Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kanselu – unikum yoxud bir mavsumda ikki mamlakat chempioni bo‘lgan futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joau Kanselu bir mavsumda ham Germaniya chempioni va ham Angliya chempioni bo‘ldi...

 Portugaliyalik himoyachi «Manchester Siti» uchun 17 o‘yin o‘tkazdi, qishda esa ijara huquqi bilan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi. Bundesligada 29 yoshli futbolchi 15 uchrashuvda masdonga tushdi, Dortmundning «Borussiya» klubi bilan oltin uchun «epik jang»da ishtirok etdi. Bir mavsumda ikkita milliy chempionat bosh sovrini - bu kamdan-kam uchraydigan yutuqdir. Quyida yana qaysi futbolchi bunday noyob natijaga erishganini eslab ko‘ramiz.

Ivisa OLICH - Xorvatiya chempioni 2002|2003 va Rossiya chempioni 2003

Hujumchi 2002 yilning yozida Zagrebning «Dinamo» klubiga o‘tdi. Olich Xorvatiya chempionati to‘purariga aylandi - 21 o‘yinda 16ta gol. «Dinamo» chempionlikni qo‘lga kiritdi, Ivisa esa yana bir chempionlik uchun Rossiyaga ketdi. Olich o‘sha paytda ligadagi eng qimmat transfer bo‘lgandi. Armiyachilar forvard uchun 5 million yevro to‘lashdi. Xorvat SSKAga RPLda birinchi oltin medalni qo‘lga kiritishiga katta yordam berdi: 10 o‘yinda ishtirok etib, 7ta gol urdi. 2005 va 2006 yillarda ham Ivisa klubiga yana ikki marta chempionlik nashidasini surishda yordam berdi, so‘ngra «Gamburg»ga yo‘l oldi. 2021 yilning bahorida Olich SSKAga bosh murabbiy sifatida qaytdi. Biroq, xorvat o‘z lavozimida uzoq vaqt qolmadi: iyun oyida klub bilan shartnomasini bekor qildi. Keyinchalik esa muvaffaqiyatsizlikda bosh direktor Roman Babayevni aybladi.

Devid Bekxem - MLS (2012),  Fransiya (2012|2013)

Afsonaviy ingliz yarim himoyachisi futbolchilik faoliyatini chiroyli tarzda yakunladi. So‘nggi mavsumda Bekxem «Los-Anjeles Galaksi» bilan MLSda ketma-ket ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi, so‘ngra yarim yilga Parijga yo‘l oldi. «PSJ» bilan Devid Liga 1da ham g‘alaba qozondi: 10ta o‘yinda qatnashib, 2ta assist qayd etdi. Bekxem «Park De Prens»dagi so‘nggi uchrashuvini «Brest» bilan (3:1) chiroyli o‘tkazdi. 78-daqiqada uning o‘rniga Esekyel Lavessi maydonga tushadi. O‘sha lahzada ingliz afsonasi atrofini ikkala jamoa o‘yinchilari o‘rab olishadi, u esa ko‘z yoshlarini ushlab turolmadi. Bekxem muxlislar hayqirig‘i ostida bir necha daqiqa maydonda qolib ketdi. XXI asrning eng mashhur futbolchilaridan biri uchun ajoyib final.

Daniel Amarti - Daniya (2015|2016), Angliya (2015|2016)

Ganalik futbolchi «Kopengagen» tarkibida ikki yil o‘ynadi. Jumladan, 2015|2016 yilgi mavsumning birinchi qismini ham Amarti Daniya klubida o‘tkazdi. Poytaxt jamoasi mavsum yakunida chempionlikka erishdi. 2016 yilning yanvarida esa u sensasion tarzda APL g‘olibligini qo‘lga kiritgan «Lester»ga ko‘chib o‘tadi. Demak, afrikalik himoyachining ikkala klubi ham o‘z chempionatlarida oltin medalni qo‘lga kiritadi. «Lester» uchun Amarti atigi 5ta o‘yin o‘tkazdi (jami 100 daqiqa), ammo baribir medalni qo‘lga kiritdi. Daniel hamon «tulkilar» safida o‘ynaydi, ammo jamoasi kelasi mavsum Chempionshipda ishtirok etadigan bo‘ldi.

Leandro Paredes - Rossiya (2018|2019), Fransiya (2018|2019)

Ro‘yxatdagi yana bir RPLda o‘ynagan futbolchi. Paredes «Zenit» asosiy tarkibidan muqim o‘rin egallaydi. Argentinalikyarim himoyachining mahoratiga Yevropaning top-klublaridan biri «PSJ» qiziqib qoladi. Paredes ham fransuz grandi taklifini rad etolmadi, «Zenit» esa mo‘may daromaddan qocholmasdi. Peterburgliklar Leandroni 23 million yevroga sotib olishgandi va 40 million yevroga pullashdi - ajoyib biznes! «PSJ»da Paredes tezda boshlang‘ich o‘yinchiga aylandi va klubga Liga 1da oltin medalni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Shu bilan birga, «Zenit» argentinalik sotuvdan tushgan pulga kuchaydi (Vilmar Barrios, Sardor Azmun va Yaroslav Rakiskiylarni sotib oldi) va Rossiya chempioni bo‘ldi. Bir mavsumda ikkita oltin medal - Leandroni xursand qilmay quymaydi, har holda.

Takumi Minamino - Avstriya (2019|2020), Angliya (2019|2020)

Yaponiyalik vinger «RB Zalsburg»da uzoq vaqt davomida o‘ynagan, 2019|2020 yilgi Chempionlar Ligasida esa chindan ham porlagandi. Avstriyaliklar «Liverpul» bilan «Enfild»dagi o‘yinda raqibni ko‘p asabiylashtirgandi. To‘g‘ri, mezbonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo Minamino mersisaydliklarni har soniyada hushyorlikda turishga majbur etdi. Va o‘yindan uch oy o‘tib, yapon iqtidori «Liverpul»ga keldi. Inglizlar o‘sha yili 30 yil kutilgan chempionlikni tantana qilishadi. Shu bilan birga, «RB Zalsburg» Avstriyada navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirdi.

Alvaro Odriosola - Ispaniya (2019|2020), Germaniya (2019|2020)

Zaxira futbolchisining bir mavsumda ikkita top-klub tarkibida chempion bo‘lishi - bu yorqin voqea. Odriosola hech qachon «Real»ning muhim o‘yinchisi hisoblanmagan. 2019|2020 yilgi mavsumning birinchi qismida u La Ligada atigi 4ta uchrashuv o‘tkazdi. 2020 yilning yanvar oyida Alvaroni «Bavariya» ijaraga oldi. Bundesligada Odriosola bundan ham kamroq o‘ynadi - 3ta. Ammo bu unchalik muhim emas, chunki natijada himoyachi bir mavsumda ham Ispaniya, ham Germaniya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, 2019|2020 yilgi mavsumda Odriosola «Real» bilan Ispaniya Superkubogi, «Bavariya» bilan esa Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasini ham qo‘lga kiritdi. Muvaffaqiyatli segment!

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:00, 06.06.2023. O'qildi: 2731 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.