Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 23 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joze Mourinyo 2014 yilda yulduz bo‘ladi deb bashorat qilgan futbolchilarning taqdiri ne kechgandi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mourinyo o‘zining "Chelsi"dagi ikkinchi davrida klub akademiyasidan uchta futbolchini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi va ularni yulduz bo‘ladi deb bashorat qiladi. U bu borada 2014 yilning yozgi mavsumoldi bahslarida shunday deydi: "Mening yuragim sezib turibdiki, Beyker, Braun va Solanke kelayotgan bir necha yil ichida fantastik futbolchilar bo‘lib yetishadi. Agar shunday bo‘lmasa, o‘zimni ayblagan bo‘lardim. Ular nafaqat "Chelsi"da, balki Angliyada ham porlaydi". Quyida ularning asl taqdirini bilib olasiz.

Lyuis Beyker

Beyker "Chelsi"dagi debyutini Joze Mourinyo qo‘l-ostida, 2014 yilning yanvarida o‘tkazadi. U o‘sha yili akademiyada yil o‘yinchisi deb topiladi. Qolaversa, futbolchi yilning eng chiroyli goliga mualliflik qilgandi. Yarim himoyachi 2015 yilning fevralida "MK Dons" klubiga ijaraga beriladi. Keyinchalik Beykerning taqdiri Niderlandiya bilan bog‘landi. Yosh futbolchi ikki mavsum "Vitess"da harakat qildi. Angliyaga qaytgan Beyker, yana ijaraga ketdi. Bu davr u uchun "Midlsbro", "Lids" va "Reding" safida kechdi. Beyker 2020-21 yilgi mavsumda "Trabzonspor" klubiga ijaraga beriladi. 2022 yilning yanvar oyida, vanihoyat, 26 yoshli Beyker "Stok Siti" bilan doimiy shartnomaga erishadi. Futbolchi shundan buyon Chempionship klubida jami 69 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qildi.

Ayzaya Braun

Braun 16 yoshidayoq "Vest Brom"ga qarshi APL bahsida maydonga tushiriladi. U 2013 yilning yozida akademiyaga olib kelingan. Mourinyo esa uni 2015 yilda asosiy tarkibda maydonga tushirgandi. Garchand 1 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa ham, 2015 yilgi chempionlikda Braunga ham oltin medal nasib etadi. Yarim himoyachi 2015-16 yilgi mavsumda "Vitess"ga ijaraga beriladi. Braun 2016-17 yilgi mavsumda "Xaddersfild Taun"ni APLga qaytishida katta hissa qo‘shadi. Keyingi mavsumda Angliya yoshlar terma jamoasi a’zosi, "Brayton" safida harakat qila boshladi. Biroq, tizzasidan jiddiy jarohat olgani sababli, Braunning faoliyati orqaga ketdi. Keyingi mavsumlar futbolchi uchun yana Chempionshipda, "Luton Taun" va "Lids Yunayted"da kechdi. 2020-21 yilgi mavsumda Braun so‘nggi bor ijaraga yuboriladi. U o‘sha davrni "Sheffild Uensdey"da o‘tkazdi. 2021 yilning yozida Braun "Preston"ga sotib yuboriladi. Afsuski, aprel oyida 26 yoshli Braun futboldan ketganini ma’lum qildi. Futbolchi tizza va to‘pig‘idan olgan jarohatlaridan qayta tiklana olmagandi.

Dominik Solanke

2014-15 yilgi mavsumda Solanke "Chelsi"ning yoshlar jamoasida 31 ta golga mualliflik qiladi. Hujumchi o‘shanda akademiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Mourinyo 2015 yilda unga YECHLda debyut qilish imkonini beradi. 2015-16 yilgi mavsumda Solanke "Vitess"da ijarada harakat qilib, 7 ta golga mualliflik qiladi. 2016-17 yilgi mavsumda futbolchi va "Chelsi" rahbariyati o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi va u jamoadan ketadi. Uni "Liverpul" taklif qiladi. 2017 yilgi 20 yoshlilar o‘rtasidagi mundial Angliya chempionligi bilan tugaydi. O‘sha turnirning eng yaxshi futbolchisi va to‘purari aynan Solanke bo‘lgandi. Beyker va Braundan farqli ravishda, Solanke 2017 yilning noyabrida Angliya terma jamoasida Braziliyaga qarshi bahsda debyut qiladi. Afsuski, hujumchining "Liverpul"dagi davri yaxshi o‘tmadi va 2019 yilda "Bornmut"ga 19 million funt evaziga sotib yuboriladi. Chempionshipda Solanke fantastik darajaga chiqdi. O‘zining jamoadagi ikkinchi mavsumida, Solanke 29 ta gol bilan "Bornmut"ni APLga olib chiqadi. U o‘tgan masvumda APLda 6 ta gol urishga erishgandi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 20:01, 30.07.2023. O'qildi: 6575 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.