Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Benfika»ning «motor»i haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Benfika» YECHL chorak finalida «Inter» bilan to‘qnash kelguniga qadar joriy mavsumda Chempionlar ligasida birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan va aprel oyiga kelib Portugaliya chempionatida 10 ta g‘alabali seriyani qayd etgan edi. Biroq kutilmagan daqiqalarda Lissabon «burgutlari» pasayishni boshladi. Endilikda Rojer Shmidt jamoasida ketma-ket uchta mag‘lubiyat bor - ichki ligada «Portu»dan (1:2), «Chaves»dan (0:1) va Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida «Inter»dan (0:2). Javob o‘yinida «Benfika» mo‘’jiza ko‘rsata olmadi, yarim finalga chiqish uchun kamida ikkita gol urishi kerak edi, biroq buning iloji bo‘lmadi. Klubning yaxshi to‘purari, hujumchi Gonsalu Ramush (barcha musobaqalarda 25 ta gol) bo‘lsa, eng yaxshi assistenti himoyachi Alexandro Grimaldo bo‘lib turibdi.

Qanot himoyachisining golli uzatmalar soni bo‘yicha jamoa yetakchisiga aylanishi kamdan-kam uchraydigan holat. Ammo 27 yoshli ispaniyalik futbolchi «Benfika»ning Chempionlar Ligasi va Primeradagi eng samarali assistenti hisoblanadi. Ushbu mavsumda u Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Makkabi Hayfa» va «Yuventus» bilan uchrashuvlarda va «Brugge» bilan pley-off o‘yinida jamoasiga katta yordam berdi.

Grimaldoning «Benfika»dagi rolini tushunish uchun yana bir qancha statistikalar bor. Mavsum davomida barcha musobaqalarda Alexandro 91 ta asosiy uzatmani amalga oshirdi - bu jamoadagi eng yaxshi natija. Chap qanot himoyachisi 54 ta golli vaziyat yaratdi. Bu Rafa Silvadan (60) keyingi ikkinchi eng yaxshi natijadir. Qolaversa, ispaniyalik zarbalar soni bo‘yicha ham kuchli 4 o‘rindan joy oldi (86 ta muvaffaqiyatli zarba). Texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha Grimaldo yuqori darajada o‘ynaydi. Uning bu mavsumdagi odatiy golli uzatmalari chap qanotdan oldinga zarba berish va jarima maydonchasi yoki darvozabon chizig‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘pni uzatish.

Grimaldo «Barselona» tarbiyalanuvchisi. U besh yilni kataloniyaliklarning farm-klubida o‘tkazdi va u yerda ham ko‘p golli uzatmalarni amalga oshirdi (92 o‘yinda 12 ta). Shunga qaramay, iqtidorli chap qanot himoyachisi «ko‘k-anorranglilar»ning birinchi jamoasiga foyda keltirmadi. Yosh futbolchi faoliyatining cho‘qqisida bo‘lgan Jordi Albaga o‘zi kutgan raqobatni taqdim qila olmadi.

2016 yilning yanvarida Grimaldo «Benfika»ga jo‘nab ketdi: Kataloniya klubi o‘sha paytda 20 yoshli himoyachini atigi 2,1 million yevroga sotgandi va deyarli yetti yarim yil davomida Alexandro chap qanotni «yoqib» yubordi. Qizig‘i shundaki, bu transferdan oldin «Barsa» farm-klubi sardori Grimaldo o‘shanda «ko‘k-anorranglilar»ni boshqargan Luis Enrikedan noroziligini omma oldida ochiq bildirgan edi.

«U menga hech narsa demadi va men u bilan hech qachon aloqaga chiqmadim. U bilan gaplashadigan hech narsam yo‘q. Men murabbiyim bilan ishlayman va u bilan yaxshi munosabatdaman. Birinchi jamoa murabbiyi o‘z futbolchilari bilan, men esa o‘z jamoam bilan qolaman», - dedi Alexandro.

Grimaldo «Benfika» safida 296 ta o‘yinda 63 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U juda ko‘p gol urdi - 24 ta gol. Nega Grimaldo hamon «Benfika»da? Top-klublar ispaniyalikka da’vo qilishdi, ammo Lissabon rahbarlari himoyachi uchun juda ko‘p pul talab qilishdi - 30 million yevro. Ehtimol, potensial xaridorlardan birini Alexandroning himoyada mukammal emasligi bilan bog‘liq omil to‘xtatgandir, garchi zamonaviy futbolda bu ko‘rinmasa ham.

Joriy mavsum oxirida Alexandroning Lissabon klubi bilan shartnomasi tugaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, «Barselona» o‘z futbolchisini erkin agent sifatida ortga qaytarib olmoqchi. Ular Grimaldoga «Yuventus» va «Milan»dan qiziqish bo‘lgani haqida yozishgan. Qishki transfer oynasi yopilgach, bosh murabbiy Rojer Shmidt ispaniyalikning hali ham Lissabonda qolishiga ishonmayroq fikr bildirdi.

«Grimaldo - biz uchun asosiy o‘yinchi, u ajoyib futbolchi. Fidoyilik, motivasiya, mentalitet: bularning barchasi u bilan eng yuqori darajada sodir bo‘ladi. Alexandro 90 daqiqa himoyada va hujumda astoydil harakat qiladi. U juda yaxshi o‘ynaydi va klub uni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Grimaldo qoladi degan umiddaman. Men unga murabbiylik qilishni davom ettirmoqchiman, lekin men realistman – biz futbol olami qanday ekanini bilamiz», – dedi murabbiy. «Inter»ga qarshi birinchi o‘yinda Alexandro samarali harakatlarni amalga oshira olmadi, ammo «neradzurrilar» «Benfika»ning chap qanotini mahkam yopdi deb bo‘lmaydi. Grimaldo uchta zarba berdi, to‘rtta asosiy uzatmani amalga oshirdi va bitta xavfli lahzaga ega bo‘ldi. O‘sha kuni unga omad kulib boqmadi. Milanda esa u sheriklarining bitta goliga assistent bo‘ldi. 

Kiritildi: 06:27, 20.04.2023. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик