Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yangi kun, yangi transfer yangiliklari. An’anaga ko‘ra, biz siz uchun asosiy mish-mishlar va rasmiy e’lonlarning dayjestini to‘pladik.

“Lasio” Zaxaryanni sotib olishdan bosh tortdi

Bir yil avval “Chelsi” Arsen Zaxaryan transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgandi, biroq rossiyalik hech qayerga ketmadi. Endi esa tarix yana takrorlandi. Faqat "Chelsi" o‘rniga "Lasio" bo‘lib chiqdi. Italiya klubi “Dinamo” bilan muzokaralar olib borayotgan edi, biroq bugun ularning tugatilishini e’lon qildi. Bu ma’lumotni Sport24 nashriga rimliklar sport direktori Anjelo Fabiani tasdiqladi: "Zaxaryanning transferi bizda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan futbolchi uchun joy yo‘qligi sababli amalga oshmadi".

Fabinyo "Al-Ittihod" bilan shartnoma imzoladi

Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq yangiliklarni sog‘indingizmi? “Al-Ittihod” “Liverpul” yarim himoyachisi Fabinyo bilan shartnoma imzoladi. Braziliyalik futbolchi 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va uning maoshi yiliga 25 million yevroni tashkil qiladi. Avvalroq mersisaydliklarning yana bir sobiq futbolchisi "Liverpul" - Saudiya Arabistoni yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l olgandi. Jordan Xenderson hozirda Stiven Jerrard boshqarayotgan “Al-Ittifoq”ga jo‘nab ketdi.

"Yuventus" "Chelsi" bilan hujumchi almashmoqchi

"Chelsi" yozda o‘z tarkibini faol ravishda o‘zgartirmoqda. Va yana bir yangilik. Fabrisio Romanoning xabar berishicha, “Yuventus” Romelu Lukaku evaziga “Chelsi” hujumchisi Dushan Vlahovichni taklif qilgan. Italiya klubi serb Londonga, belgiyalik va ma’lum miqdorda pul Turinga borishiga umid qilmoqda. Aytgancha, "Chelsi" iyul oyida Vlahovichni sotib olish variantini ko‘rib chiqdi.

"Inter" Skamakka uchun 20 mln yevro taklif qilmoqda

“Vest Xem” hujumchisi Janluka Skamakka Italiyaga qaytishga yaqin. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Inter" 20 million yevro taklif qilgan. Avvalroq "Vest Xem" o‘tgan mavsumda APLda 3ta gol urgan futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emasligi haqida xabar berilgandi. Shubhasiz, Skamakkaning o‘zi vataniga qaytishni orzu qiladi, bundan tashqari u Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Rebich Turkiya chempionatiga o‘tdi

Jahon chempionati sovrindori “Milan”ni transferdan 4 yil o‘tib tark etdi. Xorvatiyalik hujumchi “Beshiktosh” bilan ikki yillik shartnomaga kelishib oldi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, futbolchining har ikki mavsumdagi maoshi 2,5 million yevroni tashkil qiladi. Shu bilan birga, klub Rebichga 280 ming yevro miqdorida imzo mukofoti to‘laydi.

“PSJ” Verrattini Saudiya Arabistoniga 30 million yevro evaziga sotmadi

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi yarim himoyachi Marko Verrattining Saudiya Arabistoniga ketishini ma’qullamadi. Italiyalik futbolchi “Al-Hilol” bilan shaxsiy shartnoma tafsilotlarini kelishib olgan, biroq parijliklarni 30 million yevrolik tovon qoniqtirmayapti. Ular Saudiya klubi yangi kelganlar uchun jiddiy pul sarflayotganini inobatga olib, kattaroq summaga umid qilishmoqda.

Dembele “PSJ” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Usmon Dembele "Barselona"dan "PSJ" bilan muzokara o‘tkazish uchun ruxsat so‘radi. Va keyinroq “PSJ” bilan 2028 yilgacha bo‘lgan shartnoma tafsilotlari bo‘yicha kelishib oldi. Oldinroq fransuz klubi futbolchining transferi uchun 50 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi. To‘g‘ri, muhim nyuans bor. 1 avgustdan boshlab bu summa avtomatik ravishda ikki baravar ko‘payadi (bu Usmon va "Barsa" o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari). Qiziq, tomonlar bu masalani qanday hal qiladi?

"Inter" "Arsenal" futbolchisini ijaraga olmoqchi

"Arsenal" Folarin Balogunni "Inter"ga qo‘yib yuborishga tayyor, ammo 45–50 million yevroga Milan klubi to‘liq transferni amalga oshira olmaydi, shuning uchun ular ijara variantini o‘rganmoqda. O‘tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi Fransiyada "Reyms" tarkibida o‘ynadi (39 o‘yin, 21 gol, 3 golli uzatma). Ehtimol, ijara shartnomasida bir yil ichida majburiy qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan band bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 11:07, 01.08.2023. O'qildi: 2284 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.