Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • 1:1
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • 2:3
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • 2:2
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 9 19
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Lokomotiv 9 14
7 Nasaf 9 12
8 Xorazm 8 12
9 OKMK 9 12
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Dinamo 9 8
14 Andijon 8 7
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor
9-тур Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
9-тур Nasaf 2-3 Lokomotiv
9-тур Dinamo 2-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLning eng sermahsul o‘yinchilaridan biri 105 millionni oqlashga tayyor! (statistik yondashuv)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Deklan Rays Mikel Arteta jamoasini yangi bosqichga olib chiqadimi?

"Arsenal" Deklan Raysni Londonga ko‘chirish istagini yashirmadi, chunki Mikel "Manchester Siti"ni Premyer-liga taxtidan tushirish uchun o‘z safini kuchaytirmoqchi. Bu juda katta summaga tushdi, ma’lumotlarga ko‘ra, 100 million funt kafolatlangan, qo‘shimcha 5 million funt bonus "Vest Xem"ning cho‘ntagiga tushadi va hozirda eng katta bahs Rays bunga arziydimi yoki yo‘qmi?

Birinchidan, u to‘pni mukammal nazorat qiladi. Rays olti yilni "Vest Xem"da asosiy jamoa o‘yinchisi sifatida o‘tkazdi. 2017-18 yilgi debyut mavsumida u Premyer-liganing 26 o‘yinida maydonga tushdi va 90 daqiqada o‘rtacha 4,6 marta to‘p uchun kurashda g‘alaba qozondi, asosan markaziy himoyachi sifatida. Keyingi mavsumda, u yarim himoyaga o‘tganida, bu ko‘rsatkich 8,6 taga, 2022-23-yilda esa 9,2 taga ko‘tarildi. U o‘tgan mavsumda 334 marta to‘pga egalik qilgan holda ligada eng yaxshisiga aylangandi. Rays shuningdek, mavsumni eng ko‘p marta to‘pni olib qo‘yish borasida ham peshqadam sifatida yakunladi. Uning 63 ochkosi Idrissa Guye, Sheyka Dukore va Moyzes Kaycedo (barchasi 56)dan 7 ballga ko‘p.

U mukammal himoyalana oladi va 2022-23-yilgi mavsumda ligada atigi 20 marta raqiblarining driblingini o‘tkazib yuborgan, bu o‘rtacha har bir o‘yinga 0,6 tadan to‘g‘ri keladi. Bu Kaysedo (0,8), Rodri, Bruno Gimaraysh (ikkalasi ham 0,9), Tomas Parti (1,0), Guye (1,0) dan yaxshiroq edi. 2022/23-yilda APLda “Arsenal” safida kamida 500 daqiqa to‘p tepgan markaziy yarim himoyachilarning hech biri Raysdan (88,0%) yaxshiroq uzatma aniqligiga ega bo‘lmagan, hech biri u qadar ko‘p to‘pni olib qo‘ymagan (90 daqiqa davomida 1,7 ta) va hech kim bunchalik ko‘p long bollarni (6.1) bajarmagan. Rays butun mavsum davomida maydonda 3272 daqiqani o‘tkazdi, bu istalgan "Arsenal" yarim himoyachisidan ko‘p degani. Darhaqiqat, u o‘zining so‘nggi besh mavsumining har birida kamida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi, demak, asosiy jamoada formasini saqlab qolish uchun unga ishonish mumkin.

Taqqoslashlarimizga ko‘ra, Yevropaning top-5 ligasidan o‘tgan mavsumda Raysning profiliga eng yaqin futbolchi bu yozda “Arsenal”ni tark etishi mumkin bo‘lgan Parti bo‘lgan. Taqqoslashlarga ko‘ra, Partining samaradorligi Raysning natijasi bilan deyarli o‘xshash – 87,3%. Demak, Rays ganalik futbolchining o‘rnini egallashi mumkin, ammo agar "Atletiko Madrid"ning sobiq o‘yinchisi jamoada qoladigan bo‘lsa, ular juda qiziqarli juftlik hosil qilishlari mumkin.

Raysning o‘tgan mavsumdagi eng esda qolarli lahzalaridan biri UEFA Konferensiyalar Ligasi chorak finalining "Gent"ga qarshi o‘yinida (4:1) urgan ajoyib goli bo‘ldi, o‘shanda u o‘z jarima maydonidan yugurishni boshlab, mezbonlarning yovvoyi muxlislari qarshisida gol urish bilan vaziyatni yakunlagandi. Shundan so‘ng, Rays BT Sportga shunday dedi: "Men bu pozisiyalarda to‘p bilan kurashganimda o‘zimni yaxshi his qilaman. Himoyachilarga duch kelganimda va aldashish uchun joy bo‘lsa, o‘zimni ajoyib his qilaman".

Uning hujum epizodlaridagi ishtiroki ham o‘z jamoadoshlari ichida tengsiz edi, o‘tgan mavsumda Rays Premyer-ligada 138 marta hujumlarda ishtirok etdi, bu "Vest Xem" o‘yinchilari orasida eng ko‘pidir. Faqat Said Benrahma (47) va Jarrod Bouen (35) ligada Raysdan ko‘ra ko‘proq ochiq zonada xavfli vaziyatlar yaratdgan. Rays "Vest Xem"ning birinchi raqamli to‘p uzatuvchisi hisoblanadi, u o‘tgan mavsumda jamoadoshlaridan deyarli ikki baravar ko‘p pas berdi. Haqiqatan ham, uning 2083 ta uzatmasi butun liga himoyachilari orasida faqat Rodri, Pyer-Emilb Xyoyberg va Kaysedodan keyingi o‘rinda turadi, Devid Moyes jamoasini to‘pga egalik qilishda master deb hisoblamasak, bu juda ajoyib natijadir. Faqat “Nottingem Forest” va “Bornmut” jamoalari to‘pga egalik qilish darajasi bo‘yicha “Vest Xem”dan orqada – 41,4%.

Bu uning to‘pni doim behuda berib yuborishini anglatadimi? Yo‘q. Rays o‘z uzatmalarining 88,1 foizini aniq bajaradi, bu esa kamida 1000 ta uzatmani aniq amalga oshirgan sakkizta yarim himoyachilar qatorida deganidir. Shuningdek, yarim himoyachilar orasidan faqat Bruno Fernandesh (633) va Rodri (624) Raysdan (607) ko‘proq oldinga uzatmalar beradi. U to‘pni olib yurishni ham yaxshi ko‘radi. Yarim himoyachilar orasida faqat Rodri o‘tgan mavsumda Raysga (597) qaraganda Premyer-ligada ko‘proq (702) to‘pni xavfsiz olib yurgan. 24 yoshli futbolchi faoliyatida navbatdagi qadamni qo‘yishga tayyor va "Arsenal" unga shunday ishonch ko‘rsatib, klubning rekord to‘lovini amalga oshirgani uchun, Deklanga qo‘yiladigan shartlar ham ko‘p. "Vest Xem"dagi vaqtini munosib yakunlab, Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan Rays endi sovrinlar uchun muntazam kurashish, Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyatiga ega.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:51, 05.07.2023. O'qildi: 2881 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
5 Нефтчи Stipe Perisa 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик