Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Lion»da yangi avlod yetishib chiqmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Lion» prezidenti 35 yillik boshqaruvdan keyin klubdan ketdi, lekin qudratli avlod yaratdi

Ushbu haftada yangilik paydo bo‘ldi: «Lion»ning uzoq yillik prezidenti bo‘lgan Jan-Mishel Oya deyarli 36 yillik lavozimidan so‘ng klubni tark etadi. Avvaliga Fransiyaning L'Equipe va RMC nashrlari bu haqida xabar bergan bo‘lsa, keyinroq klub rasmiy saytida ham bayonot paydo bo‘ldi. Endi Olya faxriy prezident bo‘ladi, o‘z aksiyalaridagi ulushini va direktorlar kengashidagi o‘rnini saqlab qoladi.

Uning faoliyati davomida «Lion» doimiy ravishda Liga 1da o‘ynay boshladi va 2000 yillarda tarixiy cho‘qqiga chiqdi - ular ketma-ket yetti marta chempion bo‘lishdi. Ayni dam esa bu klub chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan gigantlardan biri, shuningdek, butun Yevropa uchun iqtidorlarni tarbiyalayotgan top akademiya. Olya birinchi navbatda, yosh futbolchilar uchun alohida e’tibor berdi.

«Lion» falokatli mavsumga qaramay, yana iqtidorli yigitlardan iborat kuchli to‘dani to‘pladi: murabbiy almashinuvi, asosiy o‘yinchilarning sotilishi, chempionatdagi g‘ayritabiiy past o‘rin. Qanday qilib?

Kastello Lyukeba - markaziy himoyachi, 20 yosh

Bu yigit taniqli iste’dod egasi. U o‘tgan mavsumda porladi va hatto «Golden Boy» nominasiyasiga ham kirdi. 184 sm, juda chaqqon o‘yinchi. U o‘zini oldinga tashlash va to‘p uchun faol kurashda qatnashishni yaxshi ko‘radi. Uning yonida jismonan kuchliroq sherik bo‘lishi kerak, u butun himoya o‘yinini boshqaradi, Lyukebaning ko‘pincha burchakdan gol uradi. Top-klublar uni anchadan buyon kuzatib kelishadi, ammo hozircha beqarorlik uning yangi bosqichga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qilmoqda, u tajriba orttirishi kerak.

Sael Kumbedi - o‘ng qanot himoyachisi, 18 yoshda

Sael bu mavsumda super o‘yin ko‘rsatdi: u yozda «Chelsi»ga jo‘nab ketadigan Malo Gyustoga yaxshi o‘rinbosar bo‘ladi. U Yevro U-17 finalida o‘zini ko‘rsatdi: gol urdi va dubl qayd etdi. Aprel oyida CIES o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra Kumbedi eng istiqbolli o‘ng qanot himoyachilari beshligiga kirdi.

Saelning asosiy sifati kuchli jismoniy holatidir, har qanday to‘p uchun kurashda g‘alaba qozonadi. To‘p bilan u oddiy ishlaydi: yo o‘zaro pas, yoki markazga siljish, qanot bo‘ylab yuguravermaydi. Himoyada u bor e’tiborini raqibga qaratgan – hatto Mbappe ham qochish uchun Saelni ortda qoldirishga qiynalgan. 

Rayan Sherki - hujumkor yarim himoyachi, 19 yosh

Sherki - «Lion»ning asosiy boyligidir. L'Equipe xabariga ko‘ra, «PSJ»ning yozgi transfer maqsadi hisoblanadi. Unga kichik Fekir deya nom qo‘yishgan. «Lion» yarim himoyachisi «PSJ» qiziqishlari haqida shunday deydi: «Bu bor gap, lekin men ommaviy axborot vositalariga, ijtimoiy tarmoqlarga e’tibor beradigan odam emasman. Men o‘z vazifamni bajaryapman, bu haqda gapirish vaqti kelganida, gaplashamiz».

2022/2023 yilgi mavsumni u zaxirada boshladi va yetakchi sifatida yakunlanaydi. Ketma-ket ikkita o‘yinda u 10 ta asosiy uzatmani amalga oshirdi va Anxel Di Mariyaning yutug‘ini takrorladi. Top 5 chempionatdagi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘rtacha driblinglar soni bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirgan.

Sherki haqiqatan ham Fekirga o‘xshaydi: kalta bo‘yli, yarim qanotda to‘pni maydon markaziga yaqinroq olib, oldinga borishni yaxshi ko‘radi. Dispetcherlik mahorati, texnikasi va uzoqdan berilgan zarba arsenali unda juda yuqori. Himoya ishlaridan ortib, hujumdagi sheriklariga ham faol yordam beradi.

Bredli Barkola - hujumchi, 20 yosh

Mavsumning asosiy kashfiyoti. U yordamchi qahramon rolida edi, ammo Barkola Loran Blanni hayratda qoldira oldi. Qishda Karl Toko Ekambi «Lion»ni tark etdi va uning o‘rniga iste’dodli Amin Sarr qabul qilindi. U jamoaga moslashib, jarohatlaridan forig‘ bo‘lish arafasida Bredli yetarli o‘yin vaqtiga ega bo‘ldi.

Maydonda u katta hajmdagi mehnatni bajaradi, yonayotgan ko‘zlar, gollar va golli uzatmalar, himoyaga qaytish, so‘nggi daqiqalarda ham yaqori istak – bularning barchasi Barkolaga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Bredliga ko‘nikib olish uchun vaqt kerak emas edi: qishki transfer oynasidan keyin 14 o‘yin - beshta gol va oltita golli uzatma. Endi Amin Bredlidan yaxshiroq ekanini isbotlashiga to‘g‘ri keladi.

Muvaffaqiyatning yana bir kaliti - Barkolaning ko‘p qirraliligi: Blan o‘yin vaqtida uni hujumning chap qanotiga, keyin markazga, keyin o‘ng qanotga o‘tkazishi mumkin. Bu hali yangi jamoa qurish jarayonida ayniqsa muhim belgilardan biridir. Bredlining asosiy ajralib turadigan fazilati - bu muhim lahzani his qilishdir: u har doim bo‘sh joy topishga muvaffaq bo‘ladi. «PSJ» bilan g‘alaba qozongan o‘yinda Barkola jarima maydonchasi ichida raqibni chetlab o‘tib gol urdi, «Monpelye» bilan o‘yinda esa o‘zi qanotlardan yugurib o‘tib, Lyakazettga uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:41, 13.05.2023. O'qildi: 2326 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик