Gari Nevill Garri Keyn "Bavariya" taklifini rad etib, "Manchester Yunayted"ga o‘tishiga umid qilmoqda.
"Umid qilamanki, "Manchester Yunayted" vaziyatni kuzatmoqda va "Bavariya" bilan kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkinligini ko‘rmoqda. Lekin umid qilamanki, Keyn nemislarga "men bormayman" deydi.
Men noto‘g‘ri gapirayotgan bo‘lishim mumkin, Keyn bilan aloqam yo‘q, lekin u "Bavariya"ga o‘tsa, hayratda qolaman. Bu juda katta klub, lekin men unda hech qanday alohida narsani ko‘rmayapman. Agar u Premyer-ligadagi gollar rekordini yangilashni istamasa, hayratda qolaman.
"Tottenxem" nega takliflarni rad etishini bilasizmi? Chunki u ketmasligini bilishadi. Levi o‘tiradi va 100 million yevroga rozi bo‘lishi bilan Xarri shunday deydi: "Yo‘q, men "Bavariya"ga o‘tishni xohlamayman, lekin men "Manchester Yunayted"ga 100 millionga boraman" - deydi va keyin Levi muammoga duch keladi.
Umid qilamanki, Keyn aqlli va: "Yo‘q, men "Bavariya"ga emas, "Manchester Yunayted"ga o‘tmoqchiman", deydi. Chunki u "Yunayted"ga kerak. Keyn bilan "Manchester Yunayted" "Arsenal" yoki "Manchester Siti"ga yetib olishi mumkin", — dedi "MYU"ning sobiq futbolchisi.