Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dortmund»ning yangi yulduzchasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundan bir necha oy muqaddam Jyulyen Dyuranvil nomi hatto ona-yurti Belgiyada ham ko‘pchilikka notanish edi.

Sentyabr oyi avvalida qayd etilgan kamyob natija uni butun mamlakatga tanitdi: 16 yoshli yigitcha bir hafta ichida Belgiyaning oliy va ikkinchi divizionlarida o‘zining debyut gollarini amalga oshirdi. Shu tariqa Jyulyen 2006 yilda tug‘ilgan tengdoshlari orasida birinchi bo‘lib gol urgan futbolchiga aylandi. Bundan tashqari, «Anderlext»ning eng yosh to‘purarlari ro‘yxatida 4, o‘rindan joy oldi.

Shundan keyin Dyuranvil asosiy jamoa tarkibida ko‘proq maydonga tusha boshladi. Biroq tez orada mushaklari shikastlanishi oqibatida maydonga tusha olmay qoldi. Lekin uning «Anderlext» asosiy tarkibidagi 373 daqiqalik ishtiroki 2006 yilda tug‘ilgan yosh iqtidorlar o‘rtasida top-ligalar o‘nligida peshqadam bo‘lib olishi uchun yetarli bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qaror qilgan Dortmundning «Borussiya»si navqiron vinger uchun 12,5 mln. yevrodan voz kechdi. Vaqti kelib, Dyuranvil boshqa jamoaga sotiladigan bo‘lsa, «Anderlext» qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi.

Nima uchun «Anderlext» o‘zining eng zo‘r tarbiyalanuvchisidan voz kechdi yoki aynan hozir sotib yubordi?

Asosiy sabab shundaki, so‘nggi yillarda Belgiyaning eng nomdor va sovrindor jamoasi moliyaviy muammolar iskanjasida qolgan. Ko‘pmillionli qarzlar, turli to‘lovlar va boshqa xarajatlarni qoplash uchun sportdagi natijalardan olinayotgan daromad kamlik qilmoqda. Shunday murakkab vaziyatda iqtidorlar bulog‘i sifatida dong taratgan mashhur akademiya tayyorlab berayotgan noyob iqtidorlarni sotishga to‘g‘ri kelmoqda.

«Biz uchun sotib yuborishni rejalashtirmagandik. Biroq klubimizdagi moliyaviy holat shu qadar ayanchliki, kelishuvlarni amalga oshirishga majbur bo‘lyapmiz» - ayni paytda «Anderlext»ning sobiq sport direktoriga aylangan Peter Verbekening mazkur e’tirofi Dyuranvil haqida emas, 2020 yilda «Renn»ga sotib yuborilgan Jeremi Doku haqida edi. Biroq ism-sharif va sananing o‘zgarishi vaziyatni o‘zgartira olmaydi. Bundan tashqari, «Anderlext» uni ikkinchi marta qo‘yib yubormayotganini bilganida, (dortmundliklar o‘tgan yil yozida ham Jyulyenga xaridor bo‘lgandilar) Dyuranvil avvalgi shijoati bilan to‘p sura olmagan bo‘lardi. Yuqorida zikr etilgan mushaklar shikastlanishi ham e’tiborga molik jihat. Balki, belgiyaliklarni Dyuranvilning Doku kabi jarohatga moyil ekanligi tashvishlantirgandir. Nima bo‘lganda ham, yosh iqtidorning salomatligi - endi «Borussiya»ning muammosi. Jyulyen tibbiy ko‘rikdan o‘tgan - demak, ishga yaroqli.

Ha, hozircha yutuq «Anderlext» tomonida. Muxlislar Dyuranvil uchun shuncha mablag‘ undirgan yangi sport direktori Yesper Fredbergga tahsin aytishmoqda. Lekin yaqin kelajakda Jyulyen salomatligini tiklab, yuksak salohiyatini namoyish etganida, «Dortmund»ning zukkoligidan hayratda qolishlari hech gapmas.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:39, 20.04.2023. O'qildi: 3194 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик