Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tomas Tuxel: «Birinchi qadam – ishonchni oqlash»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Tomas Tuxel 25 mart kuni birdan Myunxen «Bavariya»si bosh murabbiyi sifatida keng ommaga tanishtirildi.

Qo‘qqisdan iste’foga chiqarilgan Yulian Nagelsmann o‘rnini egallagan germaniyalik mutaxassis shundan so‘ng «FK Gollivud» bosh direktori Oliver Kan va sport direktori Hasan Salixamijich bilan qo‘shma matbuot anjumanida ishtirok etdi. Yakunda Germaniya matbuoti vakillari Tomas Tuxelni turli savollarga «ko‘mishdi» go‘yo.

- Janob Tomas, to‘g‘risini ayting, «Bavariya» bilan kelishuvingiz nechog‘li tez amalga oshdi? Umuman, klubdan bunday taklif kutganmidingiz?

- Yo‘q, mutlaqo kutmagandim. Alohida ta’kidlashim kerak, matbuotda noto‘g‘ri xabarlar berildi - «Bavariya» bilan o‘rtamizda qandaydir aloqa mavjud emasdi. Oddiy aytganda, shartnoma tuzishni oldindan rejalashtirmaganmiz. Aksincha, faoliyatimni yana xorijda davom ettirish haqida o‘ylayotgandim. Myunxen jamoasi vakillari ilk marta 21 mart kuni aloqaga chiqishdi va kechqurun uchrashdik. O‘zi murabbiy hamisha jiddiy qadam tashlash, katta qarorlar chiqarishga shay turishi shart. Kelishuvimizda aynan hozirgi murakkablik hal qiluvchi omil bo‘ldi. «Bavariya»ni juda yaxshi bilaman, jamoaga hamisha ijobiy munosabatda bo‘lganman. Qolaversa, taklif tushgan pallada o‘ylab ko‘rish yoki ozgina kutish uchun vaqt yo‘q edi. Chunki klub kutolmasdi va mendan tezkor javob berish talab qilindi. Umuman, muzokara jarayonida bosim ostida qolish yaxshi emas. Shu ma’noda aytsam, hammasi juda tez hal etilgani avvalo, men uchun yaxshi bo‘ldi.

- Xo‘sh, ishni nimadan boshlamoqchisiz?

- Hozir qandaydir katta o‘zgarishlarga qo‘l urish vaqti emas. Boz ustiga, aksariyat futbolchilar milliy jamoalari ixtiyoriga ketishgan va ular bilan hafta oxirigacha ko‘risholmaymiz. Asosiysi, klubga ajoyib pallada keldim, deylik, barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish imkoniyatiga egamiz. «Bavariya» tizimi barchaga ma’lum va qandaydir katta o‘zgarishlar ortiqcha. Shunchaki, o‘yinlarga munosib tayyorgarlik ko‘rib, to‘g‘ri yondashsak, bas. Albatta, miyamda qanday ishlash va nima qilish kerakligi xususida nimalardir bor. Hozir tarkib to‘liq jamlanishini sabr­-siz holda kutyapman. Ehtimolki, vaqt tig‘izligidan bosim kuchayar, lekin ishonamanki, hammasi yaxshi rivojlanadi. Axir muayyan tizim va o‘yin chizmasiga ega «Bavariya»daman. Har qanday holatda ham, imkoni bor barcha sovrinlar uchun oxirigacha kurashishimiz shart. Keling, yana ozgina sabr qilaylik va barchasini tahlil qilib chiqaylik.

- Qiziq, jamoaning zaif jihatlarini yaxshilash uchun qandaydir rejalarga egamisiz?

- O‘xshamayotgan narsalarni gap bilan emas, mashg‘ulotlar maydonida tuzatish tarafdoriman. Bosh murabbiyning o‘zgarishi - katta to‘ntarish. Ayniqsa, «Bavariya»dek grand klublarda. Deylik, ba’zi futbolchilar o‘zgarishdan mutlaq qoniqishmaydi, ayrimlari esa yana bir imkoniyatga ega bo‘lishdan umidvorlar. Tezkor ravishda hammaning ishonchiga kirishning eng yaxshi usuli - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq-oydin gapirish. Jumladan, jamoaviy muhokamalarda futbolchilarga ham o‘z fikr-mulohazalarini baralla bayon etish imkoniyatini berish kerak. Bu masalada kimgadir ortiqcha bosim yuklamoqchi emasman. Kelgusi haftadan har bir yigit bilan alohida gaplashib chiqmoqchiman. Shaxsiy suhbatlar umumiy xulosa chiqarishim uchun muhim. Asosiysi, klub sifatida faqat va faqat oldinga qaraymiz.

- Murabbiylar shtabi tarkibida oldingi yordamchilaringizni ko‘ramizmi yoki...?

- Doimiy assistent-hamkorlarim ham bunday kutilmagan burilishga tayyor emasdilar. Shunga qaramay, meni qo‘llab-quvvatlashdi. Ularga moslashuvchanlik va eyforiya uchun katta rahmat aytishim kerak. Axir oilalarini darhol Myunxen variantiga ko‘ndirishdi. Xullas, Arno Mixels va Jolt Lyov «Bavariya»da ham men bilan birga bo‘lishadi. O‘zaro hamkorlikda ish boshlaganimizga 10 yildan oshganini aytishim joiz. Umid qilamanki, ayni payt «Chelsi»da faoliyat yuritayotgan Entoni Barrini ham yaqin orada safimizga qo‘shib olamiz. Har holda, mutlaq xohishim shunday.

- Joriy mavsum uchun oldingizda qanday marralar bor?

- Jamoa o‘zi ishtirok etayotgan 3ta musobaqada ham g‘olib chiqish imkoniyatiga ega. Bu Yulian yaratgan o‘yin mahsuli, albatta. Shunday ekan, boshlan­g‘ich tarkibni keskin o‘zgartirish to‘g‘ri emas. Ha, bizga qarshi bir necha faktorlar ham yo‘q emas. Deylik, murabbiylar shtabim oxirgi oylarda birga ishlagani yo‘q. Lekin tabiatan bosim va stressni yoqtiraman. Yaxshi bilamanki, o‘yinga nisbatan muhabbatim salbiy natijaga bog‘liq qo‘rquvdan ancha kuchli. Gap vazifaga ishonch bilan yondashishda. Demak, har uch frontda ham chempionlikni ko‘zlaymiz, boshqasi biz uchun marra sanalmaydi.

- Nagelsmann yo‘lga qo‘ygan o‘yin haqida nima deysiz, undan qandaydir maslahat olasizmi?

- Hozir Yulianga hamdard bo‘lishim mumkin, xolos. Lekin uning ishiga baho berish mening vakolatimga kirmaydi, shuning uchun o‘z yo‘lim va energiyam bilan shug‘ullanishim ma’qulroq. Yulian bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqib, qandaydir maslaham ham so‘ramayman, chunki vazifamga o‘z fikrim bilan yondashishga o‘rganganman. To‘g‘ri, qachondir yo‘llarimiz kesishi mumkin, baribir.

- Debyutingiz asosiy raqib - «Dortmund» bilan o‘yin­ga to‘g‘ri kelyapti...

- Suhbatning dastlabki soniyalarida nisbatan soddaroq ko‘rindimmi? Ishni «Borus­siya»ga qarshi o‘yin bilan boshlash? Mas’uliyatli vazifaga bundan yuqoriroq notada kirishish mumkin emas. Gap nemis futboli «klassiko»si haqida ketmoqda. Lekin amalda har qanday murakkab o‘yin ham yuksaklikka intilishimizga to‘sqinlik qilolmaydi.

- «Bavariya» bilan birinchi marta qachon tanishgansiz?

- Albatta, jamoa tarkibini ham, o‘yinini ham bilaman. «Chelsi»dan ketgach, dam olish barobarida futbol kuzatuvini kanda qilmadim. Chunki tomosha kunimga o‘zgacha mazmun bag‘ishlaydi. Qaytaraman, taklif olish haqida bir soniya ham o‘ylamagandim, bunga allaqachon ko‘nikkanman - futbol murabbiyi kutish va chidashni ham bilishi kerak. Mana, klub bilan shartnoma tuzdim va darhol o‘yin tizimi, tarkib haqida o‘ylay boshladim. CHL «pley-off» bos­qichida «PSJ»ga qarshi kechgan o‘yinlar juda yaxshi bo‘ldi. Ayniqsa, Parijda «Bavariya»ning juda yuqori darajasini ko‘rdik. Hech qaysi raqib «Bavariya»ga qarshi o‘ynashni yoqtirmaydi - bu klubning kattaligi va qudratidan nishona, shubhasiz.

- APLda ishlagan murabbiy sifatida aytingchi, «Bavariya» Angliya chempionatida nimalarga da’vo qila olardi?

- APL Yevropadagi eng murakkab liga, albatta. Lekin «Bavariya»da Angliyada ham chempionlik uchun kurashish imkonini beradigan katta salohiyati bor.

- Shartnomangiz muddati uncha uzun emas, bunga munosabatingiz qanday?

- Muddat uncha muhim emas. Agar ishimiz o‘xshasa, uni uzaytirishga urinishadi, albatta. Bordiyu, tribunadagilar qoniqish hosil qilishmasa, hammasi o‘zgaradi. Demoqchimanki, natija va yutuqlar muhim hisoblanadi. Birinchi qadam - ishonchni oqlash! 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:29, 06.04.2023. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик