Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 48
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 40
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Sanderlend 26 37
11 Nyukasl 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Brayton 26 32
14 Kristal Pelas 26 32
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Arsenal" 2022 yilda qo‘ldan chiqargan futbolchilar: ular kimlar edi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2022-23 yilgi mavsum "Arsenal" muxlislari xotirasida abadiy yashaydi. Mikel Artetaning yosh va yorqin shogirdlari "Manchester Siti"ga kutilmaganda poyga taklif etgan edi. Ha, to‘pchilar oxirida baribir muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Ammo hech qachon kech bo‘lmaydi. Yangi mavsumda ham "Arsenal" yanada kuchliroq tarkib bilan kurashga kirishi kutilmoqda. O‘tgan yozgi xaridlar bo‘lgan Jezus va Zinchenkolar jamoaga katta o‘zgartirishlar kiritdi. Ammo bu yetarli emasdi. Arteta yanada ko‘proq nishonlarga ega bo‘lgan. Quyida o‘tgan yoz uchun yana kimlar londonliklar ro‘yxatidan joy olganini bilib olasiz.

Lisandro Martines

"Ayaks" sport direktori Edvin van der Sar shunday degandi: "Lisandro Martines uchun  "Arsenal" ancha erta harakat boshlaydi. Biz esa uni saqlab qolishga qaror qilgandik. "MYU" bilan biroz boshqacharoq ish tutdik. Yillar davomida bu jamoa bilan yaxshi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. Men "Ayaks" uchun eng yaxshi qarorni qabul qildim".
Shunday qilib, argentinalik "qizil iblislar" safiga yo‘l oldi. U uchun "MYU" 57 million funt to‘lab bergandi. "Arsenal" esa Vilyam Saliba bilan mudofaani mustahkamladi.

Rafinya

"Deko menga Rafinya doimo "Barselona"ga o‘tishni istaganini aytgandi", – deydi "Arsenal" sport direktori Edu. "Lids Yunayted" o‘tgan yozda o‘z vingeri uchun "Arsenal" va "Chelsi"dan kattaroq takliflar olgandi. Ammo yakunda futbolchi xohlagan narsa bo‘ldi: u La-ligaga ketdi. Chempionlik mavsumida Rafinya Xavi jamoasida 7 ta gol va shuncha assist muallifi bo‘ldi. 26 yoshli hujumchi o‘z harakatlari bilan tanqid qilindi.

Yuri Tilemans

Balki "Arsenal" chindan istaganida, Tilemansni sotib olgan bo‘lardi. Negaki, belgiyalik yarim himoyachi "Lester"da atigi 1 yillik shartnomaga ega edi. 26 yoshli futbolchi hozirda erkin agent sifatida "Aston Villa"ga yo‘l oldi. Uning jamoasi o‘tgan mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, APLni tark etgandi.

Kodi Gakpo

2022 yilning yozida Gakpo atrofidagi gap-so‘zlar tinmagandi. Hujumchi yangi mavsumda jamoasini o‘zgartirmadi. Hammasi Qatardagi mundialgacha kechdi. Jahon chempionatidan qaytgach, Gakponi "Liverpul" sotib oldi. Unga "Arsenal", "MYU" va hatto "Lids" ham qiziqish bildirgan edi. Klopp hali hujumchiga o‘zi istagan o‘yin vaqtini taqdim etgani yo‘q. Hammasi to‘liq mavsumda ma’lum bo‘ladi.

Mussa Diabi

Fransiya terma jamoasi a’zosi tez-tez "Arsenal" nazarida ekani aytiladi. Hozir ham ayni shu hol qaytalanmoqda. Bundan bir yil oldin ham shunday edi. Ammo hujumchining o‘zi bu xabarlarni rad etib, shunday degandi: "Men allaqachon qaror qabul qilib bo‘lganman. Keyingi mavsumda ham "Bayer Leverkuzen"da harakat qilaman".
23 yoshli futbolchi gapida turdi va o‘z o‘yinini yangi darajaga olib chiqdi. Hozirda unga da’vogarlar ko‘p. Ular ichida "Arsenal" ham yo‘q emas. Vaziyat esa har daqiqada o‘zgarib ketishi mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:50, 10.07.2023. O'qildi: 2702 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Челси Joao Pedro 10
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.