Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Muxlislar eng yaxshi murabbiylar nomiga ovoz berdi: ten Xag "Luton Taun" murabbiyidan pastroqda, Pochettino esa 17-o‘rinda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

APL muxlislari turnirning eng yaxshi murabbiyiga ovoz berishdi. E’lon qilingan natijalardan hayron qolishingiz turgan gap. "Sky" nashri muxlislar orasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Ularga ovoz berishda klublarning mavqeyi, darajasi, byudjet hajmi va yulduzli tarkibiga qaramaslik so‘raldi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola haqli ravishda eng yaxshi mutaxassis. Axir u jamoasini o‘tgan mavsum yakunida treblga yetaklagan edi-da!
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Yulen Lopetegi umumiy ovoz hajmining 0.5 foizini olib, 20 o‘rinda turibdi. "Nyukasl"ning YECHLga qaytishi esa Eddi Xauni 3-o‘ringa ko‘targan. Biroq, u jadvalda Kloppdan keyin turibdi. Garchand "Liverpul" o‘tgan mavsumni omadsiz yakunlagan bo‘lsa ham, nemis mutaxassisiga 13.3 foiz ovoz tekkan.

Jadvalda APL debyutanti bo‘lgan "Luton Taun" klubi menejeri Rob Edvards sakkizinchi pog‘onada turibdi. Muxlislar uni ishonchli vakil deb biladi. Elitada birorta o‘yinda ko‘rinish bermaganiga qaramay, Edvards muxlislar kӯzida Erik ten Xag va Maurisio Pochettinodan yaxshiroq maqomda. Bu biroz alamli bo‘lsa kerak. Garchand Ten Xag "MYU"dek muammolar girdobidagi jamoani da’volayotgan bӯlsa ham, 13-o‘ringa qo‘yildi. Pochetinnodayam shunday vaziyat. Biroq, u ten Xagdan farqli ravishda, ishni endi boshlaydi. "Tottenxem" muxlidlarining 14 foizi argentinalik mutaxassisni ligada eng yaxshisi deb bilar ekan. Ammo "Tottenxjm"ning o‘zida vaziyat og‘ir. "Shporlar"ning yangi ustozi Angelos Postekoglu 18-o‘rindan joy olgan. Faqatgina "Bornmut" va "Vulvz" ustozlari undan pastda e’tirof etilgan.

Postekoglu umumiy ovozlarning 1 foizinigina oldi. Uning oldida katta vazifa turibdi: avstraliyalik mutaxassis ishi bilan bunday past nazarga loyiq emasligini isbotlashi kerak bo‘ladi.
Mikel Arteta "Arsenal"ni 2016 yildan beri ilk bor ikkinchi o‘ringa olib chiqqan edi. Shunga qaramay, muxlislar uni Tomas Frank va Roy Xojsondan ko‘ra pastroq ko‘rar ekan. Pep Gvardiola maktabini o‘tagan yana bir afsonaviy futbolchi Vensen Kompanidir. Hozir u ham APL murabbiylari qatorida bor. Kompaniga 3.4 foiz ovoz berilgan. U jadvalning 10-o‘rinida turibdi. Belgiyalik o‘tgan mavsumda "Byornli"ni Chempionship g‘olibiga aylantirgan edi. Uning jamoasi 101 ochko bilan APL yo‘llanmasini naqd qilgan. Shunday ekan, unga muxlislarning hurmati baland.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:01, 28.07.2023. O'qildi: 2118 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.