Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Milan»da qayta qurish jarayoni

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Iyunning ilk kunlarida «Milan» muxlislarini unchalik xursand qilmagan voqea yuz berdi - Paolo Maldini va Federiko Massaralar o‘z lavozimlarini tark etdilar.

Tizimning oliy bo‘g‘inidagi bu ikki menejerlar jamoaning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlariga salmoqli hissa qo‘shgan edilar. Mazkur o‘zgarish ko‘pchilik uchun kutilmagan, ayrimlar uchun shokka sabab bo‘lgan, lekin rejalashtirilgan ayriliq edi. Klub sohibi shunchaki, mavsum tugashini kutayotgandi.

Qaror qachon qabul qilingan?

2022 yil noyabrida Jorjio Furlani Ivan Gazidis o‘rnini egallagandan keyin qabul qilingan bo‘lsa kerak. Aynan shu o‘zgarishdan keyin Maldini va Massara klub tizimida qola olmasdilar. Keling, yaxshisi, Furlani kim va nima uchun u klub boshqaruvini o‘z tasarrufiga olganiga aniqlik kiritib olaylik.

Jorjio Furlani kim?

Bu borada ma’lumotlar juda kam, u OAV bilan deyarli muloqot qilmaydi, shu yilning may oyida ilk bor The Athletic nashriga intervyu berdi. Jorjio 1979 yilda tug‘ilgan, «Milan» muxlisi, klub direktorlar kengashining sobiq a’zosi va Elliott kompaniyasining menejeri. Furlani Milanda tug‘ilib, ulg‘aygan. Iqtisodiyot va moliya sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotni Bokkoni nomidagi Tijorat universitetida olgach, magistr unvoniga ega bo‘lish uchun Garvardga yo‘l oldi. Keyin bir qator kompaniyalarda tahlilchi lavozimida ishladi. 2010 yilda Jorjio Elliott tizimiga o‘tib, uning Italiyadagi faoliyatida ishtirok etdi. Shuningdek, «Milan»ning xitoyliklar tomonidan xarid qilinishi va «Elliott»dan kredit olinishida muhim rol o‘ynadi. 2018 yil iyulidan menejerning hayoti yoshlik ehtiroslariga qorishib ketdi. Furlani - «Milan»ning ashaddiy muxlisi, ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlarda hatto uning farzandlari ham «rossonerlar» libosini kiyib olishgan. 2018 yilda «Elliott»dan «Milan» direktorlar kengashiga yo‘llangan menejer klubdagi turli muammolarni hal etishda ishtirok etdi: transfer kampaniyasidan tortib UYEFA bilan munosabatlar va yangi stadionga oid g‘oyagacha. Ha, yangi stadion - voz kechib bo‘lmaydigan g‘oya.

Muxlisdan chiqqan menejer, milanlik va asl italyan, shu bilan birga, futbol industriyasini to‘liq tushunadigan mukammal mutaxassis. Futbol jamoalarini u mediakompaniyalar sifatida tasavvur qiladi, qat’iy byudjet intizomi va barqarorlikka asoslangan holda eng serdaromad yo‘llarni axtaradi. «Milan» uchun yil davomida muntazam daromad beradigan, ko‘p funksiyali o‘z uyiga ega bo‘lish zarurati shu bois yuzaga keldi. Hatto Armani, Versace va Prada kabi mashhur brendlar tufayli Milan xalqaro modalar poytaxtiga aylangani ham uning e’tiboridan chetda qolmadi. RedBird kompaniyasining strategiyasi «AC Milan»ni biznes tamoyillariga ko‘ra rivojlantirish. Klubni sog‘lomlashtirish xarajatlarni nazorat ostiga olishga asoslangan qat’iy siyosatga rioya qilish bilan nihoyasiga yetdi. Ish haqi jamg‘armasining 20 foizga, sof xarajatlarning 75 mln. yevroga kamayishiga qaramasdan, jamoa chempionlikka erishdi.

Yuksalish davri boshlanganini tijorat daromadlarining oshganligi isbotlaydi: 2 yilda 59 foiz. Biroq aynan hozir yangi bosqich boshlanadi - klubning 250-300 mln.li daromadi qisqa vaqt ichida yarim mlrd.ga ko‘tarilishi kerak. Sotilayotgan pallada «Milan» 1,2 mlrd. yevroga baholangandi. Qizig‘i shundaki, Jorjioning bosh direktor lavozimiga ko‘tarilishi barcha tomonlar manfaatlarini kafolatlaydi.

Xalqaro moliya va sarmoyalarni boshqarish sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan Furlani 4 yil ichida futbol olamining barcha ikir-chikirlarini o‘rgandi. Endi 43 yoshli mutaxassis ana shu bilimini suyukli jamoasining ravnaqi yo‘lida sarflashi mumkin. Qisqasi, hayotiy tanlov, ushalgan orzu! Jorjioni yaxshi biladigan kishilar uni har qanday vaziyatda ham to‘g‘ri yechimni topa oladigan «botanik»ka qiyoslashadi.

Furlanining futbolga yondashuvi Qanday?

Mana uning mulohazalari: «Azaldan futbol instinkt bilan yuzaga keladigan hissiyotli qarorlar industriyasi bo‘lib kelgan. «OAVda nima gaplar? Muxlislar nimani istaydilar?» Klublar odatda, ana shu instinktga ergashadilar, keyin uni qo‘llaydilar, unga maqbul bo‘lgan mantiqni yaratadilar».

«Milan» aksincha, xizmatchi-xodimlarni tanlashda mavjud ma’lumotlar va tahlillardan foydalandi, ularning his-tuyg‘ulariga emas, soni va sezgirligiga e’tibor qaratdi. Bu esa o‘ta murakkab qarorlarning qabul qilinishiga olib keldi.

Furlanining Italiya futboli muammolariga oid mulohazalari

Intervyu shu yilning may oyi avvalida chop etilgan:

«Mulohazani APLning media-huquqlari «A» seriyanikidan 3 baravar yuqori ekanligidan boshlay qolamiz. Hozircha bu nisbat o‘zgarmaydi. «Milan»dan yanada aqlliroq ish yuritishi, o‘yinchilarni nomdor raqobatchilar qiziqish bildirishlaridan avvalroq o‘ziga jalb etishi talab etiladi. Hali asosiy jamoaga o‘tishga ulgurmagan Pyer Kaluluni «Lion»dan atigi 500000 yevroga xarid qilingani fikrimga yorqin misol bo‘la oladi. Shuningdek, klub o‘zining boy tarixi va yuksak nufuzidan unumli foydalanishi kerak. Belgiyalik yarim himoyachi De Ketelare o‘tgan yil yozida «Bryugge»ga ko‘proq mablag‘ taklif etgan «Lids»ni emas, «Milan»ni tanladi. Boy berilgan imkoniyatlar o‘rnini to‘ldirishda «A» seriyasi o‘z klublariga yordam berishi lozim. Mana nima uchun Italiya futbolining may oyidagi eng yirik jangi YECHLdagi Yevroderbi emas, teletranslyasiyalar huquqi uchun navbatdagi tender bo‘ldi. Maqsadimiz so‘nggi auksiondagi 12 foizli pasayishga yo‘l qo‘ymaslik uchun, tezroq to‘g‘ri yo‘lni topib olish. Aks holda, «A» seriyasi bilan APL o‘rtasidagi farq yanada yiriklashadi. Ko‘p narsalar yangi TV kelishuviga bog‘liq, ammo u kumush o‘q emas».

Yana bir muammo - stadionlar. Ikki yildan keyin «San-Siro» 100 yillik yubileyini nishonlaydi. Tabiiyki, hozirgi bunyodkorlik usullari avvalgisidan farq qiladi. «Milan»ni Evropaning bir xil saviyadagi jamoalari bilan taqqoslaganda, boy berilgan manfaatlarning yillik ko‘rsatkichi 60-70 mln. yevro atrofida. Bu taxminan Erling Xoland uchun sarflangan mablag‘ bilan teng. Stadionlarni takomillashtirish - kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa.

Ma’lumotlarga binoan, yangi stadionni foydalanishga topshirish uchun Italiyada 8-10 yil talab etiladi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa 2-3 yil yetarli.

«Bu aynan Italiyaga xos muammo. Stadionlar xususida qonun bor. Hamma gap shundaki, agar siz tiqilinchda qisilib qolgan bo‘lsangiz, byurokratik qog‘ozbozliklarni chetlab o‘tgan holda tezlik olish usuli ishlab chiqilgan. Biroq afsuski, u ishlamaydi», - deydi Furlani.

Ha, afsuslar bo‘lsinki, Italiyaning byurokratik changalzoridan o‘tib olish imkonini beradigan qudratli gurzini yasash biron-bir temirchiga nasib etgani yo‘q.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 10.07.2023. O'qildi: 2250 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 7
6 Манчестер Сити Filip Foden 7
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Тоттенхэм Risharlison 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.