Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yosh va qimmatli futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yosh futbolchilar doimo ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. Ular top-klublarning maqsadi, shuning uchun ular doimo talabgir bo‘ladi. Agar shunday o‘yinchi allaqachon sovrinlarga da’vogar jiddiy klub tarkibida bo‘lsa, unda raqobatchilarni kuchaytirish emas, uni saqlab qolish uchun kurash bo‘ladi. Bugun 20 yoshdan katta bo‘lmagan eng qimmat yosh futbolchilar haqida gaplashamiz.

Eduardo Kamavinga
Klub: “Real Madrid”
Yoshi: 20
Transfer narxi: 60 mln yevro

Kamavinga "Real"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Fransiyalik futbolchini "qirollik klubi"ga tezda moslashdi, deyish mumkin emas, lekin u kelajak uchun shartnoma imzoladi. Karlo Anchelotti boshchiligida 20 yoshli yarim himoyachi yanada yaxshi futbolchiga aylanib bormoqda. Futbolchining afzalligi shundaki, undan turli pozisiyalarda foydalanish mumkin. O‘tgan mavsum bilan solishtirganda Kamavinga ko‘proq o‘ynay boshladi. La Liganing joriy mavsumida uning hisobida 31 ta o‘yin bor (avvalgisida 26 ta). "Blankos"da yarim himoyachilar almashinuvi muammosiz ketmoqda.

Nunu Mendesh
Klub: “PSJ”
Yoshi: 20
Transfer narxi: 65 mln yevro

Mendesh o‘tgan mavsumni "PSJ"da ijara asosida o‘tkazdi. Parijliklarga portugaliyalik yoqdi va ular uni “Sporting”dan 38 million yevroga sotib olishdi. Futbolchi Fransiya poytaxtida yaxshi saviyada o‘ynashda davom etmoqda. 20 yoshli himoyachi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yosh qanot himoyachisi uchun munosib ko‘rsatkichlar.

Florian Virts
Klub: “Bayer”
Yoshi: 19
Transfer narxi: 85 mln yevro

Virts nemis futbolchilarining yangi avlodining yorqin vakillaridan biridir. "Bayer"da Florian "Chelsi"ga ketgan Kay Haversning o‘rnini to‘liq egalladi. 19 yoshli nemis o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 31 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol va 14 golga assistentlik qilgan. Joriy mavsumda ham futbolchi jarohati tufayli mavsumning yarmini o‘tkazib yuborganiga qaramay yaxshi ko‘rsatkichlarga ega (4+8). Xabi Alonso bilan hamkorlik yosh nemis uchun yaxshi kechmoqda. Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida u o‘zini yanada yaxshi ko‘rsatishi mumkin.

Gavi
Klub: “Barselona”
Yoshi: 18
Transfer narxi: 90 mln yevro

Gavi 2015 yildan beri “Barselona”da o‘ynaydi va Kataloniya klubining eng yaxshi iqtidorlaridan biri hisoblanadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u o‘tgan mavsumda allaqachon boshlang‘ich tarkibda edi. Xavi 18 yoshli yarim himoyachidan umidlari katta va u o‘z navbatida murabbiyni to‘g‘ri munosabati bilan xursand qiladi. “Ko‘k-anorranglilar” Gavining yangi shartnomasini imzolashda qiynalmoqda, “Chelsi” bundan foydalanmoqchi. Ammo, aftidan, ispaniyalikning hech qayoqqa ketish niyati yo‘q.

Pedri
Klub: “Barselona”
Yoshi: 20
Transfer qiymati: 100 mln yevro

Kataloniya klubining yana bir yosh, iqtidorli va qimmat vakili. Ronald Kuman avvalroq Pedrining u tufayli "Barselona"da qolganini aytgandi. “Ko‘k-anorranglilar” uni sotish haqida o‘ylaganda, yosh ispaniyalikni qo‘yib yubormagan niderlandiyalik edi. Gavi singari Pedri ham Xavining asosiy yarim himoyachilaridan biri va u rivojlanishda davom etmoqda. Misol uchun, La Liganing joriy mavsumida 20 yoshli yarim himoyachi allaqachon 6 ta gol urgan bir yil avvalgidan 2 baravar ko‘p. Bu kataloniyaliklar uzoq muddatda umid qilayotgan yana bir futbolchi.

Jamol Musiala
Klub: Bavariya
Yoshi: 20
Transfer qiymati: 110 mln yevro

Musiala, Virts bilan birga, Germaniya terma jamoasining kelajagini ifodalovchi futbolchilar guruhining bir qismidir. 20 yoshli yarim himoyachi bungacha Bundestim safida 20 ta o‘yinda maydonga tushgan. "Bavariya"da u bir necha yillardan beri bosh rollarda. O‘tgan mavsumda Jamol Bundesligada 30 ta o‘yin o‘tkazib, gol+pas tizimida (5+5) 10 ochko jamg‘ardi. Hali tugallanmagan joriy kampaniyada uning ko‘rsatkichlari 2 barobar yuqori (20 ball, 11+9). Avvalroq, OAVda Musialaga boshqa klublardan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq “Bavariya” bu mavzu haqida gapirishni ham xohlamayapti. "Bavariya" futbolchini uzoq yillar davomida o‘zida saqlab qolishga umid qilmoqda.

Jud Bellingem
Klub: "Borussiya" D
Yoshi: 19
Transfer qiymati: 120 mln yevro

Bellingem Bundesliganing eng qimmat futbolchisi, eng qimmat ingliz futbolchisi va top-klublarning transfer maqsadi hisoblanadi. Va u 19 yoshda. Shu bilan birga, futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda, garchi unda takliflar kam bo‘lmasa-da. Agar Jud "Borussiya"ga chempionlikni qo‘lga kiritish va "Bavariya"ni taxtdan tushirishga yordam bersa, uning narxi yanada yuqori bo‘lishi mumkin. Mavsumning mana shunday hal qiluvchi pallalarida futbolchilar o‘z imkoniyatlarini isbotlashlari kerak.

Kiritildi: 22:20, 02.05.2023. O'qildi: 2657 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.