Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 20 42
2 Nasaf 19 40
3 Dinamo 20 38
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 19 25
9 Surxon 19 23
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 20 21
12 Xorazm 19 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

20-тур Sho‘rtan 3-3 Navbahor
20-тур So‘g‘diyona 1-1 Dinamo
20-тур Neftchi 3-0 Mash’al
20-тур Buxoro - Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

21/08/25 Buxoro - Qo‘qon-1912
22/08/25 Andijon - Paxtakor
22/08/25 Qizilqum - Bunyodkor
23/08/25 Surxon - Nasaf
23/08/25 OKMK - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2006 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 756 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.08.2025

      05:20 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Многоборье.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. Финал.
      10:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 13 в Лозанне, Швейцария.
      12:10 "Страна спортивная".
      12:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Группы. Многоборье. Прямая трансляция.
      13:00 "Сюрпляс".
      13:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Многоборье. Прямая трансляция.
      15:30 "География спорта". Норильск.
      15:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Группы. Многоборье. Прямая трансляция.
      16:30 "Культовые".
      16:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Многоборье. Прямая трансляция.
      19:00 Московские экстремальные игры 2025.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:30 "Тайны звёзд спорта".
      21:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      22:30 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины.
      23:45 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Группы. Многоборье.
      02:35 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Многоборье.
      04:45 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Группы. Многоборье.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway".
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Авангард" (Курск) - "Broke Boys" (Одинцово). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:10 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Текстильщик" (Иваново) - "Тверь". Прямая трансляция.
      23:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Магомед Анкалаев против Джонни Уокера.
      02:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 13 в Лозанне, Швейцария.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.08.2025

      06:00 Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. 1/2 финала.
      06:30 LIVE Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. Финал. Прямая трансляция.
      08:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      09:30 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 1.
      10:30 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      11:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      12:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 1.
      13:00 Парусный спорт. Гран-при. Этап 8 в Заснице, Германия. Обзор.
      14:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 16. Луанко - гора Лагос-де-Ковадонга.
      17:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 1.
      18:30 LIVE Велоспорт. Renewi Tour. Этап 2. Прямая трансляция.
      20:15 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 19. Логроньо - перевал Альто-де-Монкальвильо.
      21:30 Теннис. "Ролан Гаррос". Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Кори Гофф (США).
      23:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 3 эп.
      23:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 2.
      02:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 19. Логроньо - перевал Альто-де-Монкальвильо.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 19. Логроньо - перевал Альто-де-Монкальвильо.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

U-20 JCH: raqamlar nimalardandir ishora...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Boshqa rasmiy turnirlar / Yoshlar (U20) o‘rtasida JCh
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Uzoq Argentinada 20 yosh toifasidagi jahon chempionatida guruh bosqichi o‘yinlari deyarli yakunlanib qoldi. 1977 yili yo‘lga qo‘yilgan turnir tabiiyki, o‘ziga yarasha statistik to‘plamga ega. Deylik, yoshlar mundia­li tarixida Freddi Adu, Bebeto, Erling Xoland, Diyego Maradona, Lionel Messi va Xavi kabi katta yulduzlarga bog‘liq chiroyli faktlar ham bor. Demak, quyida raqamlar vositasida chempionat o‘tmishiga nazar solamiz.

27 - mahsuldorlik rekordi. 2001 yilgi jahon chempionatida mezbon - Argentina termasi raqiblar darvozasini  27 marta «o‘q»qa tutib, eng yuqori mahsuldorlikka erishgandi. Hozirga qadar boshqa biror jamoa bu natija yaqiniga ham borolmayapti.

16 - ushbu yosh toifasida jahon chempioniga aylangan shuncha futbolchiga keyinchalik bu yutuqni milliy terma jamoalar miqyosida ham takrorlash nasib etgan. U-20 toi­fasida zafar quchib, keyin kattalar o‘rtasida ham jahon kubogini boshlari uzra baland ko‘targan futbolchilar - Diyego Maradona (1979 yil), Bebeto, Dunga, Jorjinyo (1983 yil), Myuller, Taffarel (1985 yil), Dida (1993 yil), Iker Kasilyas, Karlos Marchena, Xavi (1999 yil), Lionel Messi (2005 yil), Anxel di Mariya (2007 yil), Alfons Areola, Pol Pogba, Florian Toven va Samuel Yumtiti (2013 yil).

14 - 2021 yilgacha bo‘lgan eng tezkor gol vaqti. U-20 toifasidagi jahon chempionati tarixidagi eng tezkor gollardan biri 1985 yilgi turnirda kuzatilgan. O‘shanda nigeriyalik Monday Odiaka Kanada termasi darvozasini o‘yinning 14-soniyasida ishg‘ol qilgan. Uning vatandoshi Jon Ovoeri esa 2005 yili 18-soniyada gol muallifiga aylangan. 

13 - eng yosh futbolchi ko‘rsatkichi. Irlandiya terma jamoasi vakili Jeyson Birn U-20 turniri tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchidir. U 1991 yili Janubiy Koreya jamoasi bilan o‘yin vaqti 13 yoshu 3 oylik bo‘lgan. Bu borada ikkinchi natija AQSH futbolida katta umid uyg‘otgan Freddi Aduga tegishli. Vaqtida futbol olamining eng sara yulduzlari qatoriga qo‘shilishi taxmin qilingan hujumchi 2003 yili 14 yoshu 6 oyligida Germaniya termasiga qarshi bahsda ishtirok etgan. 

12 - g‘alabali seriya. Argentina va Braziliya terma jamoalari ketma-ket 12tadan o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan - rekord. Bebeto, Dunga, Elber, Jorjinyo, Myuller, Taffarel va Sampayo kichik «selesao»ning 1983-1987 yillar oralig‘ida qatorasiga 12ta o‘yinda g‘alaba qozonishini ta’minlashgan. Argentina termasi esa 2001-2003 yillarda Maksi Rodriges, Andres D`Alessandro, Leandro Romanyoli, Xavyer Saviola, Xavyer Maskerano va Karlos Teves kabi bo‘lajak yulduzlar yordamida shunday seriya qayd etgan.

12 - JCH-2019 (2021 yil)dan o‘rin olgan Norvegiya - Gonduras o‘yinida 12:0 hisobi qayd etildi. Bu musobaqa tarixidagi eng yirik hisobli g‘alaba hisoblanadi. Eng qizig‘i, norvegiyaliklar shunday katta natija bilan ham guruh bosqichidan o‘ta olishmadi. U-20 turniridagi ikkinchi raqamli yirik hisob 1997 yili kuzatilgan: Braziliya - Belgiya - 10:0.

11 - bitta turnirda eng ko‘p gol. Argentinalik Xavyer Saviola 2001 yilgi kichik mundialda raqiblar darvozasini 11 marta nishonga olib, muayyan turnirda ko‘p gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. 1997 yili esa Braziliya termasi vakili Adailton 10ta gol bilan bosh to‘purarga aylangan. 

9,6 - eng tezkor gol. Senegallik Amadu Sanya Polsha-2019 (2021 yili) mundialida Taiti termasi darvozasini o‘yinning atigi 9,6-soniyasida nishonga oldi. U shu tariqa 20 yoshlilar chempionati tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi. 

9 - muayyan o‘yin to‘purari. Diqqat, darvozabonlarning bugungi «kushanda»si Erling Xoland 2019 yili Gonduras termasiga qarshi kechgan bahs­da norvegiyaliklar uchun naq 9ta gol urdi. Ehtimolki, bu rekord abadiy qolar... 

8 - murabbiylik rekordi. Les Shaynflyug Avstraliya yoshlar termasini ushbu yosh toifasidagi turnirga naq 8 marta olib borgan. Murabbiylar orasida ikkinchi yuqori natija Ispaniya termasi bilan 5ta musobaqani ko‘rgan Chus Peredaga tegishli. 

- turnirning amaldagi chempionlariga bog‘liq omadsiz seriya. Ha, oxirgi 7ta kichik mundialdan buyon amaldagi chempion jamoa saralashdan o‘tolmayapti. Bular - Argentina (2009), Gana (2011), Braziliya (2013), Fransiya (2015), Serbiya (2017) va Ukraina (2019, 2021). Eslatma, 2019 yili turnir koronavirus xuruji ortidan o‘tkazilmagan.

6 - chempionlik soni. Argentina yoshlar termasi tarixda 6 marta jahon chempioni bo‘lgan. Braziliya termasida esa 5ta «oltin» bor. Aytgancha, oxirgi 4ta turnirda (o‘tkazilmagani bilan) g‘oliblik Yevropa vakillaridan ort­madi, lekin bundan oldingi 10ta kichik mundialda «ko‘hna qit’a» hisobiga atigi 1ta «oltin» yozilgandi.

4 - darvozabon Yuriy Sivuxa maydonda o‘ynagan daqiqalari miqdoridan ko‘proq «seyv» ko‘rsatgan. U Tunis mundiali (1977 yil)da maydonda atigi 3 daqiqa  harakatlangan. Aniqrog‘i, Urugvay termasiga qarshi kechgan yarim final o‘yinining 119-daqiqasida zaxiradan tushgan sobiq ittifoq termasi kiperi penaltilar seriyasida 2ta zarbani to‘sib, jamoasiga final yo‘llanmasini tortiq etgan. Jamoa bosh murabbiyi Sergey Mosyagin finalda ham ushbu uslubni takrorlaydi, ya’ni qo‘shimcha bo‘limlar yakunlanishiga 2 daqiqa qolgan pallada Sivuxani «jang»ga tashlaydi. Qarangki, Sivuxa yana 2ta penaltini bartaraf etishdan tashqari, o‘zi ham gol urib, chempionlikka katta hissa qo‘shadi.

- g‘aroyib «kambek». Nigeriya termasi 1989 yili Saudiya Arabistonida tashkillashtirilgan mundial chorak finalida sobiq ittifoq jamoasiga 0:4 hisobida yutqaza turib, yakunda sensasion ravishda muvozanatni tiklaydi. U-20 chempionati tarixiga qarasak, boshqa biror holatda jamoalardan biri hattoki, 3ta gol kamomadini ham yo‘qqa chiqarolmagan. Yana bir tomoni, o‘yin tugashiga yarim soatcha vaqt qolgan pallada ham 4ta gol farqi bilan umidsiz yutqazayotgan Nigeriya termasi qandaydir 21 daqiqa oralig‘ida raqib darvozasini 4 marta nishonga olgandi. Asosiysi, nigeriyaliklar «Dammam mo‘’jizasi» nomini olgan o‘sha o‘yinni penaltilar seriyasi orqali o‘z foydalariga hal qilib, yarim finalga yo‘l olishgan. 

3 - bu yosh toifasidagi JCHda qatnashish bo‘yicha yuqori natija. Aniqroq aytsak, AQSH termasi yulduzi Freddi Adu (2003, 2005 va 2007 yillar) hamda Saudiya Arabistoni jamoasi vakili Abdulrahmon al Rumiy (1985, 1987, 1989 yillar) 3tadan turnirda ko‘rinish berishgan.

3 - U-20 toifasidagi 4ta chempionatda Argentina termasiga ustozlik qilgan Xose Pekerman 3ta urinishda oltin medalni ta’minlagan.

0 - U-20 chempionati tarixida biror jamoa xorijlik murabbiy qo‘l ostida g‘olib chiqmagan. Faqat ikki nafar legioner-murabbiy o‘z jamoa­sini finalga olib chiqqan: 1981 yili Evaristo de Masedo (Qatar termasi) va 1999 yili Filipp Trussye (Yaponiya termasi). Qatarliklar Germaniya termasiga yutqazgan bo‘lsalar, yaponlar ispaniyaliklarga bas kelolmaganlar hal qiluvchi bahsda. 

Bonus

127000 - 1991 yilgi kichik mundial finalini stadionda shuncha muxlis tomosha qildi. O‘shanda bosh sovrin uchun Portugaliya (mezbon) va Braziliya yoshlar termalari maydonga tushgandi. 127 ming muxlis - bu U-20 toifasidagi jahon chempionatining mutlaq rekordi! Manuel Rui Koshta, Luish Figu, Joau Pintu, Roberto Karlos, Paulo Nunyes va Jovanni Elber kabi bo‘lajak yulduzlar qatnashgan o‘yin mashhur Estadio da Luz arenasiga o‘tkazilgan, yakunda Karlush Keyrush boshqaruvida maydonga tushgan Portugaliya termasi penaltilar seriyasi bo‘yicha g‘alaba qozonib, qatorasiga ikkinchi marta chempionlikka erishgandi. Muxlislarning o‘rtacha tashrifi bo‘yicha esa eng yuqori ko‘rsatkich 1983 yili Meksikada tashkil etilgan kichik mundialda qayd etilgan. Bebeto, Dunga, Pol MakStay, Toni Polster, Oleg Protasov, Tab Ramos va Marko van Basten kabi istiqbolli yigitlar ishtirok etgan turnirning har bir o‘yini o‘rtacha hisobda 36099 muxlis to‘plagandi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:55, 28.05.2023. O'qildi: 4834 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
4 Насаф Husayn Norchayev 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.