Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLning eng katta maoshga ega bo‘lgan futbolchilari: Reshford nechanchi o‘rinda turibdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqindagina "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford yangi shartnomaga imzo chekkandi. Bu orqali futbolchi Premyer-liganing eng yaxshi haq to‘lanadigan futbolchilaridan biriga aylandi. Yangi bitim borasida hujumchi va klub rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar juda uzoq davom etdi.
25 yoshli futbolchi 2021-22 yilgi mavsumda o‘z klubi kabi yaxshi natija qayd eta olmagandi. Bu esa Reshfordni "Arsenal" va "PSJ"ga o‘tadi degan gaplarga sababchi bo‘ldi. Biroq, o‘tgan mavsum Erik ten Xag uni yana qaytadan kashf etdi. Reshford u mavsumda 30 tadan ko‘p golga mualliflik qilgan edi.

The Athletic nashri bergan ma’lumotda aytilishcha, Markus Reshford "Old Trafford"da qolish uchun Angliya va Saudiyadan kelgan ko‘plab takliflarni rad etgan. U aslida 2024 yilda erkin agentga aylanishi kerak edi. Ammo hujumchi, hozir 2028 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Ushbu bitim Karringtondan chiqqan yulduzni "MYU"ning eng yaxshi maosh oluvchisiga aylantiradi. Reshford, endilikda, Jeydon Sanchoning yillik, 18 million funtli maoshidan ham ko‘p ishlaydi. Uning eski shartnomasida, haftasiga 200 ming funt berilishi ko‘zda tutilgan edi. Bu yiliga 10 milliondan sal ko‘proq bo‘lardi. Jamoadagi Sancho, Rafael Varan, Kazemiro, Antoni Marsyal va Brunu Fernandeshlar Reshforddan ko‘p ishlardi.

Markus Reshfordning yangi shartnomasi futbolchini APL doirasida ham eng yaxshi ish haqi to‘lanadiganlar qatoriga qo‘shdi. Haftasiga 375 ming funtlik maosh, hujumchini bu borada Erling Xolandga yaqinlashtiradi. Faqatgina Kevin De Bryuyne Reshforddan ko‘p maoshga ega. Umuman olganda, Reshford APLdagi eng yirik superyulduzlarni ham maosh masalasida ortda qoldirdi. Masalan, Muhammad Saloh, Raxim Sterling, Jek Grilish yoki Bukayo Sakalar ham yaqin davr ichida o‘z jamoalari bilan yirik bitimlar tuzgan. Ammo, endi ularning hech biri Reshfordchalik katta maosh olmaydi. Quyida Angliya elitasidagi eng yirik haq to‘lanadigan futbolchilarning oldi o‘n beshtaligi bilan tanishasiz.

1. Kevin De Bryuyne – 20.8 million funt
2. Erling Xoland – 19.5 million funt
3. Markus Reshford – 19.5 million funt
4. Jeydon Sancho – 18.2 million funt
5. Muhammad Saloh – 18.2 million funt
6. Kazemiro – 17.6 million funt
7. Rafael Varan – 17.5 million funt
8. Raxim Sterling – 16.9 million funt
9. Jek Grilish – 15.6 million funt
10. Bukayo Saka – 15 million funt
11. Gabriel Jezus – 13.7 million funt
12. Antoni Marsyal – 13 million funt
13. Jon Stounz – 13 million funt
14. Kay Xavers – 13 million funt
15. Ris Jeyms – 13 million funt.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:21, 19.07.2023. O'qildi: 3781 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик