Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yosh, yorqin «zambarak»!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Hujumkor futbolchining saviyasiga faqat uning gollari va assistlari soniga qarab baho berib bo‘lmaydi.

Chunki bu ko‘rsatkichlar uning o‘yin uslubi, taktik mahorati va jamoa uchun nechog‘li muhimligi xususida to‘liq tasavvurni bera olmaydi. Lekin Dominik Soboslai o‘yinlarini befarqlik bilan, unga havas qilmagan holda tomosha qilishning iloji yo‘q. Vengriyalik iqtidor kuchli zarbasi va yuksak texnik mahorati bilan tanildi. Lekin o‘ta samarali mavsum «Ko‘hna qit’a» grandlari e’tiborini shu futbolchiga qaratdi. O‘rta chiziqni kuchaytirishga qaror qilgan «Liverpul» boshqa jamoalarga nisbatan jiddiyroq qiziqish bildirib, 60 mln. funtdan voz kechdi. Klub shu paytgacha markaz o‘yinchisi uchun bunchalik ko‘p mablag‘ sarflagan emasdi 22 yoshli Dominik Aleksis Makallisterdan keyin «qizillar»ning yozdagi ikkinchi xaridi bo‘ldi.

Yevropadagi shakllanish

Soboslaining APLga o‘tishi uning «Red Bull» tizimidagi 5 yillik hamkorligiga nuqta qo‘ydi. Futbolchi 16 yoshida (2016) o‘z yurtini tark etib, Avstriyaning «Lifering» klubiga, keyin «RB Zalsburg»ga, undan «RB Leypsig»ga o‘tdi. Bir qarashda, yigitchaning faoliyati barqaror rivojlanib borgandek ko‘rinadi. Biroq uning Germaniyadagi hayoti anchayin qiyin boshlandi: 2020 yil dekabrida Leypsigga jarohat bilan kelib, keyingi yilning avgustigacha maydonga tusha olmadi. O‘zining ilk to‘liq mavsumi - 2021|2022da Dominik ko‘proq (16 marta) zaxiradan maydonga tushib, ishonch qozona olmadi. Mavsum nafaqat futbolchi, balki jamoa uchun ham murakkab kechdi: klub «Red Bull» uslubiga sadoqatli Jessi Marsh o‘rniga Domeniko Tedeskoni taklif etdi.

Soboslai o‘sha mavsumni 6ta gol va 8ta assist bilan yakunladi. 2022G‘23 yillar mavsumida esa, qahramonimiz yangilangan «Leypsig»ning muhim bo‘g‘iniga aylanib, sermahsulligini oshirdi. Dominik mavsumni Germaniya Kubogi finalida «Ayntraxt» darvozasini ishg‘ol etish bilan yakunladi, uning jamoadagi nufuzi qanchalik oshganini tasdiqlaydigan ko‘rsatkich - o‘yin amaliyoti bo‘yicha markaziy himoyachi Villi Orbandan keyin 2-o‘rinni egallagani.

Dominikning Yurgen Klopp uchun muhim bo‘lgan ustunligi - universalligi. «Leypsig»da u markaziy va hujumkor yarim himoyachi, o‘ng va chap qanot vingeri, hatto hujumchi pozisiyalarida to‘p surdi. Kloppga turli hududlarda samarali o‘ynaydigan o‘yinchilar yoqadi, «qizillar»ning ko‘pchilik o‘yinchilari bir-birlarining o‘rnini to‘ldira oladilar.

Jessi Marsh, Soboslaining «Leypsig»dagi sobiq ustozi: «Iqtidorlar xususida gapiradigan bo‘lsam, uning pozisiyasida yaxshiroq to‘p sura oladigan o‘yinchi yo‘q. Kimdir kuchliroq, kimdir mohirroq, boshqasi taktika ustasi yoki himoyada ishonchli o‘ynaydi. Lekin Dominik o‘zgacha, chunki u zikr etilgan barcha fazilatlarni puxta egallagan. U Erling Xoland darajasidagi o‘yinchi».

Aytgancha, «Zalsburg»dagi hamkorlik davrida bu ikki tengdosh (Erling atigi 3 oyga kattaroq) futbolchi do‘stlashib olishgan, maydonda va uning tashqarisida a’lo darajada harakat qilishgandi. 

Marko Roze davrida Dominik ko‘proq 4-2-2-2 yoki 4-2-3-1 sxemalarida o‘ng qanot yarim himoyachisi pozisiyasida to‘p surdi. Biroq u tipik vinger emas, keng hududda to‘p suradigan kreativ yarim himoyachi. Muhimi, u chap qanotda ham risoladagidek o‘yin ko‘rsatadi. Masalan, Marko Rossi Vengriya terma jamoasida undan aynan shu pozisiyada foydalanadi. Qaysi qanotda bo‘lishidan qat’iy nazar, Soboslai jamoadoshlarini keskin uzatmalar bilan ta’minlashi yoki qudratli «zambaragi» yordamida darvozani nishonga olishi mumkin. Bundesliganing so‘ng­gi mavsumida faqat Leroy Sane jarima maydonchasi tashqarisidan undan ko‘proq zarba yo‘lladi. Lekin o‘sha zarbalarining atigi 2tasi golga aylandi. Dominik esa 20-30 metrli masofadan aniq zarba yo‘llaydi. Shu bois, uning ijrosidagi jarima zarbalari ko‘pincha gol bilan tugaydi. Aytishlaricha, Dominik mashg‘ulotdan keyin qo‘shimcha ravishda 200 martadan to‘pni to‘siqlar ustidan oshirgan holda darvozaga yo‘llashni mashq qilgan ekan.

Soboslai ko‘proq hujum chizig‘ining qanotida to‘p surishini inobatga olsak, xavf­li vaziyatlarni sodir etishda krosslardan foydalanishi tabiiy hol. Biroq u jarima maydonchasi ichida ham raqiblarini shoshirib qo‘yadi. To‘g‘ri, u hali mallasoch daho darajasiga chiqmagan, lekin ko‘p jihatlari Kevin De Bryuyneni eslatadi. Texnik mahorat bobida e’tiroz yo‘q, ammo bosim ostida eng maqbul qarorni topishga bir oz qiynaladi.

Jismoniy holati

Dominik - qanot o‘yinchisi. Lekin yakkakurashlarda raqibini ortda qoldirishga har doim muvaffaq bo‘lavermaydi. Qisqa masofada yuqori tezlikka erisha olmaydi, ammo ochiq bo‘shliqqa to‘pni aniq yetkazib berishi bilan bu kamchiligini sezdirmaydi. Bundesliga ma’lumotlariga ko‘ra, Soboslai 35,2 km.|s. tezlik bilan 506 nafar kasbdoshlari orasida 31-o‘rinni band etgan. Risoladagidek ko‘rsatkich. Oxirgi mavsumda u 863ta sprintni amalga oshirib, 7-natijani qayd etdi. Ha, so‘nggi yillarda Germaniya chempionatidan APLga o‘tgan bir qator futbolchilar - Timo Verner, Kay Xavers, Jeydon Sancho va Nabi Keyta kutilganidek yorqin o‘yin ko‘rsata olmadilar. Dominikning texnik va jismoniy ko‘rsatkichlari uning ishonchni oqlay olishiga umid uyg‘otmoqda.

Taktik mahorat

Faoliyatining ilk bosqichida Soboslai himoyaviy o‘yindagi e’tiborsizlik va intizomsizlik uchun e’tirozlarga duch kelgandi. Biroq o‘tgan mavsumda u to‘p bilan va to‘psiz harakatlanishda sezilarli o‘zgarishlarni namoyish etdi. Ma’lumki, «Red Bull»ning barcha jamoalari yuqori pressingga asoslangan tig‘iz futbolni xush ko‘rishadi. Demak, Dominik Yurgen Klopp uslubiga moslashishda muammolarga duch kelmaydi. O‘tgan mavsumda faqat «Bavariya» «Leypsig»ga nisbatan ko‘proq yuqori pressing bilan to‘p surdi. Soboslai o‘yinning o‘tish fazasida hal qiluvchi rolni ijro etdi: to‘pni yo‘qotganidan keyin ham o‘z pozisiyasida qolib, jamoadoshlaridan omadli kotrpressingdan keyin to‘p uzatishlarini kutdi.

Xo‘sh, «Liverpul»da nima bo‘ldi?

O‘tgan mavsumning yakuniy bosqichida «qizillar» gibrid sxemasiga o‘tishgach, hujumkor fazadagi yumushlar Fabinyo, oldinga intilayotgan Trent Aleksander-Arnold va 2 nafar «sakkizlik» zimmasiga tushdi. Ular hujumchilarni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Endi Dominik Soboslai Aleksis Makallis­ter bilan Kloppning yangi tizimida hujumkor xavbeklar rolini o‘ynaydilar. Dominikning «zambarak» zarbalari esa quyi blok bilan himoyalanadigan raqiblarga qarshi o‘yinlarda asqotishiga shubha yo‘q. Qahramonimiz «Zalsburg»dalik davridayoq mish-mishlar uni Yevropa grand­lariga yo‘llagandi. Endi Dominik Germaniyadagi yorqin qadamini Angliyada davom ettirsa, ajabmas!

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 30.07.2023. O'qildi: 2142 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.