Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Benzemadan natija: Ramazonda uch hatlab sakrash!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Karim Benzema 5 aprel kuni «Kamp Nou»dagi «xet-trik» evaziga birdan 2023 yilning eng sermahsul futbolchisiga aylanib oldi.

Fransiyalik hujumchisi qandaydir 4 kun oralig‘ida Erling Xoland («Manchester Siti»), Markus Reshford («MYU») va Viktor Osimxen («Napoli»)dan o‘zib ketdi. Ramazonda uch hatlab sakrash shunaqa bo‘ladi. Karlo Anchelotti endi Karim yana bir «Oltin to‘p» yutishiga ishonmoqda.

Karim Benzema o‘tgan chorshanba oqshomi ehtimolki, joriy mavsum hisobidan eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi - «Qirol kubogi» tamg‘asi ostidagi «El-klasiko»da «xet-trik», kamiga Visinius Junior goliga assistentlik. «Real» goleadori bunga qadar 2 aprel kuni «Valyadolid»ni ham 3 bora ranjitgandi, boz ustiga, o‘yinning qandaydir 7 daqiqasida. Xullas, 4 kun oralig‘ida 6ta gol urgan Karim 5 aprel holati bo‘yicha yevromavsum-2023ning eng sermahsul futbolchilari reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi. Vaholanki, u 21 fevral kuni shovqinli «Enfild»da kechgan CHL o‘yinida «dubl» qayd etganidan so‘ng naq 1 oy davomida «soya»da qoldi: 5ta uchrashuvda atigi 1ta gol (yana «Liverpul» darvozasiga). Oddiy aytganda, Benz naq 442 daqiqada 1ta gol bilan kifoyalandi.

Fransiyalik hujumchi braziliyalik Vinisius Junior ko‘magisiz bunday mahsuldorlik ko‘rsatolmasdi, albatta. Raqamlarda aytsak, Benzema 2023 yilgi gollaridan 7tasini aynan Vini uzatmalari vositasida nishonladi. Jumladan, oxirgi 2ta «xet-trik»ka qarasak, Vinisius bunga 3ta uzatma bilan salmoqli hissa qo‘shdi. Ushbu bog‘lam qarama-qarshi yo‘nalishda ham juda samarali. Har holda, Benzema ijrosidagi 5ta assist (2023 yil hisobidan)dan 4tasi Vinisiusga to‘g‘ri kelmoqda. Benzning aqldan ozdiruvchi samaradorligi va formasi Ramazon oyi fonida yanada ta’sirchanroq ko‘rinmoqda. Binobarin, Karim ro‘za amaliga qat’iy rioya qiladi. Hujumchi o‘tgan yili Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgan 8ta o‘yinda 10ta gol urgan, jumladan, CHLda «Chelsi»ga qarshi kechgan bahsda «xet-trik» qayd etgadi. Joriy yil esa hozirga qadar 3ta o‘yinda 6ta gol hosil qilib ulgurdi. Ixtiyorida esa yana 5ta «ro‘za» o‘yini bor (Ramazon oyi 22 aprelgacha).

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti fransiyalik shogirdi muvaffaqiyatini qisqacha ifodalamoqda: «Karim shunchak, yoqish tugmachasini bosdi. Unga xalqaro tanaffusdagi mashg‘ulotlar katta yordam berdi. Shu ketishda Benzema yana bitta «Oltin to‘p» yutishi hech gap emas. Gap hamon dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri ekanligini isbotlayotgan megaijrochi haqida ketmoqda». Kuchli bayonot. Lekin tan olaylik, bunday gol urish rejimidagi Benzema uchun imkonsiz ishning o‘zi yo‘qdek. Umuman, statistika Karim Ramazon oyi chinakamiga yayrashini ko‘rsatmoqda  - oxirgi 2 yildagi 11ta o‘yinda 16ta gol! Buning natijasida «tvitter» olamini «Karim Ramazonda» fenomeni qoplamoqda. «Ro‘zaning menga hech qanday salbiy ta’siri yo‘q, - degandi fransiyalik goleador 1 yilcha oldin. - Ramazon hayotimning bir qismi, diniy farz! Bu oy men uchun juda muhim, qancha g‘alati eshitilmasin, kun bo‘yi taom yemasam, o‘zimni tetikroq va baquvvatroq his qilaman. Salomatligimda muammo yo‘qligi uchun O‘ziga shukrona keltiraman, albatta». O‘shanda Karim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga sut va xurmo bilan iftorlik vaqtini kutayotgani aks etgan suratini joylagandi.

To‘g‘ri, «Valyadolid»ga qarshi o‘yindan so‘ng Karim Benzema ro‘zasini vaqtli ochgani ham muhokama qilindi. Chunki 65-daqiqada o‘z o‘rnini Eden azarga bo‘shatib bergan hujumchi qo‘lida suv idishi bilan kamera nigohiga tushdi. Oqibatda ayrimlar bundan foydalanib, Karimni ro‘za qoidasini buzganlikda ayblashga tushishdi, lekin ko‘pchilik uni o‘z joyida himoya ostiga oldi. Ya’ni futbolchi shunchaki, og‘zini chayqa olgani aytildi. Qiziq, Benzema bu yilgi Ramozonni nechta gol bilan bezaydikan? Eslatma, «Real» 22 aprelga qadar «Kadis», «Selta» va «Chelsi» (CHLda ikki marta)ga qarsh maydonga tushadi.

Karim Benzema Yevropa klublari uchun milliy va xalqaro musobaqalarda eng ko‘p gol urgan fransiyalik futbolchidir. «Real» hujumchisi bu borada afsonaviy Tyerri Anrini naq 120ta gol darajasida ortda qoldirmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 18.04.2023. O'qildi: 2922 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик