Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real"ning so‘nggi 10 ta yirik sotuvi. Ular kim ekanini bilasizmi?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Real Madrid" o‘zining Florentino Peres davridagi pragmatik transferlar siyosati bilan mashhurdir. Buning natijasida jamoada yillar davomida ajoyib tarkiblar yig‘ila bordi. Har qanday klub o‘zi uchun yangi superyulduzni kashf qilishi kerak. Buning uchun esa katta pul zarur. Shunday ekan, "Real" faoliyatida sotuvlar, xaridlar kabi muhim ahamiyatga ega. Klub muxlislari baxtiga, rahbariyat qaysi futbolchini sotib olishni, ularni qachon va qanday summaga sotishni yaxshi biladi. Shu tufayli maydondagi futbolchilar va ular qayd etadigan natijalar, har qanday transferdan minimal zarar yoki yaxshi foyda ko‘radi. "Real" kabi jamoalar katta mablag‘larni yulduzlar uchun sarflashdan qo‘rqmaydi. Shu bilan bir qatorda, "qirollik klubi" sotuvlarni ham yaxshi amalga oshiradi. Hech kim abadiy emas. Shunday ekan, har qanday futbolchini vaqtida sotishni ham bilish kerak. Bu gapning amaldagi isbotini "Real" bajargan quyidagi sotuvlarda ko‘rishingiz mumkin.

10. Gonsalo Iguain

Ispaniya poytaxtidagi olti yillik faoliyatdan keyin, hujumchi butun dunyoga tanildi. Ammo Iguain hech qachon "Real"ning asosiy tarkibiga kira olmagan. Shu sababli 2013 yilning yozida argentinalik futbolchi "Napoli"ga sotiladi. Uning transfer narxi 34.5 million funt edi. Keyinchalik, hujumchi "Yuventus"ga ko‘chib o‘tadi.

9. Robinyo

Robinyo 2005 yilda "Real"ga keladi. Hujumchi uch mavsum davomida "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan edi. Oradan uch yil o‘tib, braziliyalik futbolchi "Manchester Siti"ga yo‘l oladi. 2008 yilning sentyabrida arab shayxlari jamoani sotib oladi. Natijada Robinyo uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan 32.5 million funt "Manchester Siti"ga muammo tug‘dirmaydi.

8. Rafael Varan

"Real"ning Varanni sotish qarori hammani hayratga solgan edi. Negaki, himoyachi jamoaning muhim figurasi hisoblangan. 2021 yilda "MYU" Varan uchun rasmiy taklif bilan chiqadi. Taklifga madridliklar rozi bo‘ladi. Natijada Fransiya terma jamoasi a’zosi 41 million funt evaziga APLga yo‘l oladi.

7. Ashraf Xakimi

Xakimi "Real" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U ayni o‘ynaydigan davrida "Borussiya Dortmund"ga ikki yillik ijaraga beriladi. 2021 yilda "Real" marokashlik himoyachini "Inter"ga 36.3 million funtga sotadi. Bir yillik A seriyadagi mavsumidan keyin, futbolchi "PSJ"ga 60 million funtga transfer qilingandi.

6. Mateo Kovachich

"Real" 2015 yilda Kovachichni "Inter"dan sotib oladi. Xorvatiyalik yarim himoyachi Ispaniyada zaxira futbolchisi sifatida faoliyat yuritdi. 2018 yilda "Chelsi"ga ijaraga berilgan Kovachich, oxir-oqibat londonliklar safida butunlay qoladigan bo‘ladi. "Real" esa bu transfer uchun 40 million funtga ega bo‘lgandi.

5. Mesut O‘zil

Madriddagi uch yillik davridan keyin nemis futbolchisi "Real"dan ketadi. 2013 yilning yozida "Arsenal" APL tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan birini xarid qiladi. "Real" O‘zil uchun 42.5 million funt olgan edi.

4. Anxel Di Mariya

"MYU" muxlislari Di Mariya xaridi xato bo‘lgan deb hisoblashadi. Bunday fikr tarqalishiga sabablar bisyor edi. Negaki, argentinalik o‘zidan kutilgan natijani bermagandi. 2014 yilda "Manchester Yunayted" Di Mariyani o‘sha paytdagi rekord summa, 59.7 million funtga xarid qiladi. Futbolchi "PSJ" va ayni damda "Yuventus"da harakat qilmoqda.

3. Alvaro Morata

2014 yilning yozida "Real" Moratani "Yuventus"ga sotadi. Oradan ikki yil o‘tib, 24 million funt evaziga madridliklar o‘z hujumchisini qaytarib olgandi. "Real"dagi bir mavsumdan keyin, ispaniyalik futbolchi "Chelsi"dan taklif oladi. Oqibatda u 70 million funt evaziga Londonga yo‘l oladi.

2. Kazemiro

"MYU"ga yordam kerak edi. Klub bu yo‘lda qancha bo‘lsa ham pul sarflashga tayyor bo‘lgan. O‘z jarohatlarini davolish maqsadida, jamoa Kazemironi sotib oladi. Braziliya terma jamoasi a’zosi YECHLda g‘olib bo‘lgach, 2022 yilning yozida "MYU"ga o‘tadi. Uning transfer narxi 70 million funt edi.

1. Krishtianu Ronaldu

"Real" 80 million funt evaziga Ronalduni "Manchester Yunayted"dan xarid qiladi. 2009 yildan boshlab, to‘qqiz yil davomida hujumchi 5 marta "Oltin to‘p"ga, 5 marta YECHL bosh sovriniga erishgandi. 23 yoshlida "Real"ga kelgan Ronaldu, qariyb 10 yildan keyin, 33 yoshida jamoadan ketdi. Ammo uning narxi oshsa oshgan ediki, tushmagandi. "Yuventus" Ronaldu uchun 99.2 million funt to‘lashga rozi bo‘ladi. Afsona Italiyaga yo‘l oladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:00, 26.04.2023. O'qildi: 4862 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.