Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Denis Korostichenko: «Bu o‘yin hech kimning ko‘nglini qoldirgani yo‘q»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Intervyular
A A A

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro liganing 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Dinamo"ga qarshi o‘yin (0:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida nima deyish mumkin? Bu o‘yin hech kimning ko‘nglini qoldirgani yo‘q. Garchi o‘yinda gol urilmagan bo‘lsada, ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, ikkala jamoa hujumkor o‘yin namoyish qildi. Umuman olganda teng o‘yin bo‘ldi deyish mumkin. Bunday o‘yinlar doimo qiziq bo‘ladi. Jamoalar hujumga oshiqdi, vaziyatlar yaratishga intilishdi, biz ham ular ham yopilib olmadik. Menimcha ulardan ko‘ra bizda biroz ko‘proq ustunlik bo‘ldi, to‘pni ko‘proq ushlab turdik, ko‘proq vaziyat yaratdik. Birinchi bo‘limda standartlardan boshqacha uslublarda foydalanishga harakat qildik. Reja qilgan ko‘p ishlarimiz o‘xshadi, faqatgina gol ura olmadik. Yigitlar o‘zini o‘yinga bahsh qila olishdi. Bahsning so‘nggi daqiqalari bosimga boy o‘tdi. So‘nggi daqiqaga qadar barcha kurashdi, o‘ynadi. «Dinamo» ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi, ularda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Shu bois teng o‘yin bo‘ldi deya olaman.

— Yarim himoyachilarning o‘yinidan qoniqdingizmi? Chunki jamoa tezkor hujumga o‘tayotgan paytda yarim himoyachilar ortda qolib ketdi
— Buni gapirish juda qiyin, balki, raqibning o‘yini bilan bog‘lash ham mumkin. Chunki yarim himoyachiga ham tezkorlik bilan 45-50 metr masofani bosib o‘tish oson emas. Bizning futbol to‘pni nazorat qilishga asoslangan. Shu sababli yarim himoyachilarimiz asosan himoyachilarning yoniga joylashib, hujumga paslar orqali chiqish uchun o‘ynashdi. Hujumga tezkorlik bilan o‘tayotganimizda esa hujumchilar tezlikni oshirmoqchi bo‘lganida ortga pas berishdi. To‘g‘ri, bunday paytda yarim himoyachilarning jismoniy holati yaxshi bo‘lishi va hujumchilarga yaqinroq joylashishi kerak edi. To‘g‘risini aytganda, jiddiy xatolar ko‘rganim yo‘q. Bir-ikki vaziyatda yarim himoyachilarimiz hujumchilarga yordam bera olmagani rost. Yoddan chiqarmaslik kerak, hozir Ramazon oyi. Bir qancha yarim himoyachilarimizdan tashqari, ko‘plab futbolchilarimiz ro‘za tutmoqda. Shu sababli ular ba’zida jismonan vaziyatga ulgura olmayapti, bor kuchini ishlata olmayapti. Balki shunday ko‘rinib qolishi ham mumkin

— «Aral» va «Xorazm»ga qarshi o‘yinlardan keyin «Lokomotiv» sifatliroq o‘yin namoyish qildi. Bu bugungi raqibning hujumga ko‘proq e’tibor bergani bilan bog‘liqmi yoki himoyaga kamroq e’tibor bergani bilan?
— Ikkisi ham. Gapingiz to‘g‘ri. «Aral» va «Xorazm» singari bugungi raqib yopilib olgani yo‘q. Undan tashqari, biz o‘z maydonimizda o‘ynadik. O‘zimiz ko‘rsatmoqchi bo‘lgan futbol talabiga maydonimiz javob bera oladi. «Dinamo» yopilib olmagani uchun biz ham ko‘proq hujum uyushtirdik, xavfliroq o‘ynashga harakat qildik. «Aral» va «Xorazm» ko‘proq himoyada o‘ynagani uchun kamroq vaziyat yaratdik. «Xorazm» maydoni unchalik sifatli emasdi, balki, keyinchalik yaxshi bo‘lib ketishi mumkindir. Biroq biz juda qiynaldik va og‘ir o‘ynadik. Bugun esa ko‘proq hujum qildik. O‘yin ham yaxshi bo‘ldi. Bizga bir gol yetishmadi.

— Eshitishim bo‘yicha Boyan Naydenov qishda olgan jarohati sababli jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan ekan. Ammo hozir u o‘zining holatini tiklab, yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda.
— Boyan borasida bunday suhbat bo‘lgani yo‘q. U bilan shartnoma imzoladik va o‘z hududida qanday o‘yin namoyish qilishini kuzatdik. Uning o‘yinlari bizga yoqdi. Ha, yig‘inda uning jarohat olgani yomon bo‘ldi. Shundan keyin u jamoada qolib, tuzalish-tiklanish reabilitasiyalarini olib bordi. Shoshilmadik, chunki uning imkoniyatlarini yaxshi bilardik. Uni ikki mavsum oldin «Navbahor»dagi o‘yinlari orqali ham ko‘rgandik. Shu sababli uning to‘liq tuzalishini shoshmasdan kutdik. Mana shu kunlarga yetib keldik. Unga baribir eng yaxshi holatiga qaytib olishi uchun bir qancha o‘yinlar kerak. Uning o‘yinlari muxlislarga ham manzur keldi. U yaxshi yuqori darajali, yaxshi sifatli futbolchi.

— So‘nggi daqiqada Manuchehr Safarovning olgan qizil kartochkasi haqida nima deysiz?
— Vaziyatni ko‘rmadim, futbolchimizga ishonamiz. Manuchexr bilan gaplashdik, hech narsa qilmadim, urmadim, deb aytdi. To‘g‘ri, qizishib ketib, yugurib bordi. Videoda o‘sha vaziyatni ko‘rish kerak. Agarda u rostdan urgan bo‘lsa, alohida suhbat olib boramiz, balki, jarimasi ham bo‘ladi. Vaziyatni to‘g‘ri tushunish ham kerak — so‘nggi daqiqa, barcha yutishni istamoqda, shu sababli hamma qizishib ketgan. U yerda faqatgina uning aybi bo‘lgan deb aytish ham qiyin. Raqiblarning 44-raqamli futbolchisining harakatlari unchalik yoqmadi. U provokator sifatida provakasiyani boshladi. O‘sha joyda Marat Bikmayev ham Oleg Zoteev ham bor edi. Shunda ham u qizishishda davom etdi va provakasiya qildi. Bu yerda intizom ham kerak.

— 2018 yilda Xusniddin G‘ofurov «Lokomotiv»da o‘ynab yurgan paytlarida «Metallurg» maydonida qizil kartochka oldi. Navbatdagi o‘yin «Paxtakor»ga qarshi edi. Muhim o‘yin. O‘shanda «Lokomotiv» klubi o‘yinga 3 kun qolganida qizil kartochkaga appelyasiya bermoqchi bo‘lganida PFL ish 7 kundan 20 kungacha vaqt oralig‘ida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Shundan keyin klub appelyasiyasini qaytarib oldi. Chunki appelyasiya berilgan taqdirda ham G‘ofurov «Paxtakor»ga qarshi o‘ynay olmasdi. Manuchehr uchun appelyasiya yozilishi mumkinmi?
— Albatta. Vaziyatni ko‘rib chiqib, shu ishni qilishimiz kerak. Biz o‘z futbolchimizni himoya qilishni istaymiz. Agarda u rostdan urmagan bo‘lsa, appelyasiya yozamiz. Hozir ko‘plab qizil kartochkalarni appelyasiya qo‘mitalari bekor qilishmoqda. Bo‘lib turadi. Hakam xato qilgan bo‘lsa, uni to‘g‘rilash kerak. Bu borada PFLda mutaxassislar ishlamoqda. Vaziyat ko‘rib chiqilsa kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 10:16, 14.04.2023. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик