agarda u "MYU"ga o‘tsa, uning kami to‘lishi mumkin. Biz bugun "qizil iblislar" tomonidan sotib olingan eng qariya futbolchilar va ularning keyingi taqdiri haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Kazemiro

Braziliyalik yarim himoyachi yoshi katta bo‘lishiga qaramay, ancha qimmat narxga xarid qilingan edi. Ammo qaror to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Kazemiro "MYU"ga maydon markazidagi kamchilikni to‘ldirishga yordam berdi. Albatta, futbolchining tartib-intizom borasida muammolari bor. APLda Kazemiro qizillar olishdan charchamayapti. Shunga qaramay, 31 yoshli futbolchi "MYU" uchun o‘ta kerak figuradir.

Kristian Eriksen

"Brentford" safidagi muvaffaqiyatli yarim yillikdan so‘ng, "MYU" Eriksenni 2022 yilning yozida erkin agent sifatida qo‘lga kiritdi. Daniyalik yarim himoyachi "Old Trafford"da yanada yuksaldi. U mavsum davomida 9 ta assistga mualliflik qilgan. To‘pig‘idan olgan jarohat sababli Eriksenning o‘yin vaqti cheklanadigan bo‘ldi. Ammo 31 yoshli futbolchi jamoa uchun faqat foyda keltirdi.

Krishtianu Ronaldu

Ronalduning "MYU"ga qaytishini ikki xil qabul qilish mumkin. Masalan, uning klubdagi ilk mavsumi omadli kechdi. Portugaliyalik 2021-22 yilni jami 24 ta gol bilan yakunlagandi. Biroq, klub o‘sha mavsumni anti-rekord darajadagi kam ochko bilan tugatdi. Ikkinchi mavsum esa Ronaldu uchun yomon keldi. Kelishmovchiliklar fonida, Ronaldu ichidagi bor gapni aytib tashladi va klubni tark etdi.

Tom Xiton

Xitonning hikoyasi ko‘pchilikda, unga xayrixohlik uyg‘otadi. Darvozabon "qizil iblislar" safini tark etib, 11 yil davomida "Byornli" va "Aston Villa"da ikkinchi raqamli bo‘lib o‘tirdi. 2021 yili "MYU" yana uni sotib olgandi. Qaytib kelganidan beri Xiton jami 3 ta bahsda maydonga tushdi. U asosan ikkinchi yoki uchinchi darvozabon vazifasini bajarmoqda.

Edinson Kavani

Urugvay terma jamoasi a’zosining klubdagi ilk mavsumi ajoyib kechgandi. Kavanining aqlli harakatlari va bog‘lamlardagi ishi, uni jamoada asosiy figuraga aylantirdi. Ilk mavsumda Kavani 17 ta golga mualliflik qiladi. Ikkinchi mavsum esa mutlaqo boshqacha kechdi. Kavani jarohat oldi. Yetgmaganiga, uning asosiy tarkibdagi o‘rni Ronalduga berildi. Shunga qaramay, aytish mumkinki, Kavani erkin agent sifatida klubga kelgandi. Shu sababli, u jamoaga kamida ziyon keltirmadi.

Li Grant

Darvozabon "MYU"da 4 ta mavsum o‘tkazgan. Ammo shu davrda faqat 2 ta bahsda maydonga tushgan. Grant "Stok Siti"dan uchinchi darvozabon sifatida xarid qilinadi. Uning asosiy ishi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish edi.

Zlatan Ibragimovich

Ayni damda 41 yoshni qarshi olgan shvesiyalikni, vinoga o‘xshatish mumkin. U vaqt o‘tgan sari faqat kuchli va foydali bo‘lib bordi. Xarizmatik hujumchi 2016 yilda "MYU"ga keladi. Ibragimovich o‘zining birinchi mavsumida jami 28 ta golga mualliflik qilgandi. "Ferrari" shaydosi, MYU"dagi davrida 3 ta titulni qo‘lga kiritdi.

Bastian Shvaynshtayger

"Men "MYU"da baxtli edim. U paytlarni juda yaxshi eslayman. Jamoadagi murabbiy, futbolchi va xizmatchilarning hammasi yodimda turibdi. Afsuski, ikkinchi mavsum men uchun ancha qiyin kechgandi", – deya eslaydi futbolchi, o‘zining "MYU"dagi davrini. Shvaynshtayger Lui van Gal davrida jamoaga keladi va Angliya kubogini qo‘lga kiritadi. Joze Mourinyo esa germaniyalik futbolchini "daf" qilgandi.

Viktor Valdes

Sobiq "Barselona" darvozaboni "MYU" bilan bir yillik qisqa davrni o‘tkazadi. U David De Xeaga o‘rinbosar sifatida olib kelinadi. Valdes "qizil iblislar" bilan atigi ikkita bahsda maydonga tushadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 11:30, 31.03.2023. O'qildi: 3984 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.