Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Paxtakor 4 9
4 Lokomotiv 4 7
5 Nasaf 4 7
6 Bunyodkor 4 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 4 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo
4-тур Neftchi 3-1 Lokomotiv
4-тур Nasaf 0-1 Surxon
4-тур So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

02/04/26 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04/26 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ikki soniyalik sukut, bu nima? (video)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ispaniya La Ligasi 33-turidan o‘rin olgan «Real Sosyedad» - «Real» o‘yinida hisobni ochgan yaponiyalik hujumchi Takefusa Kubo avvaliga golni nishonlamaydigandek ko‘rindi.

Lekin atigi 2 soniyalik sukutdan so‘ng maydonda «tizza bilan suzish» sahnasini namoyish etdi. Futbolda o‘yin­chilarning sobiq jamoalari darvozasiga urgan gollarini nishonlamasliklari ko‘p kuzatiladi. Lekin bunaqasi...

Kubo Yevropadagi faoliyatini aynan «Real»da boshlagani eslatish kerak. 2019 yili «Tokio» klubidan Ispaniya grandiga yo‘l olgan Yaponiya milliy jamoasi vakili «Madrid»ning atigi 4ta rasmiy o‘yinida maydonga tushdi, qolgan vaqt ijara safarlaridan bo‘shamadi. E’tiborli tomoni, yaponiyalik «Real Sosyedad» safiga to‘laqonli transfer orqali qo‘shilganiga qaramay, poytaxt grandi uning 50 foiz huquqini o‘zida saqlab qoldi. Odatda bunday holatda futbolchi sobiq jamoasi darvozasiga urgan golini nishonlamaydi. Kubo ham Tibo Kurtuani ojiz qoldirgach, avvaliga bir zum sukut saqladi. Biroq 21 yoshli futbolchi atigi 2 soniya ichida fikrini o‘zgartirib, maydonda tizzasi bilan sir­g‘anishdan o‘zi-ni tiyolmadi.

Kuboning golni nishonlash sahnasi tabiiyki, ijtimoiy tarmoqlarda kuchli reaksiya keltirib chiqardi:

- Kuboni avvaliga golni nishonlamaslikka qaror qilgani va 1-2 soniyada fikrini o‘zgartirgani juda yoqdi.

- Bu - «Real»ning La Ligadagi umidi uchun bir daqiqalik sukut...

- Kubo sobiq klubiga hurmat saqlashni xohladi, lekin «tizzada suzish» imkoniyati oldida ojiz qoldi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida esa «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga Kuboni ortga qaytarish varianti xususida savol berildi va italiyalik mutaxassis bunga oddiy javob qaytardi: «Bu masalani ko‘rib chiqyapmiz, chunki Kubo juda zo‘r o‘ynayapti. Lekin shoshilmaslik kerak, barchasi haqida bir necha oydan keyin obdon gaplashamiz. Zero, tarkibda futbolchilar ko‘p va har biriga o‘yin vaqti taqdim etish juda qiyin».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:18, 11.05.2023. O'qildi: 2123 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Нефтчи Alisher Odilov 2
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
9 Насаф Sharof Muhitdinov 2
10 Андижон Martin Boakye 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик