Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brayton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Yangi mavsum startini jarohat sababli kimlar o‘tkazib yuborishi kutilmoqda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Jarohatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliya Premyer-ligasi bir necha hafta oldin 2023-24 yilgi mavsum uchun taqvimni taqdim etgandi. Mavsumoldi o‘yinlariga ham hademay start beriladi. Bu uchrashuvlarda futbolchilar o‘z sport formasini tiklab olishlari mumkin bo‘ladi. Ammo ayrimlar jarohati sababli iyul va avgust oylarida maydonga tusha olmasligi mumkin. Quyida shunday nomlar haqida so‘z boradi.

Kevin De Bryuyne

"Manchester Siti" yangi mavsumni nisbatan erta boshlashi kutilmoqda. Negaki, Gvardiola jamoasi avgust avvalida Angliya Superkubogi uchun "Arsenal" bilan to‘qnash kelishi kerak. Bu o‘yinda "shaharliklar" sardori Kevin qatnasha olmaydi. U YECHLda olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘la olmasligi mumkin. Belgiya terma jamoasi a’zosi mavsum avvaligacha tiklana olmaydi. Negaki, 32 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumning oxirgi ikki oyini jarohati bo‘lsa ham o‘ynab o‘tkazgandi. Bu haqida jurnalistlarga De Bryuynening o‘zi aytgan.

Benua Badiashile

"Chelsi"ga olib kelinganiga bir yil bo‘lganiga qaramay, Badiashile faqatgina 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. U kelayotgan mavsum avvalini ham jarohati sababli o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Himoyachi chov sohasidan jiddiy shikast olgan va 4 oygacha maydonga tusha olmaydi.

Rodrigo Bentankur

O‘tgan mavsumda Bentankurning yo‘qligi, "Tottenxem"ning kuchli to‘rtlik uchun kurashida katta muammolarga sabab bo‘lgandi. Fevral oyida "shporlar"ni to‘rtinchi o‘rindan bor-yo‘g‘i 2 ochko ajratgan bo‘lsa, Bentankur jarohat olganidan keyin, mavsum 8 pog‘onada yakunlandi. 26 yoshli yarim himoyachi oyog‘ida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Shu sabab noyabrga qadar qayta olmaydi.

Maykl Olise

"Kristal Pelas" hujumchisi Fransiya yoshlar terma jamoasi safida jarohat orttirib oldi. Shu sabab yangi mavsumning avvali usiz o‘tishi mumkin. Uni yo‘qotish "burgutlar" uchun katta muammo. Negaki, Vilfrid Zaa ketmoqda. Shu sabab jamoaga hujumchi kerak.

Andreas Pereyra

Braziliyalik pleymeyker "Manchester Siti" bilan ikkinchi davra o‘yinida to‘pig‘idan jarohat oladi. Shundan beri uni maydonda ko‘rmadik. Pereyraning bir oy ichida tuzalib qaytishi so‘roq ostida turibdi.

Aleks Moreno

Moreno qishki transferlar oynasida "Real Betis"dan sotib olingan edi. Himoyachi tezda APLga moslashib, "Aston Villa"ning muhim o‘yinlarida qalqon vazifasini o‘tadi. 37 turda "Liverpul" bilan kechgan bahsda, ispaniyalik jarohat olgandi. Shu sababli jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. 30 yoshli futbolchi endi mavsumoldi o‘yinlari paytini ham davolanib o‘tkazadi.

Stefan Baychetich

"Liverpul" Baychetichning jarohatini yengillatishga harakat qilmoqda. 18 yoshli pleymeyker mart oyidan beri davolanmoqda. U mersisaydliklar bilan mavsumoldi o‘yinlariga boradi. Ammo maydonga tushish masalasi bahsli bo‘lib turibdi. Bu haqida Klopp shunday degandi: "Yangi mavsum avvalida uni qaytarishni o‘ylayapmiz. Ammo rejamiz amalga oshishiga kafolat yo‘q. Ikki oysiz u to‘liq mashg‘ulotda qatnasha olmaydi. Hozircha bor gap shu".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:30, 06.07.2023. O'qildi: 2338 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик