Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Rayo Valyekano 23 25
17 Malyorka 23 24
18 Valensiya 23 23
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Tottenxem»ga ayni kerak bo‘lgan Van de Ven qanday futbolchi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda «Tottenxem»ga o‘tgan Van de Ven haqida ma’lumot beramiz.

Ismi: Mikki Van de Ven

Tug‘ilgan yili: 19.04.2001

Fuqaroligi: Niderlandiya

Klub: «Tottenxem»

Pozisiyasi: markaziy himoyachi

«Volfsburg»dagi statistikasi: 41 ta o‘yin, 1 ta gol, 3 ta golli uzatma

Narxi: 30 million yevro.

Mikki Van de Ven «Tottenxem» tarixidagi transfer qiymati bo‘yicha uchinchi eng qimmat himoyachiga aylandi. Londonliklar yosh futbolchi uchun 40 million yevro to‘lashdi (Kristian Romero uchun 50, Davinson Sanches uchun 42 million sarflangan edi). Ammo bir necha yil oldin niderlandiyalik futbolchi Premyer-ligaga o‘tishni xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Van de Ven «Volendam» zaxirasida o‘sdi va klub rahbariyati o‘yinchi bilan endi hisoblashmasligini aniq aytdi - unga yangi jamoa qidirishga ruxsat berildi.

Ehtimol, Vim Yonk bo‘lmaganida Mikki hali ham Niderlandiyada o‘smay yurgan bo‘lar edi. «Ayaks», «Inter» va «PSV»ning sobiq futbolchisi o‘zining tug‘ilgan klubiga murabbiy sifatida qaytdi va yosh futbolchining salohiyatini ko‘rdi. Aynan Yonk himoyachining sotilishini taqiqlab, uni bazaga qo‘ya boshladi. 19 yoshli Van de Ven Niderlandiya ikkinchi divizionida «Volendam» safida debyut qildi va «PSV»ning zaxira jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi jadal rivojlandi, darhol asosiy tarkibdagi o‘rnini egalladi va debyutidan 4 oy o‘tgach, u jamoani sardorlik bog‘ichi bilan boshqardi!

«Volendam» Eredivizionga chiqa olmadi, ammo Van de Ven albatta ko‘pchilikning yodida qoldi. Yangi mavsumni Mikki jarohati sabab ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadi, uning jarohati noyabrgacha davom etdi. Ammo qaytib kelganicha tezda o‘z o‘rnini tikladi. Mavsumning so‘nggi oylarida esa u umuman doimiy sardorga aylandi, jamoa yosh futbolchida yetakchilik jihatlarini payqadi. Futbolchi uchun 3,50 million yevro to‘lagan «Volfsburg» o‘z pullariga achinmadi. Himoyachi «Volendam» tarixidagi eng qimmat sotuv bo‘ldi.

Germaniyada de Venning iste’dodi darhol tan olinmadi - himoyachi deyarli butun mavsumni «Volfsburg»da zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Ammo Niko Kovachning jamoaga kelishi bilan Mikkiga imkon berila boshlandi. O‘tgan mavsumda niderlandiyalik futbolchi 36 marta maydonga tushdi va har bir uchrashuvda asosiy tarkibda edi. Germaniyada de Ven ko‘p qirralilikni oshirdi: futbolchi nafaqat juftlikda markaziy himoyachi sifatida o‘ynadi, balki himoya triosida turli pozisiyalarni ham egalladi. Bundan tashqari, ba’zida Mikki chap qanotda ham o‘zini ko‘rsatdi.

Futbolchi shu qadar tez safga qo‘shilib ketdiki, noyabr oyida u Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan edi. Garchi de Ven jahon chempionatida o‘ynamagan bo‘lsa ham, kengaytirilgan ro‘yxatga kirishning o‘zi futbolchining iste’dodi va taraqqiyotidan dalolat beradi.

Xo‘sh, 40 million yevro nima uchun to‘langan? Sizning e’tiboringizni tortadigan birinchi narsa - bu tezlik. 193 sm balandlikdagi himoyachi nihoyatda tez yuguradi. O‘tgan mavsumda futbolchi «Union Berlin»ga qarshi o‘yin bilan barchani hayratda qoldirdi. O‘sha bahsda u bo‘sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytardi va jamoasini goldan saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Buning ustiga, Mikki o‘z tanasini yaxshi nazorat qiladi va korpusda juda yaxshi ishlaydi, driblingda ham yomon emas. Qanotlarda o‘ynay olgani sababli bu xususiyat unda yaxshi rivojlangan. Van de Ven birinchi pasda deyarli adashmaydi. Qolaversa, himoyachi bosim ostida umuman dovdirab qolmaydi. Mikki ko‘p qirrali, u markaziy himoyaning ikkiligida, hatto uchta markaziy homoyachi pozisiyasida ham yetakchi rolini bajaradi. U Yevro U-21da Niderlandiya terma jamoasida ham sardorlik qilgan. Individual favqulodda qarorlar yetishmaydigan  «shporlar»ga bunday tipdagi futbolchi albatta, kerak bo‘ladi.

Ammo Van de Venning qiladigan ishlari ko‘p. U yakkakurashlarning atigi 52 foizini yutadi, bu Premyer-ligada muamolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim hollarda Mikki o‘zining yomon xulqi tufayli juda nomaqbul tarzda maydondan chetlatiladi.

Kiritildi: 07:36, 11.08.2023. O'qildi: 1935 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.