Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 06.01.2026 19:00
      • Piza
      • 0:3
      • Komo
      • 06.01.2026 22:00
      • Lechche
      • 0:2
      • Roma
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • -:-
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 17 39
2 Milan 17 38
3 Napoli 17 37
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Bolonya 17 26
8 Atalanta 18 25
9 Lasio 18 24
10 Sassuolo 19 23
11 Torino 18 23
12 Udineze 18 22
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 17 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 18 12
19 Verona 17 12
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

FIFA top-instruktoridan qiziqarli leksiya

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Hakamlar / Seminarlar
Rukn: Intervyular
A A A

Allaqachon FIFA top-instruktorlari qatoriga kirgan yetakchi mutaxassislarimizdan biri Farhod Abdullayevni xorijda ham yaxshi bilishadi, albatta...

Vaqtida Ravshan Ermatov brigadasiga kirgan, xalqaro o‘yinlarda ham ishlagan hamyurtimiz ayni payt Sau­diya Arabistoni futbolida Hakamlik departamentini boshqarayotganidan ko‘pchilik xabardor. Umuman, so‘nggi yillar FIFA miqyosidagi biror yirik turnir Abdullayev ishtirokisiz o‘tmayotgani ham ayni haqiqat. Deylik, u Qatar-2022 mundialida yetakchi 10 nafar instruktor ro‘yxatiga kiritildi. Rossiyalik sobiq hakam va «Telegram» tarmog‘idagi «Ale, ref!» kanali muallifi Anatoliy Sinyayev hamyurtimizga murojaat qilib, futbolning eng ziddiyatli yo‘nalishiga bog‘liq eng muhim savollarni o‘rtaga tashladi. Shu tariqa qiziqarli tahliliy leksiya yuzaga keldi.

O‘ZI HAKAMLAR INSTRUKTORI NIMALAR BILAN SHUG‘ULLANADI?

- Bunga JCH-2022 misolida javob bersam, Qatarga turnir boshlanishidan 10 kun oldin yetib bordik. Kun tartibimiz ertalab soat 7:00da boshlandi. Kuniga maydonda hakamlar bilan 3-4 mahal mash­g‘ulot olib bordik. Bitta maydonda VAR hakamlari ishtirokida ishladik, ikkinchisida fitnes-mashg‘ulotlar olib borildi. Uchinchi maydonda esa hakamlar bilan o‘yinlarda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlar ko‘rib chiqildi. Ba’zan to‘rtinchi maydonda mini-o‘yinlar tashkil etildi. Amaliy mashg‘ulotlardan so‘ng turli mavzularni qamrab oladigan nazariy dars­larga navbat berildi. Kunning ikkinchi yarmida hakamlar VAR simulyatorlarida ishladilar. Kechqurun esa hakamlar bilan umumiy mashg‘ulotlar. Shuningdek, terma jamoalar bazalarida futbolchilarga ma’ruzalar o‘qidik, ularning o‘yin qoidalariga doir savollariga javob berdik, shu tariqa nimalar taqiqlangani yuzasidan umumiy tushuncha olishdi. Chempionat boshlangach, ertalabki mashg‘ulotdan so‘ng bir kun oldingi o‘yinlarda kuzatilgan bahsli vaziyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan debrifinglar tashkil etildi. Tushlikdan keyin barcha instruktorlar o‘zlariga biriktirilgan o‘yinlarga yo‘l olishdi. Aytish joiz, JCH tarixida ilk marta o‘yinlarda klassik nazoratchi xizmatidan voz kechildi. Ya’ni biz o‘yinlarni stadionlar emas, balki barcha televizion kompaniyalar joylashgan International Broadcast Center markazida kuzatdik. Bunda turli vaziyatlarni yozib oldik, tahlil qildik va ertalabki nazariy mashg‘ulot uchun videoqo‘llanma tayyorladik. To‘g‘ri, menga qolsa, nazoratchilar stadionlarda ishlashlarini yoqlayman. Chunki u yerda translyasiyaga tushmaydigan ko‘plab jihatlarni ko‘rish mumkin. Masalan, televizorda zaxira hakamining harakati kamdan-kam ko‘rinadi, u «ramka»ga tushmaydi, hisob. FIFA esa bu borada bosh­qacha yondashuvga ega, zero, JCH o‘yinida juda ko‘p kamera ishlatiladi, ular yordamida vaziyatlarni tahlil qilish imkoni bor.

JCHda HAKAMLAR SHAXSIY TAHLILCHILAR BILAN ISHLASHDI...

- JCHda tahlilchilar terma jamoalarni juda chuqur o‘rganishdi. Shu tariqa o‘yindan bir kun oldin hakamlar brigadasi ishtirokida ikki raqibning qanday o‘ynashi, nimalarga e’tibor qaratish kerakligi ko‘rib chiqildi, yana muayyan vaziyatlar yordamida alohida futbolchilarning fe’l-atvori ham. Qisqasi, hakamlarga katta ma’lumotlar to‘plami taqdim etildi: kim simulyasiyaga mo­yil, qaysi futbolchi referi qarorini noto‘g‘ri qabul qiladi, hattoki, darvozabon to‘pni o‘yinga qanday kiritadi va hokazo... Bu ma’lumotlar o‘yin borishini nazorat qilishda muhim. Shuning uchun ham hakamlar katta «syur­prizlar»ga duch kelishmadi, hisob.

MUXLISGA KO‘RINMAYDIGAN VAR HODISOTLARI

- Oddiy misol: VAR tizimida muntazam ishlaydigan hakamlar har bir bahsli vaziyatni izohlashga odatlanishgan. VAR talabi ham shu. Ular xulosani videoarbitrga tez, qisqa va lo‘nda yetkazadilar. Amaliyoti kam referi esa VAR bilan aloqada ikkilanishi mumkin: «Qoidabuzarlik yo‘q, shekilli, o‘ynashda davom etamiz...». VAR o‘z nav­batida, javob beradi: «Nimani nazarda tutyapsan: oyoqqa tashlanishnimi yoki kechikishni?» Chunki bitta vaziyatda turli rakurslari bo‘ladi va shu kichik detallar ko‘p narsani anglatadi. Shuningdek, tajribasiz hakam hushtak chalishga shoshilishi mumkin. Masalan, qo‘l bilan o‘yinni ko‘radi va shu zahoti hushtak chaladi. Aslida 1-2 soniya ushlashi kerak, chunki qo‘l bilan o‘yin qoidasi kriteriyalari ko‘p va hakamning shoshma-shosharligi yaqqol vaziyatni yo‘qqa chiqarishi hech gap emas. Deylik, tajribali hakam darvoza yaqinidagi qoidabuzarlikdan so‘ng vaziyatni yakunlash uchun 3-4 soniya beradi, chunki gol noto‘g‘ri urilsa, uni bekor qilish mumkin, hujumni qayta tiklash esa imkonsiz. Qisqasi, VAR lisenziyasini videoarbitr ham, referi hakam ham olishi shartligi bejiz emas.

VAR HAKAMLARIDA HAM CHIGILYOZDI MASHQLARI BOR!

- O‘yindan ikki soatcha oldin VAR tizimi taxt qilib qo‘yiladi. Hakamlar esa yarim soat davomida VAR-simulyatorida «isinib» oladilar. Bunda operator turli chempionatlardan olingan vaziyatlarni havola qiladi - penalti, qo‘l bilan o‘yin, «ofsayd»... Jarayonda vaziyatlar murakkablik darajasi bo‘yicha toifalarga bo‘linadi. Tajribasi kamroq hakamlarga hammasi qisman tushunarli oddiyroq vaziyatlar beriladi. Tajribali mutaxassislar aksincha, eng murakkab va chigal vaziyatlar ustida bosh qotirishadi. Masalan, gol urish uchun yaqqol imkoniyatni yo‘qqa chiqargan «ofsayd» holati yoki qizil kartochkaga tortadigan qo‘polliklarni ko‘rib chiqishadi. Hakamlar maydonga chigilyozdi mashg‘ulotlari uchun tushgan vaqtda esa VAR aloqasi tekshiriladi. Aloqa maydonning barcha burchaklarida borligiga ishonch hosil qilish uchun referi burchak bayrog‘iga qadar borishi shart. Futbolchilar chigilyozdi mashg‘ulotlariga kirishgani hamono VAR markazida ularni kuzatish boshlanadi: ana himoyachi, ana hujumchi, bunisi to‘p... Albatta, tizim chiziqlari tekshiriladi. Oddiy aytganda, videohakamlar ham ishga kirishishdan oldin faol tarzda «qizib» oladilar. VAR va referi o‘rtasidagi aloqa umuman uzilmaydi. Agar maydonda hech narsa sodir bo‘lmasa ham, tizim shartli ravishda aloqaga chiqib turadi: «Ref, hammasi joyidami? Qanday eshityapsan?» Zero, maydondagi hakam VARda uxlashmayotgani, hammasi nazorat ostida ekanligini tushunishi kerak. VAR tizimi uchun amaliy tajriba o‘ta muhim. Ha, zo‘r nazariyotchi bo‘lish va qoidalarni puxta bilish yaxshi. Ammo maydondagi amaliyotsiz VARda mukammal ishlash qiyin. Hakamlar va VAR mutaxassislari bir «qozon»da qaynashlari, bitta xonada shug‘ullanishlari, o‘yin manzarasi va futbolchilar bosimini birga his etishlari muhim. VAR markazida nima qilish kerakligini aniq tushunish uchun esa avvalo, barchasini maydonda sinab ko‘rish kerak. Shu joyda aytaman, har bir kuchli hakam ham VAR mutaxassisi bo‘lavermaydi. Tajribada ko‘p ko‘rganman: ba’zi referilar monitor oldida ishlashlarini eshitishlari bilan qaltiray boshlashadi.

VAR TIZIMIDA YASHIRIN ALOQA BORMI?

- Videohakamlar bayonnomaga qarshi o‘laroq, yashirin signal yordamida sariq kartochka bo‘yicha ham ko‘rsatma berishayotgani haqida gap-so‘zlar bor. Ehtimol, buni qonunlashtirish kerakdir? Bu masalada fikrlar xilma-xil. FIFA esa mutlaqo qarshi. Agar «sariq» holatini tekshirishga ruxsat berilsa, bu nimalarga olib kelishi mumkinligi ayon. Axir har bir burchak to‘pi, erkin zarba, «aut», qoidabuzarlikni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun FIFA bu borada juda ehtiyotkor. Bilasizmi, ba’zan hakam o‘yinni to‘xtatadi, rosa ikkilanadi, ke­yin kartochka ko‘rsatadi. Mutaxassislar bunday holatlarni ham muhokama qilishadi, albatta. Chunki aloqa to‘liq yozib olinadi, tinglanadi. Qisqasi, yashirin ko‘rsatma ochilmay qolishi qiyin. Umuman, o‘yin qoidalari va VAR yo‘riqnomasiga to‘liq rioya qilish yaxshiroqdir, baribir. Aks holda...

VAR QOIDALARI O‘ZGARISHLARGA MUHTOJMI?

- Bu borada ko‘p narsalar o‘ylab qo‘yilgan. Katta turnirlarda kuzatilgan ba’zi vaziyatlar qoidalarga tuzatishlar kiritishi hech gap emas. Masalan, JCH finalida Messi gol urishidan oldin argentinaliklar maydonga tushib ketishdi. Tushunish kerak, barcha qoidalar mukammal emas, qolaversa, hamma ularga qat’iy amal qilmaydi. Hozir VAR ikkinchi «sariq» holatiga aralashishi kerak-yo‘qligi yuzasidan munozara ketmoqda. Agar bunga ruxsat berilsa, ortidan katta savol tug‘iladi: nega birinchi «sariq» ko‘rib chiqilmadi? Ayniqsa, u noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa. Penalti tepish paytidagi qoidabuzarliklar haqida ham shu gap. Bu borada bitta qoida ko‘rsatilganiga qaramay, turli mamlakatlarda VARning ushbu jarayonga aralashuvi bo‘yicha alohida tavsiyalar mavjud. Ya’ni hamma yo‘riqnomada yozilgan qoida asosida ishlashga tayyor emas. Umuman olganda, VAR - yangi mavzu, futboldagi chaqaloq. Ko‘p narsa konfederasiyalar yoki milliy chempionatlar ichidagi kelishuvlarga ham bog‘liq. Dabdurustdan yo‘riqnomada qaysidir bandni o‘zgartirish taklifini ilgari surish qiyin. Bordiyu, katta turnirlarda nimadir yuz bersa, ishoning, yo‘riqnoma ham, qoidalar ham o‘zgaradi. Ayt­gancha, IFAB Rossiya mundialidan so‘ng bitta kuchli xulosa bergandi: «Agar VAR tizimi ishlamaganida, «pley-off» bosqichlarida butunlay boshqa jamoalarni ko‘rardik». Xullas, VARning yakuniy natijaga ta’sirini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. To‘g‘ri, oxirgi JCHga bog‘liq statistikalar hozircha oshkor qilinmadi.

Davomi "Interfutbol" gazetasining keyingi sonlarida.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:33, 21.05.2023. O'qildi: 935 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 6
4 Наполи Rasmus Xeylund 6
5 Ювентус Kenan Yildiz 6
6 Комо Anastasios Duvikas 6
7 Милан Rafael Leau 6
8 Интер Xakan Chalxanoglu 6
9 Болонья Rikkardo Orsolini 6
10 Торино Djovanni Simeone 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.