Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Chelsi"ning yangi javohiri Ugochukvu haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ism: Lesli Ugochukvu

Tug‘ilgan sanasi: 26.03.2004

Fuqaroligi: Fransiya

Klub: "Chelsi"

Amplua: Oporniy poluzashitnik

"Renn"dagi statistikasi: 60 o‘yin, 1 gol, 1 golli uzatma

Narxi: 9 mln yevro

Ugochukvu haqida Renn akademiyasining sobiq rahbari shunday degan: "U jamoadoshlaridan haddan tashqari ilgarilab ketgan va shunchaki o‘z tengilari bilan mashg‘ulot o‘tkazish unga to‘g‘ri kelmaydi". Bu so‘zlar yarim himoyachining kattalar futbolidagi debyutidan biroz oldin aytilgan.

Lesli haqiqatan ham tengdoshlaridan ancha ilgarilab ketdi (o‘yin va jismoniy jihatdan - futbolchining bo‘yi 191 sm). Aprel oyida CIES Football Obsertvatory o‘yinchini dunyoning ikkinchi eng istiqbolli himoyachi yarim himoyachisi deb topdi. Fransuz Romeu Lavia va “Liverpul” a’zosi Stefan Baychetich kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Ugochukvu "Renn" akademiyasining mahsuli bo‘lib, u yerda tezda birin-ketin barcha yosh toifasidagi jamoalarda harakat qilib chiqdi. “Qizil-qoralar”ning boshqa yorqin istiqboli Eduardo Kamavinga singari Lesli ham faoliyatini himoyachi sifatida boshlagan, biroq keyinchalik yoshlar murabbiylari futbolchini markazga o‘tkazishgan.

Bolaning futbolchi bo‘lishga qarindoshlari ham ta’sir o‘tkazgan. Fransuzning amakisi Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi Onyekachi Apam bo‘lib, u Pekin Olimpiadasida milliy terma jamoa bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan. Himoyachining o‘zi ham bir vaqtlar "Renn"da o‘ynagan, ammo jarohatlar tufayli 28 yoshida faoliyatini yakunlagan. Bir marta Onyekachi o‘z uyida o‘g‘irlab ketilgan, ammo 45 daqiqadan so‘ng uni qo‘yib yuborishgan.

Qahramonimizga qaytamiz. Ugochukvu birinchi marta 2020 yil oktyabr oyida Chempionlar ligasi doirasida “Sevilya” bilan mehmondagi o‘yin uchun “Renn” qaydnomasiga kirgan. Yigit bu vaqtda endigina 16 yoshda edi, u bazaga o‘zini kovid testini topshirish uchun chaqirilgan deb o‘ylagan edi, ammo ertasigayoq yarim himoyachi asosiy jamoa bilan Ispaniyaga uchib ketdi. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchining amaldagi klubi "Chelsi" o‘shanda "Renn" bilan bir guruhda o‘ynagan va Lesli "Stemford Bridj"dagi muhitni his qilgan. U zaxira o‘tirgan o‘yinda jamoasi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

O‘shandan beri juda ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: "Chelsi" o‘sha yili Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, klub egasi o‘zgardi va o‘sha mavsumdagi ko‘plab YECHL g‘oliblarini sotib yubordi. Ugochukvu esa 17 yoshga to‘lganidan so‘ng “Renn” safida debyut qildi. O‘tgan mavsumda himoyachi "qizil-qoralar" safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va ko‘plab startlarni amalga oshirdi.

Rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirgan "Chelsi" Ugochukvuning ishonchli o‘yini sabab sotib oldi va yarim himoyachi uchun 27 million yevro to‘ladi - bu uning transfer qiymatidan uch barobar ko‘p. Mish-mishlarga ko‘ra, Maurisio Pochettino kelishuvdan unchalik mamnun emas, chunki u futbolchini sotib olishni o‘ylab ham ko‘rmagan. Hozirda Lesli asta-sekin "aristokratlar"ning farm klubiga aylanib borayotgan "Strasburg"ga ijaraga berilishi kutilmoqda.

Ugochukvu uzun bo‘yli, kuchli himoyachi, o‘zining kattaligi tufayli havodagi kurashlarda juda yaxshi harakat qiladi. Uni xarid qilganidan so‘ng ko‘pchilik "Chelsi" yangi Essyen sotib olgani haqida yozishni boshladi, ammo 2 yil oldin, fransuz futbolchisi "Renn" safida debyut qilganida, Londonning "Arsenal" klubi tayanch yarim himoyachisi Patrik Viyeyraning o‘yinini ko‘rgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Albatta, bularning barchasini solishtirishga hali erta. Ugochukuning qiladigan ishi ko‘p, jumladan, tezkor qaror qabul qilish, to‘p bilan tezlik va maydonda yaxshi joy tanlash. Lesli vaqti-vaqti bilan o‘z pozisiyasini yo‘qotib qo‘yishi mumkin, lekin uzun oyoqlari tufayli u raqibini tez quvib yetadi va to‘pni olib qo‘yadi.

Ugochukvu "Renn" akademiyasining so‘nggi yillardagi eng yorqin iqtidoridir. Kamavingadan keyin, albatta. 27 million yevro juda jiddiy summa va yarim himoyachi bu pul bekorga to‘lanmaganini isbotlashi kerak.

"Chelsi" Kaysedo uchun muzokaralar olib borishda qiynalayotgani va tayanch yarim himoyachisi yo‘qligi sababli Lesli o‘z imkoniyatini hozir qo‘lga kiritishi mumkin.

Kiritildi: 20:17, 04.08.2023. O'qildi: 3902 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик