Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Yoz davomida amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Transferlar oynasi davom etmoqda. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, siz oldidan kim qaysi jamoaga o‘tishini aniq ayta olmaysiz. Bu esa transferlar oynasining qiziqligini oshiradi. Quyida APL klublari tomonidan amalga oshirilgan eng yaxshi xaridlarni bilib olasiz.

10. Mateo Kovachich >> "Manchester Siti"

Kovachich, katta ehtimol bilan "Manchester Siti"ga qandaydir yangilik olib kelmaydi. Ammo Gvardiolaga Ilkay Gyundogan o‘rnini bosa oladigan vakil kerak edi. Shu sabab Kovachich "Chelsi"dan xarid qilindi. Xorvatiya terma jamoasi a’zosi o‘z faoliyati davomida jami 4 ta YECHL sovrinini qo‘lga kiritgan.

9. Pau Torres >> "Aston Villa"

Unai Emeri "Aston Villa"da katta rejalarga ega. Shu sababdan o‘zining sobiq shogirdini jamoaga jalb etdi. Pau Torres himoyada Tayron Mingz, Eshri Konsa va Diyego Karloslar bilan birga harakat qiladi. Ispaniya terma jamoasi a’zoning 31.5 million funtga kelganini hisobga olsak, u asosiy tarkibdan joy oladi.

8. Sandro Tonali >> "Nyukasl"

Tonali katta nom sifatida, Italiya chempioni bo‘lib Angliyaga keldi. "Nyukasl", uni aynan YECHL sababli xarid qildi. Uning darajasi yarim himoya uchun muhim sanaladi. "Qarg‘alar"ni 2002-03 yildan beri ilk bor katta turnirda qatnashayotganini hisobga olsak, Eddi Xauning bu yurishi o‘ta foydali bo‘ldi.

7. Yurriyen Timber >> "Arsenal"

Mikel Arteta himoyani mustahkamlashi kerak edi. Shu sabab "Arsenal" "Ayaks"dan Timberni xarid qildi. Niderlandiya terma jamoasi a’zosi shunday moslashuvchanki, u himoyaning har qaysi nuqtasida birdek harakat qila oladi. 22 yoshli futbolchi allaqachon ikki bor mamlakat chempioni bo‘lgan va yangi jamoasiga chempionlik xarakaterini o‘tkaza oladi.

6. Meyson Maunt >> "MYU"

Mauntning o‘zi tarbiya topgan klubini tashlab ketishi, yomon albatta. Ammo unga yangi jamoa zarur edi. 24 yoshli yarim himoyachi "Chelsi" katta yutuqlarga erisha olgan. Raqib darvozasi oldida katta xavfga aylana oladigan futbolchi, eski klubida 195 o‘yinda 33 ta golga mualliflik qilgan.

5. Dominik Soboslai >> "Liverpul"

Futbol muxlislari uzoq vaqtdan beri Soboslaini kuzatib kelishadi. U, avvaliga "Zalsburg"da, keyin esa "Leypsig"da porladi. Ayni damda "Liverpul" uning oldida turibdi. 22 yoshli yarim himoyachi 60 million funtga xarid qilindi. Vengriya terma jamoasi a’zosidan ko‘p narsa kutilmoqda. Biz ham unga omad tilaymiz.

4. Jeyms Meddison >> "Tottenxem"

Meddison "Lester" bilan Chempionshipga yo‘l olgach, uni sotilishi aniq bo‘lib qoldi. "Shporlar" yarim himoyachi uchun 40 million funt to‘lab bergandi. Hujumkor yarim himoyachi avvalari "Tottenxem"ga yetishmayotgan mentalitetni olib kelishi kutilmoqda. Meddison maydonda Keyn, Son va Kulusevski uchligiga yordam beradi.

3. Kristofer Nkunku >> "Chelsi"

"Chelsi" o‘ta tartibsiz jamoaga aylanib qolgandi. Keraksiz hujumchilar ham ko‘p edi. Pochettino esa ularni birma-bir yo‘qotib, o‘rniga yosh va umidli yulduzlarni olib keldi. Shulardan biri 51 million funtga xarid qilinga  Nkunkudir. "Leysig"dan olib kelingan vingerga katta umid bog‘langan.

2. Aleksis Makallister >> "Liverpul"

24 yoshli futbolchi yozning ilk xaridlaridan biriga aylangandi. Klopp uni mavsumoldi o‘yinlarida to‘liq harakat qilishini istadi va yoz avvalida sotib oldi. Makallister mundial g‘olibi va yangi jamoasiga ko‘p narsa taklif eta oladi. "Liverpul" argentinalik uchun bor-yo‘g‘i 35 million funt to‘ladi. Ammo qo‘yilgan maqsadlarga erishilsa, "Brayton" yana bu xariddan 20 milliongacha foyda ko‘radi.

1. Deklan Rays >> "Arsenal"

Raysning obro‘si juda yuqori edi. U "Vest Xem" bilan yevrokubok egasiga aylandi. Yarim himoyachi uchun "Manchester Siti" va "Arsenal" kurashgandi. Yakunda 100 millionlik taklif bilan London klubi g‘alabaga erishdi. Mikel Arteta qo‘yilgan maqsadiga erishganini aytadi. Rays katta ehtimol bilan Shimoliy Londonda muvaffaqiyatga erishsa kerak.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:01, 21.07.2023. O'qildi: 1742 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.