Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Pentakampeon»ga xos kelishuv

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Murabbiylik maktabining yorqin vakillaridan biri bo‘lmish Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi boshqaruvini 2024 yilning yozida o‘z zimmasiga oladi.

Bunga qadar jamoa Fernando Diniz rahbarligida JCH-2026 turnirining saralash bosqichi musobaqalarida ishtirok etadi va Amerika Kubogi turniriga tayyorgarlik ko‘radi.

Italiyalik mutaxassisni «pentakampeonlar» Qatar mundialidagi omadsizlikdan keyinoq Braziliyaga olib kelmoqchi edilar. Biroq don Karlo o‘sha yilning yozida «Real»dan boshqa jamoani boshqarmasligi, shartnoma muddati tugagach, faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Aftidan, ummon orti vakillari murabbiyning ko‘ngliga yo‘l topgan ko‘rinadilar: Ispaniyada mavsum may oyining oxirida nihoyasiga yetadi, agar «Real» YECHLda finalga chiqsa, iyungacha cho‘ziladi. Xullas, Anchelotti Braziliya terma jamoasini 20 iyun sanasida AQSHda start oladigan Amerika Kubogi turniri arafasida o‘z tasarrufiga oladi. Bungacha jamoa Fernando Diniz rahbarligida faoliyatini davom ettiradi.

Fernando Diniz - 49 yoshli mutaxassis. Shu paytgacha faqat klubni boshqargan. Shu o‘rinda mavzuga oid qisqacha ma’lumot:

JCH-2022 turnirining chorak finalida Braziliya Xorvatiyaga imkoniyatni boy bergach (3:5), Tite o‘z lavozimini tark etdi. Bunday omadsizlikni kutmagan mamlakat futbol federasiyasi rahbariyati nomzod xususida bosh qotirmagandi. Shu sababli terma jamoa 20 yoshlilar jamoasining murabbiyi Ramon Mendeshga topshirildi. Uning rahbarligida jamoa 3ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgach, hamkorlik uzoqqa cho‘zilmasligi ayon bo‘lgandi.

Braziliyaliklar don Karloni shu yilning yozida kutishgandi. Biroq murabbiy «Real»dagi hamkorlikni barvaqt to‘xtatishni istamadi. Shu sababli jamoa o‘yin uslubi, g‘oyalari Anchelottinikiga yaqin murabbiyni qidira boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya FF prezidenti Ednaldo Rodriges oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvlari arafasida Alison, Kazemiro va Markinyos kabi yetakchi o‘yinchilar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalari bilan tanishgan, futbolchilar bir ovozdan Fernando Diniz nomzodini ma’qullashgan. Joriy yilda terma jamoadan chetda qolayotgan Neymar ham jamoadoshlaridan shu murabbiy uchun ovoz berishlarini iltimos qilgan. Mana uning o‘tgan yil yozidagi e’tirofi: «Fernando Diniz menga juda yoqadi. Afsuski, Braziliyadagilar unga juda oz e’tibor qaratadilar».

Endi mamlakat FF rahbari Ednaldo Rodrigesning fikr-mulohazalari bilan tanishing: «Uning futboldagi falsafasi hech qachon o‘zgarmagan, doimo bir xil uslubdan foydalanadi. Undagi taktik taraqqiyotni yoqtiraman. Asosiysi, uning uslubi Karlo Anchelottiniki bilan bir xil. Ularning dunyoqarashlari ham o‘xshash. Bu juda muhim ahamiyat kasb etadi».

Qizig‘i shundaki, 49 yoshli Diniz terma jamoadagi faoliyatini «Fluminense» klubini boshqarish bilan birgalikda olib boradi. «Flu»ni u 2022 yil avvalida o‘z tasarrufiga olgandi. 2009 yildan hozirga qadar murabbiy ish joyini naq 17 (!) marta almashtirdi. Ular orasida «Atletiko Paranayense», «Santos», Vasko da Gama» va «San-Paulu» kabi grandlar ham bor. Murabbiy 2 marta San-Paulu va bir marta Rio-de-Janeyro shtatlari chempionatlarida g‘olib chiqqan.

Fernando Diniz terma jamoaning qaysi uchrashuvlarini boshqaradi? Unda omadsizlikka duch kelish xavotiri umuman yo‘q. Vaqtincha bosh murabbiy lavozimini bajarishi lozim bo‘lgan Diniz terma jamoani 8ta uchrashuvga tayyorlaydi: 6tasi JCH-2026 turnirining saralash bellashuvlari va 2tasi o‘rtoqlik uchrashuvlari. Shuningdek, unga 2024 yil yozida Karlo Anchelottining murabbiylar shtabidan joy olish va Olimpiya terma jamoasini Parij-2024 turniriga olib borishni taklif etishdi. Diniz hozircha rozilik bildirdi, lekin tayinlov rasman tasdiqlangan emas.

Vaqtinchalik murabbiyning «pentakampeonlar»dagi debyutini sentyabr oyida, AQSH mundiali saralash bosqichining Boliviya terma jamoasiga qarshi uchrashuvida nishonlaydi. Keyin uning jamoasi Peru bilan kuch sinashadi. Umuman, yangi yilning yoziga qadar «Selesao» Venesuela, Urugvay, Kolumbiya va Argentina jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Bundan tashqari, Fernando Diniz Amerika Kubogi turniri arafasida o‘z shogirdlarini Yevropadagi 2ta o‘rtoqlik uchrashuvida sinovdan o‘tkazadi. Raqiblarning biri - Ispaniya, ikkinchisi hozircha, ma’lum emas.

Nima bo‘lganda ham, vaqtinchalik bosh murabbiy oldida uddalash qiyin bo‘lgan, Anchelottining JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga monelik qiladigan vazifalar yo‘q. Chunki qit’aning 10ta terma jamoalaridan 6tasi mundialda ishtirok etadi, yettinchi jamoa to‘qnash uchrashuvlari orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin. Rekordchi chempionning turnirdan chetda qolishini esa, hatto tasavvur qilish ham oson emas.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:35, 01.08.2023. O'qildi: 2525 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик