Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Sautgempton» 11 yillik mavsumdan so‘ng yana Chempionshipda o‘ynaydi. «Avliyolar»ning rekordlari qoldi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Sautgempton» rasman APLdan chiqib ketdi. Mavsumda endi hech narsa uchun kurashmayotgan «Fulxem»dan uchralgan 36-turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng bu oydinlashdi. London jamoasi aprel oyida Angliya chempionatining keyingi mavsumida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi va hozir ancha yaxshi formada.  «Sautgempton» APLda ketma-ket 11 yil o‘ynadi. Jamoa bu orada tez-tez omon qolish uchun kurashdi, lekin bir necha bor Yevropa Ligasiga chiqdi. To‘g‘ri, bu ikki marta muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Bu safar ular nafaqat mavsumdagi topshiriqni uddalay olishmadi, balki 99 foizlik ehtimol bilan ligada so‘nggi o‘rinni egallashadi.

Ralf Xazenxyuttl jamoani ketma-ket to‘rt mavsum davomida Premyer-ligada saqlab qoldi, ammo 2022 yilning noyabrida u ishdan bo‘shatildi. O‘shanda bor-yo‘g‘i 14 ta tur o‘tgandi, 17-o‘rindan farq bir ochkoni tashkil qilgandi. Shundan so‘ng uch marta murabbiy almashdi (avstriyalikdan tashqari Ruben Sellyes va Natan Jons - ikkalasi ham avval Premyer-liga klublarini boshqarmagan). «Sautgempton» kutilgan natijalarni ko‘rsatishi bilan yodda qoladi. Masalan, u o‘sha paytdagi yetakchi «Arsenal»dan ikki marta ochko oldi (13 va 32-turlar), «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» (27 va 28-turlar) bilan durang o‘ynagan. «Chelsi»ni yutgan (5 va 24-turlar). Agar butun 11 yil haqida gapiradigan bo‘lsak, «Sautgempton» o‘z mag‘lubiyatlari bilan esga olinadi xolos. Xazenxyuttl qo‘l ostida jamoa Premyer-ligadagi rekord hisobda mag‘lub bo‘ldi - 0:9 va ikki marta! O‘z maydonidagi eng yirik mag‘lubiyat: 2019 yil oktyabr oyida «Lester»ga qarshi o‘yinda bo‘lgandi. Eng yirik safardagi mag‘lubiyat: 2021 yilning fevralida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda.

Endi «Sautgempton»ni yetakchi futbolchilari tark etishi mumkin. Boshqalarga qaraganda bunga Jeyms Uord-Prouz haqliroq. U o‘z jamoasi uchun 407 o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt ingliz futbolchisini 38 million yevroga baholamoqda (jamoaning eng qimmat futbolchisi). Sardorning shartnomasi yana 3 yilga mo‘ljallangan va yarim himoyachi jamoani tark etishni kutyaptimi, degan savol tug‘iladi. «Fulxem» bilan o‘yindan so‘ng u kelajagi haqidagi savolga juda qo‘rqinchli javob berdi: «Men ertangi kunga qaramayman, asosiysi bugun». The Athletic yarim himoyachiga «Aston Villa» va «Nyukasl»dan qiziqish bildirilayotganini xabar qildi.

Uord-Prouz Premyer-liga tarixida Devid Bekxemning jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha rekordini takrorlashga yaqin. Bekxemda 18 ta gol bor, «Sautgempton» futbolchisida bitta gol kamroq. Shu bilan birga, u hali bor-yo‘g‘i 28 yoshda, agar Jeyms yana kamida bir mavsumni Premyer-ligada o‘tkazsa, katta ehtimol bilan Bekxemga yetib oladi. Yoki u o‘tib ketishi ham mumkin.

Kiritildi: 11:15, 14.05.2023. O'qildi: 1807 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик