Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tarixdagi eng qimmat darvozabonlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Top-klublar turli xil pozisiyadagi o‘yinchilar uchun katta pul to‘lashga tayyor. Darvozabonlar ko‘pincha transferlarning umumiy oqimida qolib ketadi. Ammo baribir darvozabonlar uchun rekord darajadagi tranzaksiyalar mavjud. Bu odamlar maydonda juda mas’uliyatli pozisiyani egallaydilar, chunki ular o‘z jamoasining hujumlarini boshlaydi va boshqalarga gol urishga xalaqit beradi. Keling, tarixdagi eng qimmat darvozabonlar transferlari haqida gaplashamiz.

Manuel Noyer ("Shalke" - "Bavariya", 30 mln yevro)

"Bavariya" Noyer faoliyatidagi ikkinchi klub xolos. Nemis o‘z sayohatini "Shalke"da boshlagan, u yerdan 2011 yilning yozida Myunxen klubiga o‘tgan edi. Transfer summasi 30 million yevroni tashkil qildi. Futbolchi allaqachon 12 yilni "rekordmaystr" tarkibida o‘tkazdi va hatto faoliyatini yakunlashdan oldin ham o‘zini klub afsonasi maqomida ko‘rsatdi. 37 yoshli darvozabon hisobida "Bavariya" uchun 488 ta o‘yin, shundan 233 tasi "quruq", ya’ni deyarli yarmi. Noyer yoshi katta bo‘lishiga qaramay Myunxen klubining birinchi raqami bo‘lib qolishiga shubha yo‘q.

Tibo Kurtua ("Chelsi"dan "Real"ga, 35 mln yevro)

Belgiyalik darhol "qirollik klubi"ning birinchi raqamiga aylandi va hozirgacha bu maqomda qolmoqda. 31 yoshli darvozabon La Liganing so‘nggi to‘rt mavsumining har birida 10 dan ortiq o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Xuddi shu davrda u har bir uchrashuvda o‘rtacha kamroq gol o‘tkazib yubordi. Bu yaxshi ko‘rsatkichlar. Kurtua ko‘p marotaba "qaymoqranglilar"ni qutqarib qolgan va shunday qilishda davom etmoqda. Belgiyalik futbolchining yoshi o‘z pozisiyasidagi futbolchi uchun optimal hisoblanadi, shuning uchun tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik uzoq davom etishini va’da qilmoqda.

Ederson ("Benfika"dan "Manchester Siti"ga, 40 mln yevro)

"Benfika" futbolchilarni qanday qilib foydali sotishni biladi. “Burgutlar” Edersonni 2015 yilning yozida “Rio Ave”dan 500 ming yevro evaziga sotib olgandi. 2 yildan so‘ng uni "Manchester Siti"ga 40 millionga sotishdi. Ammo “shaharliklar” sarflangan mablag‘dan afsuslanishmasa kerak. Ushbu transfer bilan ular ko‘p yillar davomida birinchi raqam o‘rnini yopishdi.

Braziliyalik darhol "Manchester Siti"ning asosiy darvozaboni bo‘ldi va hozirgacha shundayligicha qolmoqda. Ederson muntazam ravishda Premer-liganing eng yaxshi uch o‘yinidan joy oladi va bir necha mavsum davomida ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Angliya chempionlari transferlar borasida doim ham haqli emas, lekin ular 29 yoshli braziliyalik bilan ajoyib ish qilishdi.

Andre Onana ("Inter"dan "Manchester Yunayted"ga, 52,5 mln yevro)

Onana uchun mankunianliklar 12 yil davomida jamoaning birinchi raqami bo‘lgan David De Xea bilan xayrlashdi. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag aynan shu darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi edi. “Inter” bilan muzokaralar oson kechmadi, ammo baribir 27 yoshli darvozabon “Old Trafford”ga keldi. Kamerunlik futbolchi o‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazdi, Samir Xandanovichni mag‘lub etdi va “neradzurri”ga Chempionlar ligasi finaliga chiqishga yordam berdi.

Janluiji Buffon ("Parma"dan "Yuventus"ga, 53 mln yevro)

Buffon "Yuventus"ga 2001 yilda "Parma"dan o‘tgan edi. “Byankoneri” futbolchi uchun 53 million yevro to‘lagan o‘sha payt uchun juda katta pul. Hozir ham barcha klublar bunday kelishuvlarni ko‘tara olmaydi. Mana 22 yil bo‘ldi, lekin bu transfer hamon eng qimmat darvozabonlar uchligidan joy oldi. Italiyalik futbolchi faoliyatining asosiy qismini Turin klubida o‘tkazdi va 21 ta sovrinni qo‘lga kiritdi va “Byankoneri” afsonasiga aylandi. Hozir 45 yoshli darvozabon o‘zining jonajon klubi “Parma”da va faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayapti.

Allison ("Roma"dan "Liverpul"ga, 62,5 mln yevro)

Alisson kelguniga qadar "Liverpul" ko‘p gol o‘tkazib yuborar edi. Braziliyalik kelishi bilan holat ancha yaxshilandi. 30 yoshli darvozabonning yordami bilan “Liverpul" Angliya chempioniga aylandi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Braziliyalik futbolchi "qizillar"ning birinchi raqami bo‘lib qolmoqda va "Manchester Siti"dagi hamyurti bilan Premyer-liganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lish uchun kurashda davom etmoqda.

Kepa Arrizabalaga ("Atletik"dan "Chelsi"ga, 80 mln yevro)

Kepaning transferi darvozabonlar orasida tarixdagi eng qimmat transfer hisoblanadi. 2018 yilning yozida “Chelsi” futbolchi uchun “Atletik”ga 80 million yevro to‘lagan. Bu 5 yil davomida u ko‘p narsani boshdan kechirdi: ispaniyalik yaxshi seyvlarni amalga oshirdi, almashtirishlardan bosh tortdi, raqobatda yutqazdi va asosiy tarkibdan joy oldi. 28 yoshli futbolchining London klubidagi faoliyati “ko‘klar”ning so‘nggi mavsumlardagi o‘yini kabi bahsli. Ammo futbolchi va klub bir-biriga mos tushadi. Ularning munosabatlarisiz “Stemford Brij” zerikarli bo‘lar edi.

Kiritildi: 12:11, 02.08.2023. O'qildi: 4004 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик