Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MLSda yulduzlar qancha maosh olishadi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Milliy chempionatlar / MLS
Rukn: Yangiliklar
A A A

AQSH futbol chempionati ancha yillardan beri o‘ziga dunyoning eng yirik yulduzlarini jalb etib kelmoqda.

2023 yilda bu borada eng katta yurishni «Inter Mayami» klubi qildi. Devid Bekxem jamoasida endi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri - Lionel Messi hamda uning do‘sti Serxio Buskets to‘p suradi. Shuningdek, Jordi Albaning ham ularga qo‘shilishi kutilmoqda. Tabiiyki, ular katta maosh evaziga ishlaydi. Quyida MLSning yirik shartnomalarga ega yulduzlari top-10 bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

10. Kristian Benteke - «Di-Ci Yunayted», 85 245 dollar

«Liverpul» va «Kristal Pelas»ning sobiq hujumchisi Amerikada o‘z to‘purarlik mahoratini namoyish etmoqda. Belgiyalik futbolchi o‘tgan yozda okeanortiga yo‘l olgandi. U MLSning 20ta o‘yinida 8ta gol va 2ta assistga mualliflik qildi. Bentekening haftalik maoshi 85 ming funtdan ko‘proqdir.

9. Duglas Kosta - «Los-Anjeles Gelaksi», 86 698 dollar

Kosta Yevropaning «Shaxtyor», «Bavariya» va «Yuventus» kabi klublarida faoliyat olib borgan. 32 yoshli yarim himoyachi jarohatlar sabab yuqori darajaga chiqishga qiynalgandi. Braziliyalik futbolchi 2022 yilning iyulidan beri MLSda o‘ynamoqda. Bir yil ichida 39ta o‘yinda 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.

8. Ektor Errera - «Xyuston Dinamo», 100 901 dollar

Errera Xyuston jamoasiga 2022 yilda «Atletiko»dan olib kelingandi. Birinchi mavsum meksikalik futbolchi uchun oson kechmadi. U 2023 yilning o‘zida 17ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.

7. Sebastyan Driussi - «Ostin», 115 817 dollar

Bu futbolchi ko‘pchilikka yaxshi tanish emas. Ammo u «River Pleyt»da ancha vaqt faoliyat yuritgan. Driussi 2022 yilda 25ta golga mualliflik qildi. Joriy yilda esa yarim himoyachi hisobida 15ta o‘yinda 4ta gol mavjud. Bunday sermahsullik 27 yoshli futbolchini Yevropa sari boshlashi ham mumkin.

6. Federiko Bernardeski - «Toronto», 121 065 dollar

Top-darajada bo‘lishiga qaramay, Bernardeski 2022 yilda «Yuventus»ni tashlab ketganida, hamma hayron qolgandi. Yarim himoyachi Kanada klubida 34ta o‘yib o‘tkazib, 22ta golga mualliflik qildi. Tabiiyki, u MLSda katta maosh oladi. Joriy yil ham futbolchi o‘zining omadli mavsumini davom ettirmoqda.

5. Xavyer Ernandes - «Los-Anjeles Gelaksi», 143 149 dollar

«Chicharito» Meksika tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi. U kelayotgan dekabr oyida erkin agentga aylanadi. Shundan so‘ng, hujumchi futboldan ketishi kutilmoqda. Ayni damda har hafta Ernandes 143 ming dollar ishlab topadi.

4. Lorenso Insinye   - «Toronto», 144 230 dollar

Yana bir «A» seriyani shundoq tashlab ketgan yulduz - Insinyedir. U 2022 yilda Kanadaga yo‘l oldi. Bu mavsumda «Napoli»ning sobiq hujumchisi 15ta o‘yinda 4ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning jamoasi hozirda Sharqiy konferensiyaning so‘nggi pog‘onalarida bormoqda.

3. Jerdan Shakiri - «Chikago Fayr», 157 692 dollar

APL muxlislari bu futbolchini yaxshi tanishadi. Shakiri 2022 yilning fevralidan beri MLSda faoliyat olib bormoqda. 31 yoshli yarim himoyachi butun faoliyatida «Bavariya», «Bazel» va «Liverpul» bilan jami 18ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shu sababli hozir u Amerikadagi eng ko‘p maoshga ega uchinchi futbolchidir.

2. Serxio Buskets - «Inter Mayami», 192 307 dollar

Bu mavsum MLSdagi eng yulduzli tarkib Mayami shahrining «Inter» klubidir. Buskets yaqindagina «Barselona»dan olib kelindi. U Ispaniyada 15 yil davomida 32ta sovrin yutgan. Shulardan 7tasi La Liga chempionligi bo‘lsa, 3tasi YECHL kubogi. Buskets mayamiliklar bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.

1. Lionel Messi - «Inter Mayami», 1 mln. 57 ming dollar

Messi AQSHdagi eng katta maoshga ega futbolchiga aylandi. Endi u 2 yildan ko‘p vaqt davomida har haftada 1 million dollardan ziyod maosh oladi. Bu summa yiliga 60 millionga yaqin pul bo‘ladi. Albatta, jahon chempionining bunga haqqi bor. U «Barselona» va «PSJ» bilan jami 34ta sovringa erishdi. Messi «Inter Mayami»ga kelishidan oldin «Al-Hilol»dan kelgan 1,3 milliard dollarlik shartnomani rad etgan edi. Endi argentinalik hujumchi Amerikada 21 iyul kuni o‘z debyutini o‘tkazadi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:22, 23.07.2023. O'qildi: 2824 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.