Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tanishing, Gvardiolaning ishonchli tog‘i!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Chiki Begiristayn - «Manchester Siti»ning ko‘rinmas qahramoni. Shuningdek, futbol olamidagi eng taniqli sport direktorlaridan biri.

Aynan u Xosep Gvardiolani Manchesterga olib keldi va tog‘ni talqon qilishga qodir bo‘lgan buyuk tarkibni shakllantirdi. Hozirda Angliya va butun Yevropani titratayotgan Erling Xoland ham uning kashfiyotlaridan biri. Ulkan muvaffaqiyatlarga qaramasdan, Chiki doimo chetda yuradi. O‘ta kamtarin mutaxassis nomini «Siti»ning rasmiy hujjatlarida ham deyarli uchratmaysiz. Shu bois, Begiristayn shaxsi va faoliyati ko‘pchilik muxlislarga ma’lum emas. Bu kamchilikka chek qo‘yish payti keldi!

Chiki futboldagi faoliyatini «Real Sosyedad» klubida boshladi. Keyin Kroyffning «Drim-tim»ida Pep bilan yonma-yon to‘p surdi

«Uning juda uzoqqa bora olishiga fermer amakisi amin bo‘lgandi. Chunki bolakay sigir sog‘ishda ham, qo‘ylarni boqishda ham juda chaqqon edi. Chiki juda aqlli, har qanday ishni bir ko‘rishda o‘zlashtirib olardi», - deb yozgandi El Pais gazetasi.

Aql - Begiristaynning eng buyuk fazilati... «Barsa»ning sobiq o‘yinchisi va direktori Karles Reshak uning har qanday vaziyatga to‘g‘ri baho berishini juda ko‘p etirof etgandi.

Chiki 16 yoshida «Sosyedad» akademiyasiga kelib, 2 yildan keyin asosiy tarkibdan joy olgan va 6 yil jamoa sharafini himoya qilgan, Luis Arkonada, Xose Mariya Bakero va Xesus Mariya Samora kabi ko‘plab afsonalar bilan to‘p surgandi. 1987 yilda u jamoa bilan Ispaniya Kubogiga sazovor bo‘lgan, finalda gol urgandi. 1988 yilda Begiristayn Bakero va Luis Lopes Rekarte bilan Yoxan Kroyffning «Barsa»siga yo‘l oldilar. Tez orada navqiron Gvardiola ham akademiyadan safga qo‘shildi. Yangi jamoada chap qanot vingeri pozisiyasida maydonga tushgan Chiki hujumkorlik fazilatini ham namoyish etdi. Romarioga qadar jamoa markaziy hujumchisiz o‘ynagan bo‘lsada, Chiki va jamoadoshlari o‘z pozisiyalarini tez-tez almashtirish evaziga sermahsul to‘p surishdi. Natijada Begiristayn 4ta chempionlik, Yevropa Chempionlar Kubogi, Ispaniya Kubogi, Superkubogi va Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritdi. YECHLning 1994 yil finalida jamoa «Milan»ga yirik hisobda (0:4) imkoniyatni boy bergach, Chiki «Deportivo»ga yo‘l oldi, keyinchalik Yaponiyaning «Urava»sida faoliyatini yakunladi.

Nafaqada sharhlovchilik bilan shug‘ullangan Begiris­taynni 2003 yilda Joan Laporta «Barsa»ning sport direktori lavozimiga taklif etdi. Chiki esa avval Raykardni, keyin Gvardiolani olib keldi

Yangi asrning ilk yillari «Barsa» uchun omadsiz keldi, Joan Gaspar iste’foga chiqdi, uning o‘rnini Laporta egalladi. Shu tariqa Chiki yangi prezident bilan hamkorlikda asosiy e’tiborni yosh iqtidorlar tarbiyasiga qaratishdi. Lekin yuksak mahoratga ega bo‘lgan futbolchilarni xarid qilishdan voz kechishmadi. Maqsad raqobatbardosh jamoani shakllantirish edi. Dastavval Chiki Kroyffning tavsiyasi bilan bosh murabbiy lavozimiga Raykaard nomzodini taklif etdi. keyin Frank bilan bamaslahat «Barsa»ga Ronaldinyo, Edmilson, Eto`O, Jyuli va Larsson kabi o‘yinchilarni olib keldi.

Raykaard ilk mavsumdayoq La Ligada zafar quchdi, keyingisida YECHLda g‘olib chiqdi. biroq 2008 yilda jamoaning saviyasi pasayib ketdi. Frankning davri o‘tgani, jamoa yangi murabbiyga muhtojligini Chiki hammadan avval payqadi va e’tiborini 4-divizionda to‘p surayotgan «Barselona V» murabbiyi Xosep Gvardiolaga qaratdi. Pepning ish uslubi va izlanuvchanligi klub mutasaddilariga yoqib qolgandi. Oxir-oqibat, Laporta Gvardiola va Mourinyo variantidan o‘z vatandoshi nomzodini tanladi. Chunki Pep shu jamoada o‘sib-ulg‘aygan, uning barcha ikir-chikirlaridan yaxshi xabardor edi. Gvardiola hanuzgacha Begiristayndan minnatdor: «Chiki - murabbiylik faoliyatimdagi eng muhim shaxs. Hozir ko‘pchilik menga ikkilanmay ishonch bildiradi. U esa bu sohaga kelishimdan avval menga ishonardi. Shu maqomga u tufayli erishdim, undan bir umrga qarzdorman».

Laporta Chikidan hayratda

Intervyularidan birida Laporta Begiristaynni «Barsa» prezidentligiga eng munosib nomzod sifatida e’tirof etgandi: «Hamma gap shundaki, u o‘z kasbining fidoyisi, doimo sog‘lom fikr asosida qaror qabul qiladi. Bu masalada hech kimning aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi».

Biroq Chiki faqat transferlar bilan cheklanib qolmagan, u Kroyffning «Barsa»sida o‘ynagan va shu uslubning ashaddiy shaydosi edi: «Chiki - futbolni mukammal tushunadi va biz istagan uslubni yaratishga intiladi. Qo‘shimchasiga, u halol va rostgo‘y inson».

Raykaardning 4-2-3-1 sxemasi ish bermasligi va Kroyffning 4-3-3 uslubiga qaytish kerakligini aynan Chiki taklif etgandi. Begiristayn og‘ir damlarda ham rejasidan voz kechmadi. «O‘yinimiz muxlislarga, hatto raqiblarimizga ham juda yoqadi. Bizdan yengilgan (0:1) «Liverpul» ham buni tan oldi. To‘g‘ri, rivojlanish uchun o‘qish, o‘rganish talab etiladi. Lekin biz o‘z uslubimiz, g‘oyamizdan voz kechmaymiz», - degandi Chiki 2007 yilda.

Keyin navbat Gvardiolaga keldi va Pep o‘z uslubini namoyish etdi.

Chikini «Siti»ga Soriano olib keldi

Barselona, Nyu-York, Belgiyada tahsil olgan va magistr unvoniga ega bo‘lgan, katalon, ispan, ingliz, italyan, fransuz va portugal tillarini biladigan Ferran Soriano 2003 yilda «Barsa»ga kelgandi. Uning 5 yillik faoliyati davrida klubning daromadi 123 mln. yevrodan 308 mln.ga ko‘tarildi, 73 millionli zarar 88 millionli foydaga aylandi. Chikining barcha rejalari moliya sohasining bilimdoni bo‘lgan Ferran tufayli ro‘yobga chiqdi. 2012 yilning sentyabrida Soriano «Manchester Siti»da bosh direktor lavozimini egalladi. Shayx Mansur unga tejamkor iqtisodiy bosh­qaruv va yuksak natijalarni ta’minlaydigan loyiha yaratish vazifasini yukladi. U esa klub sohibidan jamoani o‘z odamlaridan shakllantirishga izn so‘radi.

Begiristayn «Siti» bilan shartnoma imzolashdan avval Abu-Dabiga uchib, shayx Mansurning o‘ng qo‘li bo‘lgan Xaldon al Muborak bilan uchrashdi. Xaldon «Siti»ning raisi lavozimiga tayinlangan va Sorianodan yuqori turuvchi yagona amaldor edi. U «Barsa»ning ashaddiy muxlisi bo‘lgani sababli, sportga oid barcha vakolatlarni Chikiga topshirdi. Soriano-Begiristayn juftligi shakllangach, tez orada Gvardiola ham Manchesterga kelishi muqarrar bo‘lib qoldi. Shu bois, duet Pepning kelishiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Masalan, klub De Bryuyne, Sterling va Fernandinyo kabi o‘yinchilarni aynan Gvardiola uslubiga mos kelganliklari uchun xarid qilib qo‘ygandi. Keyin Chiki sobiq jamoadoshiga Erling Xolandni sovg‘a qildi.

Chikiga oid faktlar: oliy ma’lumotga ega emas, katalon tilini avtotiqinlar chog‘ida o‘rgangan, irimchi, Manchesterda Pep bilan res­toran ochgan

• Katalon tilida gapirgani uchun muxlislar uni hurmat qiladilar. Aytishicha, bu tilni Barselonadagi avtotiqinlar paytida radio tinglab o‘rgangan ekan.

• Chiki - o‘ta irimchi inson. Bir mavsumda 6ta sovrinni qo‘lga kiritganida «Barsa» sovg‘a qilgan soatni hech qachon qo‘lidan olmaydi.

• Chiki menejerlik ixtisosiga ega emas: «Buning uchun meni tanqid qilishgan, kiyinish xonasidagi 20 yil tajriba menga yordam beradi. Jamoani boshqarish - futbolkalar savdosi bilan shug‘ullanish emas. Kiyinish xonasi - o‘zgacha olam», - degandi u tanqidga javoban.

• 2018 yilda Chiki Gvardio­la va Soriano bilan hamkorlikda Manchesterda Kataloniya taomlari restoranini ochdi. Taomlarning mazaliligi va sifati bosh oshpaz Pako Peres zimmasida.

• Begiristaynni o‘ta kamtarin, shuningdek, emosional inson sifatida ta’riflashadi. 1992 yilda «Barsa» qitalararo Kubok musobaqasi munosabati bilan Yaponiyaga kelganida, Chiki Vitsge bilan bir xonaga joylashgandi. O‘shanda ular TV orqali «O‘zga sayyoralik» filmini yosh bolalardek ho‘ngrab yig‘lash bilan tomosha qilishgan ekan.

•  «Chiki tanlagan o‘yinchining transferi 80 foizga hal bo‘ldi, deb hisoblayvering», - deydi Pep sobiq jamoadoshi haqida.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:07, 05.06.2023. O'qildi: 3849 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.