Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Karlo Anchelotti: «Bu yil ehtimol, boshqacha tizimda o‘ynarmiz...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti AQSH bo‘ylab mavsumoldi turnesi oldidan «Madrid Sport Siti»da amerikalik jurnalistlar uchun tashkil etilgan masofaviy matbuot anjumanida qatnashib, turli savollarga javob berdi.

Aytish joiz, «Qirollik klubi» okean ortida Soccer Champions Tour turniridan o‘rin olgan 4ta o‘yinda maydonga tushadi. Italiyalik murabbiy videomuloqotni safarga bog‘liq umumiy fikrlari bilan boshladi: «Ushbu turnening bir qator muhim tomonlari bor: jamoani yangi mavsumga tayyorlash, ajoyib stadionlar bilan tanishish, Qo‘shma Shtatlardagi muxlislar bilan birga bo‘lish... Tabiiyki, ularda kuchli taassurot uyg‘otishni istaymiz, demak, «Real» o‘z o‘yinini ko‘rish uchun stadionlarga tashrif buyuradigan muxlislarga imkon qadar tomoshabop futbol namoyish etishga urinadi. Umuman, AQSH safari hozirgi bosqichda o‘ta muhim, binobarin, tarkibimizda bir qator yangi yigitlar bor va ularni o‘z uslubimiz, falsafamizga tezroq moslashtirishimiz zarur. Qolaversa, bunga qadar ma’lum muddat yakka tartibda ishlagan milliy jamoalar vakillari ham safimizga qaytishadi. Hozirda qattiq ishlayapmiz va o‘yin maromi nuqtai nazaridan shunday turnelar juda zarur. Ayniqsa, Bellingem, Gyuler, Braim, Fran Garsiya va Xoselu kabi futbolchilar uchun. Zero, ular yangi muhitga tezroq moslashishlari va jamoadoshlari bilan yaqinroq tanishib olishlari kerak».

- «Real» turnesi Los-Anjelesdan boshlanadi, nima uchun?

- Bu shahardagi Kaliforniya universitetida ajo­yib sharoitlar yaratilgan, qolaversa, ob-havo ham yaxshi. Bilishimcha, issiq darajasi me’yorida. Umuman, Qo‘shma Shtatlarda go‘zal stadionlar va qoyilmaqom muxlislar borligiga aminman.

- AQSH futboli haqida nima deya olasiz?

- Futbol AQSHda hali o‘ta mashhur sport turlari bilan raqobatlashishi kerak. O‘ylaymanki, Messining «Inter Ma­yami» safiga qo‘shilgani millionlar o‘yinining umumiy obro‘sini ancha oshiradi. Deylik, endilikda jamoatchilik futbolga kuchli ishtiyoq bilan qarasa kerak. To‘g‘ri, «Rouz Boul»ga bog‘liq xotiralarim yaxshi emas, chunki JCH-94 finalida Braziliya termasiga ayni shu stadionda yutqazgandik. Lekin ishonchim komil, «Milan»­ga qarshi o‘yinimizda «Rouz Boul» manzarasi butkul bosh­qacha bo‘ladi.

- Mavsumoldi «El-klasiko»ga qanday qarayapsiz?

- «El-klasiko» qachon, qayerda va qanday maqomda bo‘lishidan qat’iy nazar, klassikaligicha qoladi. Oddiy aytganda, «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘yinlarga nisbatan «o‘rtoqlik» sifatini ishlatish to‘g‘ri emas. Bizni oldinda yana bir fantastik qarama-qarshilik kutayotgani tayin. O‘ylaymanki, Kataloniyada ham o‘yinga shunday qarashadi. Chunki hamisha shunday bo‘lgan, axir o‘rtada katta raqobat bor va har qanday o‘zaro o‘yin alohida ahamiyat kasb etishi muqarrar. O‘tgan yili barchasini sehrli muhitda ko‘rgandik va ishonchim komil, bu safar Dallas ham bizni betakror manzara bilan siylaydi. Tabiiyki, murakkab qarama-qarshilik, asosiysi, barcha yigitlar unda ishtirok etishdan o‘zgacha yayrashadi. Ha, norasmiy «El-klasiko», shunga qaramay, unda g‘alaba qozonish yo‘lida borimizni beramiz. Takrorlayman, «Real» va «Barselona» o‘rtasida hech qachon o‘rtoqlik o‘yini bo‘lmaydi.

- Bellingem ham turnega shaymi?

- U juda yosh va dinamikasi bo‘yicha ixtiyorimizdagi bosh­qa yarim himoyachilardan keskin farqlanadi. Judning «Real»ni tanlagani va biz bilan birga ekanligidan bag‘oyat xursandmiz. O‘ylaymanki, u «Real» darajasini yanada oshirishga qodir yigit. Mana, hozir qattiq ishlamoqda, yaxshi shug‘ullanmoqda va turneda ham o‘zini ko‘rsatsa kerak.

- Kamavinga endi chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynaydimi?

- U Mendi jarohati tufayli himoyachi rolini ham bajargan. Hozir esa Mendi o‘zini yaxshi his qilmoqda, shuningdek, endi bu chiziqda jamoa o‘yiniga katta hissa qo‘shish salohiyatiga ega Fran Garsiya ham bor. Kamavinga - yuqori sifat va qobiliyatga ega yarim himoyachi. Qisqasi, undan himoya­chi emas, balki markaz vakili yoki pleymeyker rolida foydalanishni istayman. Oddiy ifoda etganda, agar Mendi va Fran Garsiyada qandaydir muammo sezilmasa, Eduarni himoyaga qo‘ymayman.

- O‘zi sizda muayyan tizim bormi yoki sxemani mavjud tarkib va futbolchilarga moslashtirishni ma’qul ko‘rasiz?

- Murabbiylik faoliyatini boshlaganimda, chizma bo‘yicha aniq fikrim bor edi va boshida futbolchilarga moslashishni istamadim. Deylik, «Parma»da Badjo pleymeyker rolida o‘ynashni xohladi, ammo jamoa tizimini o‘zgartirishni o‘ylamadim ham. Aytish mumkinki, shu xato ortidan tajriba to‘pladim. Keyin «Yuventus»da o‘yin chizmasini Zidan va boshqa yigitlarga moslashtirish yaxshiroq ekanligini tushuna boshladim. Qisqasi, o‘yin tizimida murabbiy emas, avvalo, futbolchilar o‘zlarini qulay his etishlari kerak. Shu tariqa jarayonga moslashishni o‘rgandim va shu-shu tarkibga qarab ish tutyapman. Shu ma’noda aytsam, bu yil ehtimol, boshqacha tizimda o‘ynarmiz... To‘g‘ri, avvalgi chizmamiz katta muvaffaqiyat keltirganini ham unutmasligimiz kerak, lekin xohlaymizmi-yo‘q, yangi uslublarni sinab ko‘rishimiz shart, baribir. Barchasini avvalo, AQSH turnesida ko‘ramiz, hozir taktikalar ustida ishlashning ayni vaqti...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:05, 02.08.2023. O'qildi: 2033 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.