Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Liverpul" yozda besh futbolchisini tekinga qo‘yib yuboradi: ular kim?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Liverpul" kelayotgan yozda qayta qurishga muhtoj bo‘lib turibdi. Yurgen Kloppning jamoaga keladigan va ketadiganlar borasida yaxshilab o‘ylab ko‘rishi talab etiladi. Jamoani tark etish borasida bir nechta nomlar borki, ular yaqin yillar davomida mersisaydliklar safida asosiy figura bo‘lib kelgan. Quyida shu haqida so‘z boradi. Eslatma: quyida faqatgina doimiy shartnomaga ega futbolchilar nomi keltirilgan. Ijaradagi Artur Melo shundoq ham ketadi.

Adrian

Ayni damga qadar Allison Beker ortida mustahkam ravishda Kellexer joylashib oldi. Shu sabab uchinchi darvozabon bo‘lishga hojat yo‘q. Adrian esa buni yaxshi tushunadi. 36 yoshli ispaniyalik posbon joriy mavsumda Yurgen Klopp tomonidan deyarli foydalanilmadi. Shuning uchun endi uning "Liverpul"da qolishidan ma’no yo‘q. Biz Adrianni mersisaydliklar safida 2019 yilgi UYEFA Superkubogida ko‘rsatgan fantastik o‘yini bilan eslab qolamiz.

Roberto Firmino

Firmino 2015 yildan beri klub uchun foydali futbolchi bo‘lib kelmoqda. U "Liverpul" libosida 100 dan ortiq gollarga mualliflik qildi. Hech qaysi futbolchi hali Klopp bilan Firminochalik ko‘p ishlamagan. Joriy mavsumga qadar braziliyalik hujumchi eng yaxshilardan biri sifatida e’tirof etilib kelinayotgan edi. 31 yoshida jarohatlar girdobida qolgan hujumchi, maydonda o‘z o‘rnini boshqa futbolchilarga berib qo‘ydi. Albatta shu holida yosh va tezkor bo‘lgan Gakpo, Dias, Nunyes va Jota kabi hujumchilardan ustun bo‘lish qiyin masala. Firmino hali ham jamoasi uchun foydali ekanini "Arsenal"ga qarshi kechgan o‘yinda isbotlagandi. Yurgen Klopp yaqindagina uning ketishini tasdiqladi.

Nabi Keyta

Yarim himoyachi klubdagi besh yili davomida yaxshi davrlarni boshdan o‘tkazdi. Ammo Klopp jamoasi uchun Keyta asosiy futbolchiga aylana olmadi. Futbolchi 52 million funtga xarid qilingandi. Ammo u o‘zidan kutilgan natijani bera olmadi. Gvineya terma jamoasi a’zosi "Liverpul" bilan yangi bitim tuzmaydi. Endigina 28 yosh bo‘lishiga qaramay, Keyta uchun Liverpuldagi sarguzashtlar tugagan. U o‘z omadini boshqa joydan qidirib ko‘rishi kerak.

Jeyms Milner

Ayni damda faxriy futbolchini jamoada olib qolish yoki uning o‘rnini yangi va yosh nomlar bilan to‘ldirish kun masalasi bo‘lib turibdi. 37 yoshli yarim himoyachi Klopp davrida 300 dan ortiq o‘yinlarda ishtirok etdi va mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Milner 2015 yilda "Manchester Siti"dan olib kelingan edi. Xabarlarga ko‘ra Milner bilan shartnomani yangilash borasida hali hech qanday yangilik mavjud emas. Balki ingliz futbolchisi o‘zining tarbiyachi klubi bo‘lgan "Lids"ga qaytishni istar? Yana kim biladi deysiz...

Aleks Oksleyd-CHeymberlen

Ko‘p paytlar bu futbolchining nomi unutib qo‘yiladi. Negaki, uning klubdagi davri jarohatlar ichida kechdi. Bir paytlar Oksleyd-CHeyberlen Klopp qurayotgan loyihani asosi sifatida bo‘y ko‘rsatgandi. Buning isboti sifatida 2017-2018 yilgi YECHL finaligacha bo‘lgan yo‘lni eslash kifoya. Ammo bu yetarli emas. Sobiq Angliya terma jamoasi a’zosi "Liverpul"da o‘zini ko‘rsatishga qiynalmoqda. Aleks hali 30 ga kirmagan. Shu sabab o‘zga klublardan baxtini izlab ko‘rsa bo‘ladi. Harxolda, 30 yoshidan keyin katta yutuqlarga erishayotgan futbolchilar kam emas.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:23, 24.04.2023. O'qildi: 3957 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик