Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • 0:0
      • Levante
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 2:1
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
      • 29.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Xorazm
      • 29.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 29.04.2026 20:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • 3:2
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 3:3
      • Udineze
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 9 12
9 Qizilqum 9 12
10 Xorazm 9 12
11 Surxon 9 11
12 Andijon 9 10
13 Qo‘qon-1912 9 8
14 Dinamo 9 8
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Andijon - Dinamo
28/04/26 So‘g‘diyona - Surxon
28/04/26 Paxtakor - Nasaf
29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superyulduzlar makoni – Saudiya Pro-ligasida kim yangi chempionga aylanadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Saudiya Arabistoni klublarining dunyo futbolida qilayotgan ishlari aqlga sig‘maydi. Arablar transferlar bozoriga kirib keldi va hamma yoqni o‘zgartirib yubordi. Dunyoning eng mashhur va sovringa boy nomlari yirik shartnomalar bilan O‘rta Sharqqa yo‘l olmoqda. Bu esa, o‘z navbatida Saudiyaning yirik klublari ӯrtasida kuchli raqobatni yuzaga keltiradi. Xӯsh, endi yangi mavsumda qay bir yulduzga chempionlik nasib etadi? Quyida shu haqida so‘z boradi.

"Al-Hilol"

"Benfika"ning sobiq murabbiyi Jorji Jezush bu jamoaga boshchilik qiladi. "Al-Hilol" o‘tgan mavsumni o‘z chempionatida uchinchi o‘rinda yakunladi. Klub katta nomlarni xarid qildi. Ammo bu nomlarning bir jamoada o‘ynashini tasavvur qilish mushkul ish. Ulardan eng asosiylari keyingi mavsumda YECHLda o‘ynashi kutilgan Ruben Nevesh va Sergey Milinkovich-Savichdir. Undan tashqari jamoa "Chelsi"dan olib kelingan Kalidu Kulibali, "Vest Xem" afsonalaridan biri Mateus Pereyra, sobiq "Portu" hujumchisi Mussa Marega va Andre Karilyolardan tashkil topgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni terma jamoasi yulduzi Salim Al-Dosari ham 2011 yildan beri aynan "Al-Hilol"da harakat qiladi. Uning Qatardagi Argentina darvozasiga urilgan fantastik goli esingizdadir a?

An-Nasr"

Ronaldu harakat qiladigan jamoa o‘tgan mavsumda chempion bo‘la olmagan edi. 38 yoshli futbolchining jamoasi boyib bormoqda. Tarkibdan hozirda sobiq "Arsenal" posboni David Ospina, Argentina terma jamoasining sobiq vakili Piti Martines hamda braziliyalik hujumchi Taliskalar ham joy olib ulgurdi. Shuningdek, yoz davomida Marselo Brozovich va Seko Fofana xarid qilindi. Shunday qilib, Ronaldu bir qator yevropalik futbolchilar qurshovida qoldi.

"Al-Ittihod"

Ushbu jamoaga "Vulverxempton"dagi ishi bilan dong taratgan Nunu Eshpiritu Santu boshchilik qiladi. "Al-Ittihod" o‘tgan mavsumda chempion bo‘lgandi. Jamoa chempionlik davrida yirik yulduzlardan, xususan "Lids"dan kelgan Elder Koshta, braziliyalik Brunu Enrike va Misr terma jamoasi a’zosi Ahmad Xegaziydan iborat edi. "Sherlar" chempionlikni saqlab qolish maqsadida, jamoaga "Oltin to‘p" egasi Karim Benzema, Fransiya termasi yulduzi N'Golo Kante hamda "Seltik" hujumchisi Jotalarni jalb etdi.

"Al-Ittifoq"

Stiven Jerrard boshchilik qila boshlagan jamoa tez orada "Liverpul" afsonasi Jordan Xendersonni olib keladi. Garchand, bu klub jamoat sarmoyadorlik fondi tomonidan vasiylikka olinmagan bo‘lsa ham, o‘z byudjeti bilan, rahbariyat katta-katta nomlarni sotib olishga qodir ekanini ko‘rsatdi.

"Al-Ahli"

2022 yilda bu jamoa quyi ligaga tushib ketgandi. Ammo bir mavsum ichida "Al-Ahli" yana elitaga qaytdi. Bu klub ham yaqindagina jamoat sarmoyadorlik fondi (PIF-Public Investment Fund) ixtiyoriga o‘tkazilgandi. Shundan so‘ng, ushbu jamoa ham yirik nomlarga ko‘z tika boshladi. Masalan, "Manchester Siti" hujumchisi Riyad Maxrez 30 million funt evaziga olib kelinadigan bo‘ldi. Agar shunday bo‘lsa, jazoirlik futbolchi Roberto Firmino va Eduar Mendi bilan bir tarkibda harakat qila boshlaydi. Shuningdek, "Nyukasl" vingeri Allan Sent-Maksimen ham nishonga olingan. Shunday qilib, "Al-Ahli" tez orada top hujum chizig‘iga ega chiqadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:01, 20.07.2023. O'qildi: 1283 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Нефтчи Stipe Perisa 5
4 Сурхон Chinedu Stefan 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Бухоро Sherzod Esanov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
9 Нефтчи Alisher Odilov 3
10 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик