Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real" Benzemaning o‘rniga kimlarni olib kelishi mumkin? Variantlar bilan tanishamiz

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bir necha kundan buyon Ispan OAVlarida "Real" hujumchisi Karim Benzema jamoa bilan shartnomasini uzaytirish fikridan qaytib qolgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Qayd etilishicha, 35 yoshli fransiyalik forvard Saudiya Arabistonidan 2 yilga 200 million yevrolik taklif olgan va bu taklif Karimni o‘ziga jalb qilmoqda. Agarda fransuz "qirollik klubi"dan ketishga ahd qilsa, Florentino Peres boshchiligidagi jamoa rahbariyati uning o‘rnini to‘ldirish uchun katta kuch va mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Keling, Benzemaning o‘rnini qaysi futbolchilar bilan to‘ldirish mumkinligi haqida bugun to‘xtalib o‘tamiz.

Xarri Keyn
Yoshi: 29
Klubi: "Tottenxem"
Transfer narxi: 90 million yevro

Angliya terma jamoasi va "Tottenxem"ning haqiqiy yetakchisi hisoblangan Xarri Keyn yoshi 29 ga kirgan bo‘lsa-da, klub miqyosida birorta sovringa ega chiqmagan. 2009 yildan buyon "shporlar" tizimida harakat qilib kelayotgan Keynning amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi. The Sun u bu shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida xabar berdi. Agarda bu ma’lumotlar rost bo‘lsa, Deniyel Levi boshchiligidagi "Tottenxem" rahbariyati kelasi mavsum Xarrini tekinga yo‘qotmaslik uchun yozda unga kelgan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. "Real"ga ushbu yo‘lda asosiy raqib "Manchester Yunayted" hisoblanadi. "Qizil iblislar"da ham xuddi "Real" singari markaziy hujumda jiddiy muammolar kuzatilmoqda. Keyn esa o‘sha muammolarni hal qilishi mumkin. Ortda qolgan mavsumda ingliz forvardi jami 49 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 32 bor yo‘l topdi va 5 bor assistentlik qildi.


Roberto Firmino
Yoshi: 31
Klubi: "Liverpul"
Transfer narxi: Erkin agent

"Liverpul"dagi 8 yillik mavsumidan so‘ng "qizillar"ni erkin agent maqomida tark etishi aniq bo‘lgan Roberto Firmino ham "Real" uchun variantlardan biri bo‘lishi mumkin, garchi Anchelottiga ushbu variant ma’qul kelayotgan bo‘lsa ham Florentino Peres hozircha Bobbiga shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Shuningdek, 31 yoshli braziliyalikni o‘z safida "Barselona", "Galatasaroy" va "Inter" kabi klublar ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Firmino hozirda takliflarni o‘rganib chiqmoqda. Ortda qolgan 2022/23 yilgi mavsumda Roberto 35 ta o‘yinda 13 ta gol urib, 5 bor sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan.

Xoselu
Yoshi: 33
Klubi: "Espanyol"
Transfer narxi: 6 million yevro

Xoselu "Real" uchun nisbatan eng arzon variant bo‘lishi mumkin. 33 yoshli hujumchi joriy mavsumda jamoasi "Espanyol" Segundaga yo‘l olgan bo‘lsa ham juda sermahsul o‘yin namoyish etdi. U kataloniyaliklar safida 38 ta o‘yinda 16 bor gol urgan va 2 ta assistentlik qilgan. Agarda "Real"da boshqa variant qolmasa, Xoseluni ijaraga olishi mumkin. Uning "Espanyol" bilan shartnomasida agar jamoa quyi ligaga ravona bo‘la, boshqa jamoaga tekinga ijaraga berilishi haqida band bor.

Lautaro Martines
Yoshi: 25
Klubi: "Inter"
Transfer narxi: 80 million yevro

Ortda qolayotgan mavsum argentinalik uchun tom ma’noda juda omadli o‘tmoqda, desak yanglishmaymiz. Dastlab, o‘z milliy jamoasi bilan Qatar yashil maydonlarida o‘tgan Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozongan Lautaro mavsum oxiriga kelib, "Inter" bilan YECHL finaliga qadar yetib bordi. Albatta, Lautaroning sovuqqonligi o‘z jamoalarining muvaffaqiyatlarida asosiy rollardan birini o‘ynamoqda. U aynan shu jihati bilan "Real" prezidenti Florentino Peresni o‘ziga jalb qilgan. Agarda "neradzurrilar" hujumchini sotishga tayyor bo‘lsa, "qirollik klubi" darhol unga o‘z "sovchilari"ni yuboradi. Taxminiy kelishuv 80-100 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Ammo futbolchining yoshi va o‘yiniga qarasak, Lautaro bu narxga arziydi. 55 o‘yin, 28 gol, 11 assist - 25 yoshli hujumchining joriy mavsumdagi statistikasi.

 

Abduburxon Mamajonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:13, 30.05.2023. O'qildi: 9613 marta. Fikrlar: 21 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик