Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

10 yilda iste’folar ortidan 25 million dollar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Argentinalik taqirbosh Xorxe Sampaoli yaqinda yana ishsiz qoldi. Tarkibida Xalk va Kasyerrasi bor «Atletiko Mineyro» rahbariyati uni Braziliya chempionati 3-turidan keyinoq iste’foga chiqardi. Gap shundaki, klub yangi mavsumni o‘ta omadsiz boshladi: barcha turnirlar doirasidagi 10ta o‘yinda atigi 2ta g‘alaba. Xullas, debyutant «Remo» bilan uy uchrashuvidagi 3:3 hisobi «Mineyro» sohiblari sabr kosasini to‘ldirdi. Boz ustiga, jamoa mazkur bahsda 90+3-daqiqada urilgan gol evazigagina mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Shu tariqa hatto «Braziliya klasiko»sida «Kruzeyro» ustidan qozonilgan g‘alaba ham Sampaolini qutqarolmadi. E’tiborli tomoni, argentinalik mutaxassis ketishi bilan «Atletiko Mineyro» shtat chempionati autsayderiga qarshi uchrashuvda 7ta gol urdi, jumladan, Xalk «xet-trik»ka erishdi. Braziliyalik faxriy hujumchi ayniqsa, jarima zarbasidan o‘ta chiroyli gol urdi. «Zenit»ning sobiq futbolchisi o‘yindan keyin esa 65 yoshli murabbiydan uzr so‘radi: «Barcha futbolchilar nomidan uzr so‘rayman. Zero, klub omadsizligida biz ham ma’lum darajada javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerak». Faqat shunisi borki, Xalkning so‘zlari unchalik samimiy eshitilmadi… Sports.ru saytining maqolasi shu haqda.

Chili termasidagi ishdan keyin atigi 1ta sovrin va qatorasiga 4ta klub tomonidan iste’fo. Xorxe Sampaoli faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli davr 2016 yilning yanvar oyida yakunlandi. Argentinalik mutaxassis «Universidad de Chili» klubi bilan kuchli shov-shuv ko‘tarish (3 marta chempionlik, Chili klublari uchun ikkinchi xalqaro sovrin – Sudamerikana kubogida g‘alaba) asnosida Lotin Amerikasidan tashqarida ham e’tirofga erishdi. U shu yutuqlar ta’sirida Chili milliy jamoasi bosh­qaruvini qo‘lga oldi va mamlakat futboliga Amerika kubogidagi birinchi g‘alabani tortiq etdi. Sampaoli shundan keyingi 10 yil ichida esa atigi 1ta sovrin yutdi. Ya’ni «Atletiko Mineyro»dagi  birinchi davrida 2020 yili klubni Minas-Jerays shtati chempionati oltin medali sari boshladi. To‘g‘ri, bu orada uning ishlari juda yomon ham emasdi. Deylik, «Sevilya»ni Ispaniya La Ligasida 4-o‘ringa ko‘tardi (andalusiyaliklar faqat «Real», «Barselona» va «Atletiko»dan ortda qolishdi). Qolaversa, «Santos» va «Marsel» Sampaoli boshqaruvida o‘z chempionatida kumush medalga ega chiqdi. Argentinalik mutaxassis shuning­dek, «Atletiko Mineyro» bir safar «bronza» yutishini ta’minladi. Faqat shunisi borki, Sampaoli bu orada o‘z loyihalaridan hech birini yakuniga yetkazmadi – barchasi muddatidan oldin xayrlashuv tufayli xotima topdi.

Masalaning o‘ziga xos tomoni ham bor: Xorxe Sampaoli iste’folar ortidan katta manfaat ko‘rdi. U Chili termasidan ketgach, Argentina milliy jamoasi va 6ta klubni boshqardi. Jumladan, «Sevilya» va «Atletiko Mineyro»ni ikki martadan.

*** Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) naq 3,2 mln. dollarga tushdi. Bu – murabbiyni «Sevilya»dan olib kelish uchun to‘langan tovon puli va JCH-2018dagi omadsizlikdan keyingi iste’fo badali.

*** «Santos» 2019 yili Braziliya chempionatida faqat Jorje Jezushning dahshatli «Flamengo»sidan ortda qolib, 2-o‘rinni egalladi. Biroq Sampaoli mavsum tugagach, klubning moliyaviy muammolarini bilmaganini aytdi, transferlar uchun yanada ko‘proq pul talab qildi va shu bahona «Atletiko Mineyro»ga ketish oldidan kompensasiya tariqasida 800 ming dollar undirdi.

*** «Sevilya»dagi ikkinchi davr argentinalik mutaxassis uchun moddiyat nuqtai nazaridan eng manfaatlisi bo‘lib chiqdi: klub YEL chorak finaliga chiqdi, biroq Ispaniya chempio­natida quyi ligaga tushish xavfi ostida qoldi. Oqibatda andalusiyaliklar argentinalik bilan muddatidan oldin xayrlashdilar. Buning bahosi – 9 mln. dollar.

*** «Flamengo» Sampaoli bilan J.Amerika miqyosida eng yuqori pog‘onani ko‘zlagandi, amalda klub Libertadores kubogidan juda erta chiqib ketdi, boz ustiga Braziliya ligasida atigi 7-o‘rin bilan cheklandi. Yakunda mamlakat kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng murabbiyni iste’foga chiqardi 2 mln. funt sterlingga teng kompensasiyaga qaramay.

*** Sampaolining «Renn»dagi ishi uzoqqa cho‘zilmadi – 3 oydan sal kamroq, 10ta o‘yin va quyi ligaga tushib ketish xavfi (argentinalik mutaxassis faoliyatidagi eng qisqa ish tajribasi). Yakunda Xorxe davrida qayd etilgan atigi 3ta g‘alabaning har biri Fransiya jamoa­siga 2 mln. dollarga tushdi (jami 6 «limon»).

*** Sampaoli «Atletiko Mineyro»da bir mavsum uchun 3,5 mln. dollar olardi. Oxirgi iste’fodan so‘ng u shartnoma bo‘yicha qolgan 2 yil uchun maoshini to‘liq olishni xohladi, oxir-oqibat, tomonlar 4 «limon»ga teng kompensasiya bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

U Xalkdan qutulmoqchi edi, shunga qaramay, futbolchini sardorlik bog‘ichi ostida maydonga tushiraverdi. Sampaoli «Atletiko Mineyro»dagi oxirgi 6 oyda Sudamerikana kubogi finalida «Lanus»dan yengildi, jamoaning yulduz futbolchisi bilan chiqisholmadi va katta sarmoyaga qaramay, yangi mavsumni o‘ta yomon boshladi. Argentinalik murabbiy Xalkni markaziy hujumchi sifatida ko‘rdi, ammo braziliyalik futbolchi matbuot orqali maydondagi pozisiyasidan qoniqmayotganini ayta boshlagach, uni zaxira o‘rindig‘iga o‘tqazib qo‘ydi. Qishda esa argentinalik mutaxassis 7 nafar yangi futbolchi transferi uchun jami 30 mln. dollar sarfladi. Shunga qaramay, u nomdorlarga ko‘proq tayanaverdi, baribir. Xususan, Xalkni boshlang‘ich tarkibga qaytarib, sardorlik bog‘ichini unga topshirdi. Ba’zi o‘yinlarda hujumga Bernard – Xalk – Dudu triosining qo‘yilgani esa «Menga 2016 yilni qaytaring» chellenjidek ko‘rindi.

Xalk deyarli 40 yoshida ham juda yaxshi: o‘tgan mavsum 21ta gol va 8ta assist qayd etdi. Ammo uning summasi 5 million yevroga teng shartnomasi klubga og‘ir yuk, baribir. «Atletiko Mineyro» rahbariyati ham Xalkdan qutulishga qarshi emasdi, faqat xaridor topilmadi. Yakunda futbolchiga maoshining pasaytirish va sport natijalari uchun bonussiz shart asosida 2 yillik bitim taklif qilindi. Klub shuning barobarida Xalk sharafiga haykal o‘rnatish va biografik film yaratishga so‘z berdi. Hujumchi esa buni nafaqaga kuzatish harakati sifatida baholab, barchasini rad etdi (uning amaldagi shartnomasi joriy yil oxirida o‘z kuchini yo‘qotadi) va «Kruzeyro»ga qarshi «klasiko»da g‘alaba golini urdi. Keyin baralla javob berdi: «Meni yig‘loqi va yutqazuvchiga chiqargandinglar, endi nima deysizlar?» Rahbariyat nazdida Xalk bilan bog‘liq vaziyat yumshagandek edi, biroq Sampaoli afsonadan qutulish talabini pasaytirmay, rahbariyatni tanqid qilishda davom etdi, bu yakunda iste’foni tezlashtirdi. «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Vanderley Lushemburgo esa bu ishlar yuzasidan xulosasini o‘ziga xos uslubda bayon etdi: «Sampaolining ishdan bo‘shatilishi yangilik emas. Yaxshi ishlaganida va sovrinlar yutganida – bu yangilik bo‘lardi. U esa bunga qodir emas. Sampaoli faqat hamma bilan janjallashishi, kompensasiya talab qilishi, doimiy ravishda yangi transferlar so‘rashi va turli mojarolarga borishi mumkin. Doimgi holat – uni har joydan haydashgan. Braziliyada xorijlik murabbiylarni ustun ko‘rish haqida obdon o‘ylab ko‘rish kerak. Chunonchi, chetdan kelganlarning ayrimlari yaxshi, xolos. Shu masalada ham Braziliya futbolini o‘ldirmoqdamiz…». Qiziq, Xorxe Sampaolini taklif qilish tavakkaliga botinadigan jamoa qoldimikan?

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 09:00, 08.04.2026. O'qildi: 2904 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик